Ro`yxatga olindi: №


Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo‘yiladigan



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo‘yiladigan
minimal talablar, milliard so‘mda
Faoliyat yurituvchi sug‘urtachilar 2018 yilning 1 iyuliga qadar ustav kapitali 
miqdorlarini yuqorida keltirilgan talablariga muvofiqlashtirishlari lozim
.
Ilgari amalda bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdori
quyidagi jadvalda keltirilgan (13.2-jadval):
13.2-jadval
Sug‘urtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari
ming evro ekvivalentida
Sug‘urta faoliyati turlari
2012 yil
1 iyuldan
2014 yil
1 iyuldan
Umumiy sug‘urta sohasida
1125
15
00
Hayotni sug‘urtalash sohasida
1500
20
00
Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha
2250
30
00
Faqat qayta sug‘urtalash
bo‘yicha
5000
60
00
Yangidan   tashkil   etilayotgan   tijorat   banklari   ustav   kapitalining   eng   kam
miqdori 100,0 milliard so‘m qilib belgilandi. Ilgari bu talab aksiyadorlik tijorat
banklari va xususiy banklar uchun alohida-alohida belgilangan bo‘lib, 10 million
evro va 5 million evro ekvivalentida edi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda
2019   yilning   19   yanvariga   kadar   tijorat   banklarining   ustav   kapitali   miqdorlari
100,0 milliard so‘mga etkazilishini ta’minlashi lozimligi belgilangan.


Shu o‘rinda aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi ulushi kamida 15 foizni
tashkil   etishi   lozim   bo‘lgan   chet   ellik   investorlar   ishtirokida   tashkil   qilinishi
belgilanganli, lekin bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   qarorlarida   belgilangan   hollar   mustasno
ekanligini ham ta’kidlash lozim.
Aksiyadorlik   jamiyati   ustav   kapitali   qo‘shimcha   aksiyalarni   joylashtirish
yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida
belgilangan,   e’lon   qilingan   aksiyalarning   soni   doirasida   jamiyat   tomonidan
joylashtiriladi.   Ustav   kapitalini   ko‘paytirish   to‘g‘risidagi   va   jamiyat   ustaviga
tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
qaroriga   muvofiq   kuzatuv   kengashiga   shunday   qarorlar   qabul   qilish   huquqi
berilgan   bo‘lsa,   kuzatuv   kengashi   tomonidan   qabul   qilinadi.   Ustav   kapitalini
ko‘paytirish   to‘g‘risidagi   qarorda   joylashtiriladigan   qo‘shimcha   oddiy
aksiyalarning   va   imtiyozli   aksiyalarning   soni,   ularni   joylashtirish   muddatlari
hamda shartlari belgilanadi.
Aksiyadorlik   jamiyati   ustav   kapitalini   ko‘paytirish   joylashtirilgan
qo‘shimcha   aksiyalarning   nominal   qiymati   miqdorida   ro‘yxatdan   o‘tkaziladi.
Bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning
soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi
kerak.   O‘zbekiston   Respublikasi   “Qimmatli   qog‘ozlar   bozori   to‘g‘risida”gi
Qonuniga   asosan,   emissiyaviy   qimmatli   qog‘ozlarning   dastlabki   chiqarilishini
davlat   ro‘yxatidan   o‘tkazishda   emitent   mazkur   chiqarilishdagi   emissiyaviy
qimmatli   qog‘ozlar   nominal   qiymatining   0,01   foizi   miqdorida   respublika
byudjetiga   yig‘im   to‘laydi.   Ilgari   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   chiqarilishdagi
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent
mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati oshgan
summasining 0,01 foizi miqdorida respublika byudjetiga yig‘im to‘laydi.
Aksiyadorlik   jamiyati   ustav   kapitalini   ko‘paytirish   jalb   qilingan
investitsiyalar,   jamiyatning   o‘z   kapitali   va   hisoblangan   dividendlar   hisobidan
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ustav kapitalini
o‘z   kapitali   hisobidan   ko‘paytirishda   qo‘shimcha   aksiyalar   barcha   aksiyadorlar
o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli
bo‘lsa,   ayni   o‘sha   turdagi   aksiyalar   unga   tegishli   aksiyalar   soniga   mutanosib
ravishda   taqsimlanadi.   Jamiyatning   ustav   kapitali   ko‘paytirilishi   natijasida
ko‘paytirish   summasining   bitta   aksiyaning   nominal   qiymatiga   muvofiqligi
ta’minlanmaydigan bo‘lsa, ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik   jamiyatining   ustav   kapitali   aksiyalarning   nominal   qiymatini
kamaytirish   yoki   aksiyalarning   umumiy   sonini   qisqartirish   yo‘li   bilan,  shu
jumladan   aksiyalarning   bir   qismini   keyinchalik   bekor   qilgan   holda   jamiyat
tomonidan   aksiyalarni   olish   yo‘li   bilan   kamaytirilishi   mumkin.   Lekin   bu
amaliyotga   aksiyadorlik   jamiyati   ustavida   nazarda   tutilgan   holdagina   yo‘l
qo‘yiladi.   Shuningdek   ustav   kapitalini   kamaytirish   ustav   kapitalini   kamaytirish
bo‘yicha minimal chegaradan pasayb ketmasligi lozim. Ustav kapitalini


kamaytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi
qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul
qilish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish
sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Aksiyadorlik  jamiyati  ustav  kapitalini  kamaytirish  to‘g‘risida   qaror  qabul
qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda
yozma   shaklda   xabardor   qiladi.   Kreditorlar   jamiyatning   ustav   kapitalini
kamaytirish   to‘g‘risida   o‘zlariga   bildirish   yuborilgan   sanadan   e’tiboran   o‘ttiz
kundan kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini
va ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab
qilishlari mumkin.
Hozirgi   kunda   mamlakatimizda   aksiyalarning   nominal   qiymati   5000
so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 2014 yilgacha aksiyalarning nominal qiymati
100 so‘mdan past bo‘lmasligi shartligi amalda edi.
Quyidagi jadvalda aksiyadorlik jamiyatlari misolida aksiyalar soni, nominal
qiymati va ustav kapitali haqida ma’lumotni keltiramiz (13.3-jadval).
13.3-jadval

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish