Bog'liq Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11
birlashishlar va qo‘shib olishlarning tasniflanishi 1. Gorizontal birlashish va qo‘shib olish. Bu tipga bitta tarmoqda faoliyat
ko‘rsatuvchi kompaniyalarning o‘zaro birlashishi yoki qo‘shib olinishi holatlarini
kiritish mumkin. Bunday kompaniyalar bozorda o‘zaro raqobatchilar hisoblanadi.
Bunga 2005 yilda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” va “Zaminbank”ning o‘zaro
birlashishini misol sifatida keltirish mumkin.
2. Vertikal qo‘shib olish. Vertikal qo‘shib olish o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda
yirik kompaniya tomonidan biznesning turli bosqichlaridagi kompaniyalarni o‘ziga
jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Masalan,
aviakompaniyalarning turizm agentliklarini o‘ziga qo‘shib olishini vertikal qo‘shib
olish sifatida keltirish mumkin.
3. Konglomerat qo‘shib olish. Faoliyat yo‘nalishlari o‘zaro bog‘liq
bo‘lmagan kompaniyalarning biri tomonidan ikkinchisining qo‘shib olinishi
konglomerat qo‘shib olishni anglatadi. Bunga misol sifatida kompyuterlar ishlab
chiqaruvchi kompaniyaning ichimlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani
qo‘shib olishini keltirish mumkin.
O‘zaro birlashayotgan yoki qo‘shib olinayotgan kompaniyalarning
mamlakatlarga mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qo‘shib olishlarni
quyidagi ikki turga ajratish mumkin:
– milliy birlashishlar – bitta davlatda joylashgan kompaniyalarning o‘zaro
birlashishi;
– transmilliy birlashishlar – turli davlatlarda joylashgan kompaniyalarning
o‘zaro birlashishi yoki boshqa mamlakatlarda joylashgan kompaniyalarni qo‘shib
olish.
Kompaniyalarning foyda hajmini maksimallashtirish va bu orqali kompaniya
bozor qiymatini oshirishga bo‘lgan intilishlaridan kelib chiqib, korporativ
birlashish yoki qo‘shib olish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishga undovchi
asosiy ta’sir elementlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- qo‘shib olinadigan kompaniyaga yuqori darajali boshqaruv tizimini olib
kirish va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish orqali faoliyat
samaradorligini oshirish.
- ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish.
o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda yirik
kompaniya tomonidan biznesning
turli bosqichlaridagi kompaniyalarni
o‘ziga qo‘shib olishi
bitta tarmoqda faoliyat
ko‘rsatuvchi kompaniyalarning
o‘zaro birlashishi yoki qo‘shib
olinishi
faoliyat yo‘nalishlari o‘zaro
bog‘liq bo‘lmagan
kompaniyalarning biri
tomonidan ikkinchisining
qo‘shib olinishi