Ro‘yxatga olingan shahrisabz tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil aprel № raqam bilan



Download 40,02 Kb.
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi40,02 Kb.
#952537
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
65-мактаб УСТАВИ янги (2)

2-bob. Umumta’lim maktabining
maqsadi va vazifalari

10. Davlat ta’lim standartlari va milliy o‘quv dasturiga muvofiq, har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishi yuzasidan konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi hisoblanadi.


Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, VII-XI sinf o‘quvchilariga ikkita til va kasbga o‘rgatadi.
X-XI sinf o‘quvchilariga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy ta’lim beriladi.
11. Umumta’lim maktabining vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish;
o‘quvchilarga variativ (tanlov) sinflar tashkil etib, tegishlicha dastur asosida bilim berish;
o‘quvchilarda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z oilasiga, Vataniga va xalqiga sodiqlik ruhida shakllantirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublarini, innovatsion hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish va natijadorlikka erishish;
o‘quvchilarning o‘ziga xos individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishlari va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish.
12. Umumta’lim maktabining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik ta’lim-tarbiya muhitini yaratib beradi.

3-bob. Umumta’lim maktabini tashkil etish


13. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar), tayanch o‘rta ta’lim (V-IX sinflar) hamda umumiy o‘rta ta’lim (X-XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.


14. Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar) – tayanch o‘rta ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratiladi.
15. Tayanch o‘rta ta’lim (V-IX sinflar) - bilimlarning zaruriy hajmini beradi, mustaqil fikrlash, ta’lim dasturi mazmuniga mos qobiliyat va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Shuningdek, tayanch o‘rta ta’lim o‘quvchilarga yo‘nalishni iхtiyoriy ravishda tanlash asosida umumta’lim muassasasining X-XI sinflarda yoki professional ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish huquqini beradi.
16. Umumiy o‘rta ta’lim (X-XI sinflar) – umumta’lim dasturlarini o‘zlashtirish asosida o‘quvchilarda ijtimoiy hayot uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, kompetensiyalarni shakllantirish, ikki tilda so‘zlashish, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltiradi hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim – umumta’lim muassasasi bitiruvchilariga yo‘nalishni ixtiyoriy ravishda tanlash, ta’limni kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.
17. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi va umumiy o‘rta ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi.
Umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar (dars jadvalini shakllantirish, haftalik o‘quv yuklama) umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv dasturiga asosan ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq belgilanadi.
18. Umumta’lim muassasasining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:
boshlang‘ich maktab (o‘qitish muddati -4 yil: I-IV sinflar);
umumta’lim maktabi (o‘qitish muddati -11 yil: I-XI sinflar);
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (o‘qitish muddati - 10 yil: (II-XI sinflar);
19. Umumta’lim muassasasida iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va ularni variativ (tanlov) sinflarda o‘qitish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi.
20. Zaruriyatga ko‘ra, umumta’lim muassasasida o‘quvchilarning ovqatlanishi va yashashi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.
21. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan hamda belgilangan meyorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasida tashkil etiladigan sinflarda o‘quvchilar sonining oshishi muassasaning хarajatlar smetasida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri kelmagan hollarda, umumta’lim muassasasining qo‘shimcha talabi asosida tuman мaktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va tuman moliya bo‘limining roziligi bilan qo‘shimcha sinflar tashkil etiladi.
22. Tibbiy komissiya xulosasi va ota-onalar xohish -istaklariga asosan bolalarga yakka tartibda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi yoki inklyuziv ta’limga jalb etilishi mumkin.
23. Umumta’lim muassasasida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va to‘garak ishlari o‘quvchilar va ota-onalar xohish- istaklarini, o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.

4. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni


24. O‘quv yili umumta’lim muassasasida tegishli yilning 2- sentabridan kelgusi yilning 25- mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.


25. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
o‘quv yilining davomiyligi - 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);
o‘quv haftasining davomiyligi - 6 kun (I-IV sinflar uchun 5 kun);
dars mashg‘ulotining davomiyligi - 45 daqiqa;
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi - 5 - 10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi - 15 - 30 daqiqa).
26. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.
27. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
28. O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til - 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha;
ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi;
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
29. Umumta’lim muassasasida yozgi ta’til kunlari kunduzgi oromgohlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.
30. Belgilangan meyorlar bo‘yicha tegishli maydonga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasining sinflari to‘liqligi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi:
o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining I-IX sinflarida «Chet tili» fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V-IX sinflarda «Matematika », V-XI sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari», VIII-XI sinflarda «Jismoniy tarbiya» hamda ta’lim tili, rus tili bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida «Rus tili» fani.
32. O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va milliy o‘quv dasturiga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:
joriy nazorat - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam ravishda tekshirib borish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar ko‘rinishida o‘tkaziladi;
oraliq nazorat - chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat - o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga qaror qilinadi;
yakuniy nazorat – tayanch o‘rta ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
«Chet tili» va boshqa fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.
33. Umumta’lim muassasasining I-VIII va X sinf o‘quvchilari barcha fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlaridan so‘ng keyingi sinfga o‘tkaziladi.
34. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i bilan o‘quvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod etilishi mumkin.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
35. Umumta’lim muassasasining IX sinfini tugatgan o‘quvchilarga davlat namunasidagi tayanch o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnoma, VIII-IX sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali shahodatnoma beriladi.
Umumta’lim muassasasining XI sinfini tugatgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat, X-XI sinflardagi o‘qishi davrida faqat a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga esa a’lo darajali attestat beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga oltin medal beriladi;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining IX sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan XI sinf bitiruvchilariga kumush medal beriladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan o‘quvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi attestat beriladi.



Download 40,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish