Faoliyat ko‘lami
(ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi,
kapital miqdori, xodimlar soni va boshqalarga ko‘ra)dan kelib chiqqan holda
korporativ tuzilmalar yirik, o‘rta va kichik kabi tiplarga bo‘linadi. Korporativ
tuzilmaning katta-kichikligi talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdoriga va
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati rang-barangligiga, moliyaviy boshqaruvni amalga
oshirishning tashkiliy shakllariga, shuningdek uning ixtisoslashuv darajasiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Milliy amaliyotda ayni paytda qonunchilik asosida yirik
va kichik tipdaga korporativ tuzilmalar faoliyat ko‘rsatatganligini ta’kidlashimiz
lozim. Fikrimmizcha, korporativ tuzilmalar taraqqiyoti bo‘yicha xalqaro tajribalar
asosida, shuningdek korporativ tuzilmalarning rivojlanish bosqichlarini inobatga
olgan holda o‘rta tipdagi korporativ tuzilmalar faoliyati bo‘yicha ham
qonunchilikka qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq.
Rivojlanish bosqichlari
yoki
hayotiy tsikl fazalari
bo‘yicha korporativ
tuzilmalar “yangi tashkil etilgan”, “o‘sishda davom etayotgan”, “rivojlanishning
yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan to‘xtagan” korporativ tuzilmalarga
bo‘linadi. Rivojlanish bosqichlariga bog‘liq holda korporativ tuzilmalar
moliyalashtirish bo‘yicha turli xil talabga, kapital jalb qilish bo‘yicha turli xil
imkoniyatlarga, turli xil risklilik darajalariga ega bo‘ladi. “Yangi tashkil etilgan”
va “o‘sishda davom etayotgan” korporativ tuzilmalarda katta miqdorda moliyaviy
resurslar talab qilinadi. Bunday korporativ tuzilmalar moliyaviy resurs jalb qilish
bo‘yicha agressiv moliyaviy siyosatni amalga oshiradilar, olingan daromadlarni
to‘liqligicha yoki katta qismini biznesga reinvestitsiya qiladilar. “Rivojlanishning
yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan to‘xtagan” korxonalarda esa
moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab ma’lum bir darajada barqarorlashadi va bu
jarayonda ularning katta qismi o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi. Aniq bir
korporativ tuzilmaning rivojlanish bosqichlari xususiyatlarini bilish va uni hisobga
olish korporativ moliyani samarali tashkil etish va amalga oshirish imkonini
beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turli xil tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga
oshirilishi mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakl korporativ tuzilma mulkdorlari va
menejerlari tomonidan belgilab olinadigan rivojlanish strategiyasi, investitsiyalarni
jalb qilish manbalari va shakllari, daromadlarni taqsimlash va reinvestitsiyalash
rejalari, soliqqa tortish tartiblaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Biznesni tashkil
etishning tashkiliy-huquqiy shakllari sifatida mamlakatimizda mas’uliyati
cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, aksiyadorlik
jamiyatlari kabilar keng qo‘llanilib kelinmoqda va ulardagi moliyaviy boshqaruv
mexanizmi daromadlarni taqsimlash, majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik,
risklarning taqsimlanishi, biznes ustidan nazoratni amalga oshirish, mulkchilik
huquqining boshqa shaxsga o‘tkazilishi, moliyaviy resurslarni jalb qilish
imkoniyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Xususiy va oilaviy korxonalarda, umuman kichik biznes korxonalarida
moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Katta bo‘lmagan korxonalarda moliyaviy boshqaruv funktsiyalari
buxgalteriya yoki uning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan moliya yoki reja-moliya
bo‘limiga yuklatiladi. Natijada moliyaviy faoliyatni umumiy boshqarish bosh
hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va u bir vaqtning o‘zida moliyaviy direktor
hisoblanadi.
Faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish natijasida ixtisoslashgan bo‘linmalar
soni o‘sishi va ularning funktsiyalari kengayib borishi sababli moliyaviy
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi murakkablashib boradi. Rivojlangan davlatlardagi
o‘rta va yirik korporativ tuzilmalarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar
bo‘yicha vitse-prezident tomonidan boshqariladigan maxsus xizmat tashkil etilgan.
Mazkur xizmat o‘z tarkibiga bir nechta tegishli bo‘linmalarni qamrab oladi.
Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining namunaviy tuzilmasi
quyidagi rasmda keltirilgan (12.5-rasm).
12.5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |