AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Korporativ moliyaviy siyosatning asosiy yo‘nalishlariga izoh bering.
2. Korporativ moliyaviy strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari.
3. Korporativ moliyaviy siyosatda o‘zaro bog‘liqlik mexanizmidan samarali
foydalanish.
4. Moliyaviy taktikada belgilab olinadigan asosiy vazifalar.
5. Moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etish imkoniyatlari.
6. Investitsion faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlari.
7. Korporativ moliyaviy siyosatda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash
masalasi.
8. Korporativ moliyaviy siyosatda foydani maksimallashtirish masalasi.
9. Korporativ moliyaviy siyosatda moliyaviy
instrumentlardan samarali
foydalanish yo‘nalishlari.
10. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy munosabatlar tizimi.
Testlar
1. Korporativ tuzilmalar moliyaviy munosabatlarini qanday guruhlar asosida
tasniflash mumkin?
a) davlat, moliya bozori institutlari, mol etkazib beruvchilar va xaridorlar
bilan munosabatlar ijtimoiy infratuzilma institutlari bilan moliyaviy munosabatlar
tizimi;
b) soliq maslahatchilari bilan, baholash tashkilotlari bilan munosabatlar;
c) auditorlik tashkilotlari, investitsiya vositachilari bilan munosabatlar;
d) soliq organi, arbitraj sudlari bilan munosabatlar
2. Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi nima hisoblanadi.
a) pul va manfaat;
b) foiz undirish;
c) hukmronlik o‘tkazish;
d) moddiy jihatdan nufuzini oshirib borish.
3. Moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartini qanday
izohlaysiz?
a) pul mablag‘larining sub’ektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati;
b) foydani taqsimlashda pul munosabatlaridan
foydalanish;
c) takror ishlab chiqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligiga erishish;
d) moliyaviy barqarorlikni oshirib borish.
4. O‘z xarajatlarini o‘zi qoplash prinsipi nimani nazarda tutadi?
a) korxonani rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar sof foyda va
amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini;
b) xarajatlarni minimallashtirish orqali foydani maksimallashtirishni;
c) moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etishni;
d) moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida kam daromad bilan
cheklanishni.
6. Aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalarni o‘zga aksiyadorlarning
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati qanday
aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi.
a) ochiq obunaga asoslangan aksiyadorlik jamiyati;
b) yopiq
aksiyadorlik jamiyati;
c) unitar jamiyat;
d) aksiyadorlar har doim o‘z aksiyalarini boshqa shaxsga o‘tkazish uchun
boshqa aksiyadorlardan yozma rozilik olish kerak.
7. O‘zbekistonda yopiq aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar soni
bo‘yicha chegarani bilasizmi?
a) yopiq aksiyadorlik jamiyati tushunchasi bekor qilingan;
b) aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar soni bo‘yicha hech qanday
chegara belgilanmaydi;
c) 50 ta shaxsdan kam bo‘lishi mumkin emas;
d) jamiyat ta’sis yig‘ilishi qarori bilan ustavda belgilab qo‘yiladi.
8. Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatini bilasizmi?
a) ustav;
b) jamiyat ta’sis yig‘ilishi bayonnomasi;
c) Vazirlar mahkamasi qarori;
d) tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyasi tomonidan berilgan
guvohnoma.
9. MChJ ishtirokchilarining soni bo‘yicha aniq chegara belgilab
qo‘yilganmi?
a) ellik
kishidan oshmasligi lozim;
b) 3 ta shaxsdan kam, 50 ta shaxsdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas;
c) 50 ta shaxsdan kam bo‘lishi mumkin emas;
d) alohida talab belgilanmagan.
10. Korporativ moliya tushunchasi nimani anglatadi?
a) korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida
yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy
munosabatlar tizimini;
b)
davlat
va
korxonalar
o‘rtasida
yuzaga
keladigan
moliyaviy
munosabatlarni.
c) aksiyador va kompaniya o‘rtasidagi munosabatlarni;
d) korxonalar faoliyatini boshlash bilan bog‘liq jarayonlarni.
11. Real sektordagi aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali miqdori qancha
bo‘lishi kerak?
a) 1,6 milliard so‘m;
b) 400 ming AQSh dollari;
c) 400 ming evro;
d) 200 ming AQSh dollari.
12. Korporativ moliyaviy siyosatda kapital bahosini aniqlashda e’tibor
qaratiladigan eng asosiy jihatlarni belgilang.
a) kapital bahosi, unda kutilayotgan
daromadlilik va vaqt omili;
b) kapitalning arzonligi va qisqa muddatliligi;
c) kapital vayutasi va qaytarish shartlari;
d) kapital bahosining loyiha bo‘yicha kutilayotgan daromadlilik
bilan
tengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: