222
atalgan qonli tomosha - yirtqich hayvonlarni urishtirish va gladiatorlarning
qilichbozligi juda keng tarqalgan edi. Bu
vahshiyona ermaklar qadimgi
zodagonlar jasadini ko‘mganda kishilarni qurbon qilish odatlaridan kelib
chiqqan. Ular Etruriyada o‘limga maxkum qilingan jinoyatchilarning dafn
marosimi paytidagi jangi sifatida vujudga kelgan.
Eramizdan avvalgi II asr oxiri va I asr boshlarida tsirk va amfiteatrlarda
o‘lim jangi jamoat tomoshalarining bir turi bo‘lib qolgan. Jangchilar jinoyatchi va
sotib olingan qullardan to‘plangan. Ular «gladitorlar» («qilichbozlar») deb nom
olgan. Bu nom latincha «gladius» («qilich») so‘zidan olingan. Gladiatorlarga
ehtiyoj shu qadar zo‘r bo‘lgangi, uddaburon korchalon lanistlar (go‘sht bilan
savdo qiluvchilar)
maxsus maktablar ochganlar, ularda gladiatorlar maxsus
tayyorgarlikdan o‘tkazilib, so‘ngra ular «o‘yin» tashkilotchilariga sotilar edi.
Lentul Batiat degan kishiga ana shunday maktablardan biri Kapuya shahrida
bo‘lgan. Bu maktabda boshqalar qatori frakiyalik Spartak degan kishi ham
bo‘lgan. Rimning yordamchi otryadida xizmat qilgan bu kishi dushman tomoniga
o‘tgan, yarador bo‘lib asir tushgan va qochoq sifatida gladiatorlar maktabiga
sotilgan.
Spartakni ta'riflab Plutarx bunday deb yozgan edi: «...Spartak... o‘zining
ajoyib mardligi va jismoniy kuchi bilangina emas, balki aql-farosati, dilkashligi
va xushfelligi bilan ham o‘z mavzqei va taqdiridan baland turgan; u o‘z
qabilasining kishisi bo‘lishdan ko‘ra chinakam ellin bo‘lgandir...»
Tarixchi Appian hikoya qilib berganidek, «Spartak o‘zining yetmishga yaqin
do‘stlarini ozodlikka chiqish uchun tavakkal qilishga ko‘ndirgan. Spartak ularga
teatrda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygandan ko‘ra, ana shu yo‘l ma'qul ekanini
uqtirgan».
Six va oshpichoklar bilan qurollangan Spartak hamda uning sheriklari
qorovulga hujum qilib, shaharga chiqqanlar va Vezuviy tog'iga jo‘naganlar. Ular
shu joyda mustahkamlanib olib atrofdagi yaqin villalarni qiyratib, qullarni ozod
qilganlar. Mahalliy hokimiyat tomonidan yuborilgan otryadlar tor-mor etilgan.
Shundan keyin Rimdan 3 ming kishi bilan propretor Gay Klodiy yuborilgan.
Rimliklar togdan tushadigan yo‘lni to‘sib qo‘yganlar, ammo qo‘zg'olonchilar
uzum novdalaridan narvon yasab, qoyalardan pastga tushganlar va Rim lageriga
orqa-dan hujum qilganlar. Klodiy otryadi yakson qilingan. Rim
jangchilarining
qurollari qo‘zg'olonchilar qo‘liga tushgan. Bu jangdan keyin qo‘zg'olonchilarning
qo‘shini tez o‘sa boshlagan va bir necha ming kishidan iborat armiyaga aylangan.
Qullar
qo‘zg'oloni janubiy Italiyaning yangidan-yangi rayonlariga
yoyilavergach, senat qo‘zg'olonni bostirish uchun ikki legiondan iborat armiya
yuborgan. Spartak rimliklarning bu qo‘-shinini xam tor-mor etgan. Qo‘zg'olon
yanada kengayavergan. Rimliklar armiyasi namunasida tuzilgan Spartak
qo‘shinlari Lukaniya va Apuliyadagi bir qancha qishloq va shaharlarni ishg'ol
qilganlar.
Qo‘zg'olonchilar armiyasi 70 ming kishiga yetgan. Sullachilar jabr-zulmi
ostida qolgan mayda italiy dexqonlari qo‘zg'olonchilarga qo‘shilgan: Ammo
223
harbiy muvaffaqiyatlarga va qo‘zg'olonchilar armiyasiniig soni o‘sib borishiga
qaramay, Spartak g'oyat kuchli O‘rta dengiz davlati bo‘lgan Rim respublikasiga
qarshi bundam keyingi kurashda u va sheriklari muqarrar mag'lubiyatga va
halokatga uchrashini tushungan. Shuning uchun xam u sobiq qullar o‘z
vatanlariga qaytib bora olishlari uchun armiyasini Apennin yarim oroli doirasidan
olib chiqishga urungan.
Qo‘zg'alon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi.
Qullarning bir qismi
Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal bildilar. Ko‘pgina qullar esa
mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos
olishga ahd qilishdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass
boshchiligida ko‘p ming sonli
qo‘shin jo‘natildi. Miloddan avvalgi 71- yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi
jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi.
6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig'idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga
mixlab tashlandi. Qo‘zg'alon ko‘targanlarning alohida to‘dalari esa tag'in 10 yil
kurashni davom ettirdilar.
Qullarning Spartak boshchiligidagi ulug’ italiy qo‘zg’aloni
italiy ijtimoiy
munosabatlarini va Rim quldorlik respublikasi davlat hokimiyatining butun
tizimini larzaga soldi. Qo‘zg’alondan ko‘p yillar keyin ham rimliklar Spartakni
vahima bilan esga olganlar, ba’zi Rim va yunon tarihchilari esa uni qullar
qo‘zg’alonining yo‘lboshchisi, jasur lashkarboshi sifatida halok bo‘ldi, deb tilga
oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: