Ro`yxatga olindi: №


 O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

15.3. O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi
398-sonli     Qarori     bilan     tasdiqlangan     “Xoldinglar     to‘g‘risida”gi   Nizom
«Aksiyadorlik
 
      
   jamiyatlari
 
    
   va
        
   aksiyadorlarning
 
     
   huquqlarini
 
      
   himoya
 
     
   qilish
 
 
   to‘g‘risida
 
 »,   «Qimmatli   qog‘ozlar   bozori   to‘g‘risida»,   «Raqobat   to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ularning
faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
Xoldinglarni   davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish   tadbirkorlik   sub’ektlarini   davlat
ro‘yxatidan   o‘tkazish   va   hisobga   qo‘yish   uchun   belgilangan   tartibda   amalga
oshiriladi.
Aktivlari   tarkibiga   boshqa   korxonalarning   aksiyalari   nazorat   paketlari
kiradigan   aksiyadorlik   jamiyati   xolding   hisoblanadi.   Aksiyalar   (paylar,
ulushlar)ning nazorat paketi o‘zida korxona sarmoyasida qatnashishning istalgan
shaklini ifodalaydi. Ushbu shakl xolding qatnashchilari umumiy yig‘ilishida va


uning boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi yoki rad
etilishining so‘zsiz huquqini ta’minlaydi. Aksiyalarining nazorat paketlari xolding
aktivlariga   kiruvchi   korxona   sho‘’ba   korxona   hisoblanadi.   Sho‘’ba   korxonalar
mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Xolding   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari   bilan   taqiqlanmagan
istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Xolding boshqa xoldingning sho‘’ba korxonasi bo‘lishi mumkin.
Xolding aktivlari:
a) qimmatli qog‘ozlar;
b) muassislar  tomonidan shartnoma asosida  berilgan, shuningdek  xolding
mablag‘lari hisobiga sotib olingan yoki hosil qilingan mulklar;
v) pul mablag‘lari va boshqalar hisobidan tashkil topadi.
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki to‘liq uning asosida, shu jumladan
xorijiy   korxonalar   aksiyalari   nazorat   paketlarini   sotib   olish   yo‘li   bilan   tashkil
etilishi mumkin.
Xolding aktivlari tarkibiga, sho‘’ba korxonalar aksiyalari nazorat paketlari
bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari (qatnashchi ikkita bo‘lgan taqdirda
50   foiz)   va   boshqa   xo‘jalik   jamiyatlari   sarmoyasida   qatnashish   paketlari
(aksiyalarning nazorat paketlari emas) kirishi mumkin.
Xolding amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga
oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va   sotishga
haqli bo‘ladi.
Sho‘’ba korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan
javob beradi, bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalarning nazorat paketi qiymati
ham shu jumlaga kiradi. Bosh xolding ta’sis shartnomasida qayd etilgan shartlarda
sho‘’ba korxonaning qarzlari bo‘yicha javob berishi mumkin.
Sho‘’ba   korxona   o‘zining   xoldingga   tegishli   bo‘lgan   aksiyalari   paketi
miqdoridan   qat’i   nazar,   biror-bir   shaklda   xolding   aksiyalariga   egalik   qilishi
mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham shu jumlaga kiradi.
Sho‘’ba   korxonalar   aksiyadorlarining   umumiy   yig‘ilishlarida   xoldingning
vakillari mazkur sho‘’ba korxona aksiyalarining nazorat paketiga muvofiq ovozga
ega bo‘ladilar. Ro‘yxati ustavda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan sho‘’ba korxonalarni
rivojlantirishning strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali
ko‘pchilik haqidagi norma belgilab qo‘yiladi.
Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning   huquqlarini   himoya   qilish   to‘g‘risida»,   «Qimmatli   qog‘ozlar
bozori to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
mazkur   Nizom   va   O‘zbekiston   Respublikasining   boshqa   qonunchilik   hujjatlari
asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkchilik   shakllaridan   qat’i   nazar,   jismoniy   va   yuridik   shaxslar,   shu
jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding muassislari va qatnashchilari
bo‘lishlari mumkin.


Xorijiy   yuridik   va   jismoniy   shaxslarning   qatnashish   xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
bilan tartibga solinadi.
Xoldingning nomiga «xolding» so‘zi qo‘shilgan bo‘lishi hamda uning turi
(«AJ» aksiyadorlik jamiyati) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Xolding tashkil etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik sub’ektlarini
davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun belgilangan tartibda mazkur
Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga  ko‘maklashish  hamda
ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati amalga oshirilishi uchun tashkil
etiladi.   Xoldingga   yoki   uning   sho‘’ba   korxonalaridan   biriga   xolding
kompaniyaning   sho‘’ba   korxonalari   mahsulotlari   (ishlari,   xizmatlari)   uchinchi
shaxslar   tomonidan   sotilishi   huquqi   berilishiga,   shuningdek   ko‘rsatib   o‘tilgan
mahsulotlar   (ishlar,   xizmatlar)ga   narxlar   xolding   tomonidan   biror-bir   shaklda
belgilab qo‘yilishi huquqi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
savdo,   moddiy-texnika   ta’minoti,   umumiy   ovqatlanish,   maishiy   xizmat,
kommunal   xo‘jalik,   transport   (temir   yo‘l,   aviatsiya,   truboprovod   transporti   va
mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashqari),
xalq badiiy hunarmandchiligi.
O‘zbekiston   Respublikasi  qonun   hujjatlariga
 
    muvofiq   Davlat   tasarrufidan
chiqarilmaydigan   yoki   davlat   tasarrufidan   chiqarish,   xususiylashtirishda,   sotib
olish va ijaraga berishda cheklashlarga ega bo‘lgan davlat korxonalari va mol-
mulki asosida xoldinglar tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar
yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkil   etilayotgan   xoldinglar   barcha   turdagi   xo‘jalik   uyushmalari
(ittifoqlar,   kontsernlar,   konsortsiumlar,   korporatsiyalar   va   boshqalar)ning   yoki
korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining
huquqiy vorislari bo‘lishi mumkin emas.
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona bo‘linmasining)
sho‘’ba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona mehnat jamoasining roziligi
bilan   yo‘l   qo‘yiladi.   Bunday   rozilik   umumiy   yig‘ilishda   barcha   xodimlarning
yarmidan ko‘pining ovozi bilan qabul qilinadi.
Sarmoyasining   50   foizdan   ortig‘ini   boshqa   emitentlarning   qimmatli
qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding
hisoblanadi.
Moliyaviy   xolding   aktivlari   tarkibiga   faqat   qimmatli   qog‘ozlar   va   o‘zga
moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-mulk kirishi mumkin.
Aktivlari   tarkibi   ta’sis   etish   paytida   ko‘rsatib   o‘tilgan   talabga   muvofiq
kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir
yil mobaynida uni bajarish uchun zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi
kerak.


Ko‘rsatib   o‘tilgan   talabning   bajarilmasligi   ushbu   xoldingning   aksiyalari
emissiyasi   prospektini   ro‘yxatdan   o‘tkazgan   organning   taqdimnomasi   asosida
xo‘jalik   sudi   tomonidan   moliyaviy   xoldingni   tugatish   to‘g‘risida   qaror   qabul
qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Moliyaviy   xoldinglar   mutlaq   darajada   investitsiya   faoliyati   yuritishga
haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari taqiqlanadi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat   raqobat   qo‘mitasi   va   uning   hududiy
organlari (keyingi o‘rinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar)
moliyaviy   xoldinglar   ustav   fondiga   korxonalarni   davlat   tasarrufidan   chiqarish
tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan
ortig‘ini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar.
Moliyaviy   xolding   sho‘’ba   korxonalarning   ishlab   chiqarish   va   tijorat
faoliyatiga   aralashishga   haqli   emas.   Moliyaviy   xolding   vakillari   faqat   sho‘’ba
korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding
vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho‘’ba korxonalari boshqaruvining
boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moliyaviy   xolding   o‘ziga   tegishli   aksiyalar   bilan   qimmatli   qog‘ozlarning
tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga
haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalar
bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Davlat   korxonalarini   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishda
xoldinglar tashkil etilishi mumkin.
Korxonalarni   davlat   tasarrufidan   chiqarishda   xoldinglar   tashkil   etish
to‘g‘risidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarga qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritiladi.
Taklifda:
xolding   tashkil   etish   zarurligi   asoslanishi,   uning   faoliyati   maqsadi   va
vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
tashkil   etilayotgan   xoldingga   kiritilishi   taklif   etilayotgan   korxonalar
(bo‘linmalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi;
ishlab   chiqarishning   umumiy   hajmida   ko‘rsatib   o‘tilgan   korxonalar
(bo‘linmalar)   tomonidan   ishlab   chiqariladigan   mahsulotlar   ulushi   to‘g‘risidagi
ma’lumotlar berilgan bo‘lishi;
xolding   boshqaruv   organlarining   vakolatlarini,   xoldingning   sho‘’ba
korxonalar   bilan   o‘zaro   munosabatlari   tartibini   belgilovchi   xoldingning   ta’sis
hujjatlari loyihalari mavjud bo‘lishi kerak.
Arizaga ilovada sho‘’ba korxonalar sifatida xolding tarkibiga kiritish taklif
etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) mehnat jamoalarining qarori bo‘lishi lozim.
Ushbu qaror mazkur Nizomning II bo‘limi  8-bandiga  muvofiq rasmiylashtirilgan
bo‘lishi lozim.
Qayta o‘zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalar
asosida  tashkil etilayotgan xoldingning muassislari davlat mulkini boshqarishga
vakil qilingan organlar, shuningdek paylar, ulushlar, aksiyalar ko‘rinishidagi o‘z


mablag‘larini qo‘yish xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar 
bo‘lishlari mumkin. Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan.
Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish tartibida uning
tarkibidan yuridik mustaqil (sho‘’ba) korxonalarni ajratgan holda xolding tashkil
etish   to‘g‘risidagi   masalani   ko‘rib   chiqishda   davlat   mulkini   boshqarishga   vakil
qilingan organlar:
butun   korxonaning   yoki   ajratib   chiqarilayotgan   bo‘linmalarning   ustav
sarmoyasini ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini baholaydilar, zarurat bo‘lganda
ehtimol tutilgan o‘zga investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun
ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini birlashtirish tartibida
xolding   kompaniya   tashkil   etish   to‘g‘risidagi   masalani   ko‘rib   chiqishda   davlat
mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar:
tashkil   etilayotgan   xolding   kompaniyaga   kiritilayotgan,   yoxud   xo‘jalik
mustaqilligiga   ega   bo‘layotgan   va   umumiy   asoslarda   davlat   tasarrufidan
chiqarilishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini aniqlaydilar;
-   korxonalar   mehnat   jamoalarining   qarorlarini   va   (yoki)   ularning
korxonalarni   xoldingning   sho‘’ba   korxonalariga   aylantirishga   roziligini   hisobga
oladilar;
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan usullarini ko‘rib
chiqadilar,   zarurat   bo‘lganda   ehtimol   tutilgan   o‘zga   investorlarni   xolding
qatnashchilari safiga kiritish uchun ular o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar.
Korxona (ajralib chiqadigan bo‘linma) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi.
O‘zga   investorlarning   ishtirokisiz   tashkil   etilayotgan   xoldingning   ustav
fondiga qo‘shiladigan mulk qiymati qonun hujjatlariga muvofiq baholanadi.
O‘zga   investorlar   ishtirokida   xolding   tashkil   etishda   kompaniya
qatnashchilari   tomonidan   qo‘shiladigan   ulushlar   miqdori   mol-mulkning   bozor
bahosidan kelib chiqib, tomonlarning roziligiga ko‘ra baholanadi.
Sho‘’ba korxonalarga (bo‘linmalarga) aylantiriladigan korxonalar xodimlari
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organning roziligi bilan tasdiqlangan
ro‘yxatlarga   va   yopiq   obuna   natijalariga   muvofiq   ular   tomonidan   berishga   va
sotishga mo‘ljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qo‘shishlari mumkin.
Eslatib o‘tilgan aksiyalarning o‘rniga sho‘’ba korxonalarning xodimlariga xolding
aksiyalari beriladi (nominal qiymati bo‘yicha sotiladi).
Xolding tashkil etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini boshqarishga vakil
qilingan organ tomonidan qabul qilingan taqdirda:
sho‘’ba   korxonalarning   aksiyalari   paketlari   davlat   mulkini   boshqarishga
vakil   qilingan   organ   tomonidan   xolding   ustav   sarmoyasini   to‘lash   tartibida
qo‘shiladi. Bunda xolding ustav sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga
muassislar  tomonidan beriladigan boshqa  aktivlarning jami nominal   qiymatiga
teng bo‘ladi;
sho‘’ba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini boshqarishga vakil
qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun beriladi;


xolding   aksiyalari   uning   qatnashchilari   o‘rtasida   ularning   ulushlariga
muvofiq taqsimlanadi.
Davlat mulkida bo‘lgan xolding aksiyalari sotilishi kerak.
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir muddatga
davlat   mulkiga   biriktirib   qo‘yishga,   agar   bunga   aksiyalari   xolding   kompaniya
aktivlari   tarkibiga   kiruvchi   barcha   korxonalar   uchun   amaldagi   qonun   hujjatlari
bilan yo‘l qo‘yilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar:
- nodavlat   yuridik   shaxslar   aksiyalarining   nazorat   paketlarini   ixtiyoriy
birlashtirish;
- nodavlat   xo‘jalik   jamiyati   tomonidan   boshqa   xo‘jalik   jamiyatlari
aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan tuziladi.
Xoldinglar   yilning   har   choragida   o‘z   balanslarini,   foyda   va   zararlar
schyotlarini,   shuningdek   boshqa   korxonalarning   o‘zlariga   tegishli   aksiyalari
haqidagi to‘liq ma’lumotlarni hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
axborotni e’lon qilishga majburdirlar.
Xolding   tomonidan   istalgan   korxonaning   (shu   jumladan   o‘zining   sho‘’ba
korxonasining)   aksiyalarining   5   foizidan   ortig‘ining   oldi-sotdisi   to‘g‘risidagi
ma’lumotlar   bitim   tuzilgan   paytdan   boshlab   bir   hafta   muddatda   albatta   e’lon
qilinishi kerak.
Xoldinglar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Respublikamizda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   xolding   kompaniyalari   va   ular
tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni quyidagi rasmda keltirilgan (15.4-rasm).


15.4-rasm. Respublikamizdagi xolding kompaniyalari va lar tarkibidagi

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish