8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish
55. Umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlashda Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tavsiyasiga asosan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi.
Umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimidan ozod etish mehnat qonunchiligiga
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
56. Umumta’lim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy- huquqiy, o‘quv-tarbiyaviy,
ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashkil etilishiga bevosita mas’ul hisoblanadi.
57. Umumta’lim muassasalarida pedagogik va metodik kengashlar tuziladi va uning faoliyati maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
58. Pedagogik kengash umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
59. Umumta’lim muassasasida qonun hujjatlariga muvofiq, o‘quvchilarning jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi.
60. Umumta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish hamda rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining
huquq va majburiyatlari
61. Quyidagilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi:
umumta’lim muassasasining o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb
yuritiladi);
umumta’lim muassasasining pedagoglari (keyingi o‘rinlarda o‘qituvchilar deb
yuritiladi);
umumta’lim muassasasining ma’muriyati (direktor, direktor o‘rinbosarlari);
o‘quvchilarning ota-onalari;
62. O‘quvchilarning huquqlari:
davlat standartlariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida bepul ta’lim olish;
o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar,
ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
qo‘shimcha (pullik va bepul) ta’lim xizmatidan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
63. O‘quvchilarning majburiyatlari:
O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, odob-axlok qoidalariga rioya qilish;
mazkur Ustav va ichki tartib qoidalarini so‘zsiz bajarish;
davlat ta’lim standartlari va milliy o‘quv dasturi hajmida umumiy ta’lim olish uchun
intilishlari;
dars jadvali asosida darslarga o‘z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
o‘quv jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari va daftarlarini to‘liq olib kelish;
ushbu Ustavda belgilangan o‘quvchi formasida kelish;
o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish va mustahkamlab
borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirish;
umumta’lim muassasasi va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatish;
umumta’lim muassasasi mulkini asrab-avaylash.
Do'stlaringiz bilan baham: |