Ro`yxatga olindi: №


 Korporativ moliyaviy siyosat asosiy yo‘nalishlari



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

12.3. Korporativ moliyaviy siyosat asosiy yo‘nalishlari
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   korxonalar   faoliyati   davomida   moliyaviy
munosabatlarning   to‘g‘ri   tashkil   etilishi   qo‘yilgan   maqsadga   erishishda   muhim
ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Shundan   kelib   chiqqan   holda   asosiy   e’tiborni
korxonalar moliyasini samarali tashkil etishga, korxonalar moliyasini boshqarishni
to‘g‘ri   tashkil   etishga   qaratish   maqsadga   muvofiq.   Korporativ   moliyani
boshqarishni   to‘g‘ri   tashkil   etish   esa   bevosita   korporativ   moliyaviy   siyosatga
bog‘liq.  Rivojlangan   mamlakatlar   amaliyotida   korporativ   siyosatning   asosiy
yo‘nalishlari quyidagilar
56
:
- marketing siyosati;
- operatsion siyosat;
- moliyaviy siyosat;
- mehnat munosabatlari va kadrlar siyosati;
- axborot texnologiyalari siyosati;
- birlashishlar va qo‘shib olishlar siyosati;
56 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 181-183.


- korporativ etika siyosati;
- korporativ boshqaruv va muvofiqlik siyosati;
- biznes risk menejmenti siyosati.
Korporativ   moliyaviy   siyosatni   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish
korxonalarning   barcha   moliyaviy   munosabatlarini   qamrab   olishi   lozim.   Bunda
moliyaviy siyosat – korxonaning ta’sis hujjati (ustavi)da aks etgan strategik va
taktik   maqsadlarga   erishish   uchun   moliyadan   maqsadga   yo‘naltirilgan   holda
foydalanishni   o‘zida   aks   ettiradi.   Masalan,   tovar   bozoridagi   pozitsiyasini
kuchaytirish; mos ravishda aktivlar hamda xususiy kapital rentabelligiga erishish;
to‘lovga   layoqatlilik   va   balans   likvidliligini   ta’minlash;   aksiyadorlar   mulkiy
imkoniyatlarini oshirish va boshqalar.
Umuman, korporativ moliyaviy siyosatda quyidagilar nazarda tutiladi:
- foydani maksimallashtirib borish;
- kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish;
- korporativ   tuzilmaning   moliyaviy   barqarorligi,   amaliy   va   bozor
aktivligini ta’minlash;
- aksiyadorlar,   investorlar   va   kreditorlar   uchun   korporativ   tuzilmaning
moliyaviy ochiqligiga erishish;
- qimmatli   qog‘ozlar   emissiyasi,   moliyaviy   lizing,   loyihaviy
moliyalashtirish   yordamida   kapital   jalb   qilishning   bozor   mexanizmlaridan
foydalanish;
- korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining strategik maqsadlarini hisobga
olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi asosida korporativ moliyani boshqarish
mexanizmini ishlab chiqish;
- ustavda keltirilgan faoliyatni amalga oshirish va korporatsiyaning qarz
majburiyatlarini   qoplash   uchun   zarur   moliyaviy   resurslarni   shakllantirish,  pul
oqimlari va moddiy zaxiralar balansliligini ta’minlash.
Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar o‘rtasida balanslilikka
erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
- ustav kapitalini shakllantirish (pul ko‘rinishida yoki moddiy ko‘rinishda)
va   faoliyat   uchun   qo‘shimcha   mablag‘larni   (resurslarni)   jalb   qilishning   eng
ratsional usullari  aniqlanadi;
- pul oqimlarini optimallashtirish imkonini beruvchi moliyaviy boshqaruv
tashkiliy tuzilmasi shakllantiriladi;
- soliqlar   va   majburiy   ajratmalarni   optimallashtirish   maqsadida   hisob
siyosati ishlab chiqiladi;
- kontragentlar   bilan   hisob-kitoblar   usullari   va   muddati,   jarimalar
qo‘llanilishi bilan bog‘liq xo‘jalik shartnomalari shart-sharoitlari aniqlanadi;
- xarajatlar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik markazlarini
yaratish asosida byudjet boshqaruvi tizimi joriy qilinadi;
- bosh kompaniya va uning filiallari o‘rtasida pul oqimlari harakati hisobi
va nazorati tashkil qilinadi.
Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida etarlicha
pul mablag‘lari va to‘lovga layoqatlilikning yuqori darajasi sharoitida


korporatsiyani   rivojlantirish   va   mulkdorlar   (aksiyadorlar)   manfaatlarini
uyg‘unlashtirish   muammosi   paydo   bo‘ladi.   Bunday   sharoitda   korxona   faoliyat
davomiyligi va qo‘yilgan maqsadlar tavsifidan kelib chiqqan holda strategik va
taktik   moliyaviy   vazifalar   qo‘yiladi.   Yuqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda
korporativ moliyaviy siyosatni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin (12.6-rasm).
12.6-rasm. Korxonalar moliyaviy siyosati
Yana   shuni   ham   ta’kidlash   lozimki,   korxonalarning   davlat   bilan   o‘zaro
moliyaviy   bog‘liqlik   mexanizmini   samarali   tashkil   etish   korporativ   moliyaviy
siyosatda alohida e’tibor talab qiladigan masalalardan biri sanaladi.
Umuman   umumdavlat   moliyasining   korporativ   moliya   bilan   o‘zaro
bog‘liqligini quyidagilarda ko‘rish mumkin (12.7-rasm).
Investitsion, emission, dividend 
siyosatini tanlash
Mulkdorlar va menejerlar manfaatlari 
tengligini saqlash
Fond bozoridagi xalqaro moliyaviy 
aloqalar va pozitsiyalarini qoʻllab- 
quvvatlash
Biznes qiymatini maksimallashtirish 
yoʻllarini tanlash
«Tadbirkorlik» kapitalini yaratish

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish