Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

Risk va daromadlilik kontseptsiyasi 
bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik
faoliyati   risk   bilan   bevosita   bog‘liq   holda   amalga   oshirilishidan   kelib   chiqqan
holda   korporativ   moliyani   boshqarishda   moliyaviy-xo‘jalik   operatsiyalaridan
olinishi mumkin bo‘lgan natijalarni baholash bilan bir vaqtda natijaga erishishga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarga ham e’tibor qaratish lozimligini
nazarda   tutadi.   Mazkur   kontseptsiyaga   muvofiq   agar   riskning   yuzaga   kelishi
natijasida  kutilgan daromadning pasayishi  biznes uchun salbay oqibatlarga olib
kelmasa risklarni qabul qilish mumkin. Ma’lum bir natijaga erishish, biznesning
kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklarni to‘g‘ri baholash, ularni kamaytirish
bo‘yicha o‘z vaqtida va mos chora-tadbirlarni qo‘llash talab etiladi. Bunda soliq
riski va uning oldini olish e’tibor talab qiladi.
Bozor   samaradorligi   haqida   gipoteza  
bozordagi   holat   haqida   muntazam
ravishda axborotga ega bo‘lish va ularni tahlil qilishga doimiy ravishda e’tibor
qaratgan   holda   samarali   moliviy   qarorlar   qabul   qilish   zaruriyatini   o‘zida
ifodalaydi. Chunki bozordagi holat har qanday aktivning haqiqiy bahosini belgilab
beradi va shundan kelib chiqqan holda qabul qilingan moliyaviy qaror korporativ
tuzilma moliyaviy barqarorligi o‘sishiga xizmat qiladi.
Portfel   nazariyasi
ning   mohiyati   biznesda   mablag‘larni   turli   xil   aktivlar,
korxonalar   va   faoliyat   turlari   bo‘yicha   taqsimlash   lozimligi   bilan   ifodalanadi.
Investitsion portfelning bunday tartibda shakllanishi barcha risklar yig‘indisi bitta
yo‘nalishdagi   risklar   bilan   taqqoslanganda   ancha   past   bo‘lishiga   xizmat   qiladi.
Masalan,   pul   mablag‘larini   bir   vaqtning   o‘zida   bir   nechta   sohaga   joylashtirish
natijasidagi risklar pul mablag‘larini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga
qaraganda kamroq. “
Moliyaviy aktivlarni baholash modeli  
esa alohida moliyaviy
aktiv va butun bozor riski va daromadliligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni
o‘zida aks ettiradi”
55
.
Moliyaviy   resurs   jalb   qilish   va   undan   maqsadli   foydalanish   (maqsadli
taqsimlash)   masalasi   korporativ   moliyani   boshqarishdagi   eng   asosiy   va  kun
tartibidagi   doimiy   masalalardan   hisoblanadi.   Korporativ   tuzilmada   faoliyatni
tashkil   etish   yoki   davom   ettirish   uchun   zarur   kapitalni   shakllantirishda   qarz
mablag‘lari jalb qilish yoki o‘z moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga
aniqlik kiritiladi. Mazkur masalaga har tomonlama asoslangan javob topish 
kapital
tarkibi   nazariyasi
ning   tadqiqot   predmetini   tashkil   etadi.   Korporativ   moliyani
boshqarishda kapital tarkibi nazariyasi asosida faoliyatni moliyalashtirish  bo‘yicha
55
В.В.Ковалёв, Вит.В.Ковалёв. Корпоративные финансы и учёт: понятия, алгоритмы, показатели. Учебное пособие. – М.:
Проспект, 2015. – Ст. 444 (1000)


qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillarni to‘g‘ri 
anglash faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi.
Dividend siyosatinazariyasi  
doirasida ko‘rib chiqiladigan, olingan foydani
taqsimlash masalasi ham yuqoridagi muammo bilan bevosita bog‘liq va muhimligi
bo‘yicha   kam   bo‘lmagan   muammo   hisoblanadi.   Dividend   siyosatidagi   asosiy
muammo   olingan   foydaning   ta’sischilarga   dividendlar   ko‘rinishida   to‘lanadigan
qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yo‘naltiriladigan qismi
o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi.
Agentlik munosabatlari nazariyasi  
ikki ishtirokchi o‘rtasidagi munosabatda
ulardan   birining   o‘z   funktsiyalarini   boshqa   shaxsga,   ya’ni   agentga   o‘tkazishini
ifodalaydi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtai nazaridan eng muhim agentlik
munosabatlari   sifatida   mulkdorlar   va   menejerlar   o‘rtasidagi   munosabatlar,
shuningdek   kreditorlar   va   aksiyadorlar   o‘rtasidagi   munosabatlarni   keltirish
mumkin. Masalan, biznesda kapital egalari moliyaviy boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun yollanma menejerlar (agentlar)ni jalb qilish holatlari tez-tez uchrab
turadi. Lekin menejerlar o‘z ish joyini saqlash, karerasini rivojlantirish, ish haqini
oshirish va boshqa maqsadlarda shaxsan o‘zi uchun foydali, biznes egasi uchun esa
zararli qarorlar qabul qilishi mumkin. “Printsipal – agent” munosabatlarida yuzaga
keladigan   nizolarni   iqtisodchilar   agentlik   muammolari,   agentlik   nizolari   yoki
manfaatlar   to‘qnashuvi   natijasidagi   muammolar,   deya   ataydilar.   Agentlik
munosabatlari   nazariyasi   agentlik   munosabatlarida   yuzaga   keladigan
muammolarning   mohiyati   va   yuzaga   kelish   sabablarini   o‘rganadi,   shuningdek
ularning   oldini   olish   yoki   salbiy   oqibatlarini   kamaytirish   imkonini   beruvchi
metodlar va instrumentlarni ishlab chiqadi.
Umumiy   holda   har   bir   korporativ   moliyani   boshqarishning   har
kontseptsiyasi   ma’lum   bir   jihatlari   bilan   soliq   amaliyotiga   bog‘liq   ekanligini
alohida ta’kidlashimiz lozim.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish