Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Faoliyat   ko‘lami  (ishlab   chiqariladigan   va   sotiladigan   mahsulot   hajmi,
kapital   miqdori,   xodimlar   soni   va   boshqalarga   ko‘ra)dan   kelib   chiqqan   holda
korporativ   tuzilmalar   yirik,   o‘rta   va   kichik   kabi   tiplarga   bo‘linadi.   Korporativ
tuzilmaning   katta-kichikligi   talab   qilinadigan   moliyaviy   resurslar   miqdoriga   va
moliyaviy-xo‘jalik   faoliyati   rang-barangligiga,   moliyaviy   boshqaruvni   amalga
oshirishning   tashkiliy   shakllariga,   shuningdek   uning   ixtisoslashuv   darajasiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Milliy amaliyotda ayni paytda qonunchilik asosida yirik
va kichik tipdaga korporativ tuzilmalar faoliyat ko‘rsatatganligini ta’kidlashimiz
lozim. Fikrimmizcha, korporativ tuzilmalar taraqqiyoti bo‘yicha xalqaro tajribalar
asosida,  shuningdek  korporativ  tuzilmalarning  rivojlanish  bosqichlarini  inobatga


olgan holda o‘rta tipdagi korporativ tuzilmalar faoliyati bo‘yicha ham
qonunchilikka qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq.
Rivojlanish   bosqichlari  yoki  hayotiy   tsikl   fazalari  bo‘yicha   korporativ
tuzilmalar “yangi tashkil etilgan”, “o‘sishda davom etayotgan”, “rivojlanishning
yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan to‘xtagan” korporativ tuzilmalarga
bo‘linadi.   Rivojlanish   bosqichlariga   bog‘liq   holda   korporativ   tuzilmalar
moliyalashtirish   bo‘yicha   turli   xil   talabga,   kapital   jalb   qilish   bo‘yicha   turli   xil
imkoniyatlarga, turli xil risklilik darajalariga ega bo‘ladi. “Yangi tashkil etilgan”
va “o‘sishda davom etayotgan” korporativ tuzilmalarda katta miqdorda moliyaviy
resurslar talab qilinadi. Bunday korporativ tuzilmalar moliyaviy resurs jalb qilish
bo‘yicha  agressiv   moliyaviy  siyosatni   amalga  oshiradilar,  olingan  daromadlarni
to‘liqligicha yoki katta qismini biznesga reinvestitsiya qiladilar. “Rivojlanishning
yuqori   darajasiga   chiqqan”   va   “rivojlanishdan   to‘xtagan”   korxonalarda   esa
moliyaviy  resurslarga  bo‘lgan talab  ma’lum bir darajada  barqarorlashadi  va  bu
jarayonda   ularning   katta   qismi   o‘z   mablag‘lari   hisobiga   qoplanadi.   Aniq   bir
korporativ tuzilmaning rivojlanish bosqichlari xususiyatlarini bilish va uni hisobga
olish   korporativ   moliyani   samarali   tashkil   etish   va   amalga   oshirish   imkonini
beradi.
Tadbirkorlik   faoliyati   turli   xil   tashkiliy-huquqiy   shakllarda     amalga
oshirilishi   mumkin.   Tashkiliy-huquqiy   shakl   korporativ   tuzilma   mulkdorlari   va
menejerlari tomonidan belgilab olinadigan rivojlanish strategiyasi, investitsiyalarni
jalb qilish manbalari va shakllari, daromadlarni taqsimlash va reinvestitsiyalash
rejalari, soliqqa tortish tartiblaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Biznesni tashkil
etishning   tashkiliy-huquqiy   shakllari   sifatida   mamlakatimizda   mas’uliyati
cheklangan   jamiyatlar,   xususiy   korxonalar,   oilaviy   korxonalar,   aksiyadorlik
jamiyatlari kabilar keng qo‘llanilib kelinmoqda va ulardagi moliyaviy boshqaruv
mexanizmi   daromadlarni   taqsimlash,   majburiyatlar   bo‘yicha   javobgarlik,
risklarning   taqsimlanishi,   biznes   ustidan   nazoratni   amalga   oshirish,   mulkchilik
huquqining   boshqa   shaxsga   o‘tkazilishi,   moliyaviy   resurslarni   jalb   qilish
imkoniyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Xususiy   va   oilaviy   korxonalarda,   umuman   kichik   biznes   korxonalarida
moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Katta   bo‘lmagan   korxonalarda   moliyaviy   boshqaruv   funktsiyalari
buxgalteriya yoki uning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan moliya yoki reja-moliya
bo‘limiga   yuklatiladi.   Natijada   moliyaviy   faoliyatni   umumiy   boshqarish   bosh
hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va u bir vaqtning o‘zida moliyaviy direktor
hisoblanadi.
Faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish natijasida ixtisoslashgan bo‘linmalar
soni   o‘sishi   va   ularning   funktsiyalari   kengayib   borishi   sababli   moliyaviy
boshqaruv   tashkiliy   tuzilmasi   murakkablashib   boradi.   Rivojlangan   davlatlardagi
o‘rta va yirik korporativ tuzilmalarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar
bo‘yicha vitse-prezident tomonidan boshqariladigan maxsus xizmat tashkil etilgan.
Mazkur xizmat o‘z tarkibiga bir nechta tegishli bo‘linmalarni qamrab oladi.


Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining namunaviy tuzilmasi
quyidagi rasmda keltirilgan (12.5-rasm).
12.5-rasm. Moliyaviy boshqaruv sxemasi
54
Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar
kengashining   a’zosi   hisoblanadi   va   boshqaruvchilar   o‘rtasida   markaziy   o‘rinni
egallaydi,   desak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.  Moliyaviy   direktor   bosh   direktor   bilan
birgalikda aksiyadorlar oldida to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi,
moliyaviy  natijalar  bo‘yicha   hisobot  beradi.  Moliyaviy  direktorlikka  nomzodlar
direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Aynan shu jihat moliyaviy
direktorning mustaqilligi va o‘z faoliyati bo‘yicha aksiyadorlarga hisobot berishini
anglatadi. Moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va
samarali   ishlash   tizimini   ta’minlash   orqali   korporativ   tuzilmaning   barcha
bo‘linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini
integratsiyalash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya xizmati har
qanday o‘rta va yirik korxonada muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati
bir   vaqtning   o‘zida   uch   xil   doirada:   funktsional,   korporativ   va   boshqaruv
ko‘rinishida   amalga   oshirilishini   ta’kidlash   lozim.   Shuning   uchun   ham   moliya
xizmatining zamonaviy rahbari ilmli, keng dunyoqarashga ega ijodiy fikrlaydigan
54 
James C. Van Horne, John M. Wachowicz.Fundamentals of financial management . – 13th ed. – Pearson Education, 2009. – P. 
9 (719)
Xarajatlarni hisoblash
Xarajatlarni boshqarish
Axborotlarni qayta ishlash
Bosh kitobni yuritish (to‘lov qaydnomalari, 
tushumlar va to‘lovlar hisobi)
Hukumatga hisobotlar (qimmatli qog‘ozlar, 
soliqlar bo‘yicha)
Ichki nazorat
Rejalarni tayyorlash
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
Prognozlash

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish