Ro`yxatga olindi: №


Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar
to‘g‘risida ma’lumot
57

Aksiyadorli
k jamiyati 
nomi
Joylashg
an 
hudud
Tarmoq (yuqori
turuvchi 
tashkilot)
Muomaladagi aksiyalar
Min

so‘m
da
Nom
in 
ali
Min

dona
da
1
G‘ozg‘on
marmar
Navoiy
"O‘zqurilish
materiallari" AJ
767 565,9

934,0
396,880
2
Granit
Samarqan
d
"O‘zbekiston temir
yo‘llari" AJ
1 322 943,2

179,0
607,253
3
Guliston
ekstrakt-yog‘
Sirdaryo
"O‘zpaxtasanoateksp
or
t" XK
1 139 805,8

999,0
570,188
4
Gurlan dehkon
bozori
Xorazm
Hokimiyat
3 533 555,0

000,0
3 533,555
5
Davr-bank
Toshkent
sh
Moliyaviy tashkilotlar
40 000 
000,0

000,0
8 000,0
6
Daromad plyus
IF
Toshkent
sh
Moliyaviy tashkilotlar
631 904,0
500,0
1 263,808
7
GM Uzbekistan
Andijon
"O‘zavtosanoat" AK
344000017,
2
1,0
344000017,
2
8
Doyche Kabel
AG Tashkent
Toshkent
sh
"O‘zeltexsanoat" AK
744 440,9

330,0
559,73
9
Don xalq rizqi
Qashqada
ry
o
"O‘zdonmaxsulot" AK
2 005 992,0

160,0
928,7
1
0
Dori-darmon
Toshk
ent sh
"Dori-darmon" AK
86 309 
600,0

300,0
20 072,0
1
1
Dunyo-M
Qashqada
ry
o
"O‘zdonmaxsulot" AK
11 266 
272,0

000,0
5 633,136
1
2
Jizzax 
akkumulya
tor zavodi
Jizzax
"O‘zavtosanoat" AK
75 494 
442,2

013,0
74 549,895


57 
Korporativ axborotlar yagona portalidan olindi.


Yuqorida   keltirilgan   jadvaldan   ko‘rinib   turibdiki,   aksiyadorlik   jamiyatlari
aksiyalari nominal qiymati har xil. Hattoki bir so‘mlik aksiyalar ham muomalaga
chiqarilgan.   Respublikamizdagi   barcha   aksiyadorlik   jamiyatlari   tomonidan
chiqarilgan   aksiyalar   haqida   ma’lumotlar   bilan   Korporativ   axborotlar   yagona
portali – www.openinfo.uz orqali batafsil tanishish mumkin.
Aksiyadorlik   jamiyati   ustavida   aksiyadorlar   olgan   aksiyalarning   soni   va
nominal qiymati belgilab qo‘yiladi. Bunga misol sifatida  “Kvarts” aksiyadorlik
jamiyatining   2015   yil   17   iyulida   ro‘yxatdan   o‘tkazilgan   ustavi   4.2-bandini
keltiramiz:   “Jamiyatning   ustav   kapitali   23   963   940   000   (yigirma   uch   million
to‘qqiz yuz oltmish uch ming to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m bo‘lib, 23 963  940
(yigirma  uch   million  to‘qqiz  yuz  oltmish  uch  ming  to‘qqiz   yuz  qirq)  ta  oddiy
aksiyaga bo‘lingan. Aksiyaning nominal qiymati 1000 (bir ming) so‘mdan iborat.
Jamiyat ustav kapitalida aksiyadorlar ulushi va ularning nisbati foizlarda:
- davlat ulushi – 23 942 490 000 (yigirma uch milliard to‘qqiz yuz qirq ikki
million to‘rt yuz to‘qson ming) so‘m, ya’ni ustav kapitalining 99,91 foizini tashkil
etadi;
- jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirilgan ulush – 21 450 000 (yigirma bir
million to‘rt yuz ellik ming) so‘m, ya’ni ustav kapitalining 0,09 foizini tashkil
etadi”
58
.
Aksiyadorlik   jamiyai   ustavida   jamiyat   joylashtirilgan   aksiyalarga
qo‘shimcha ravishda joylashtirishga haqli bo‘lgan e’lon qilingan aksiyalarning soni
va   nominal   qiymati   belgilanishi   mumkin.   Bunga   ham   misol   sifatida   “Kvarts”
aksiyadorlik jamiyati ustavidan 4.4-bandni keltiramiz. “Jamiyat umumiy qiymati
10 000 000 000 (o‘n milliard) so‘m bo‘lgan qo‘shimcha e’lon qilingan 10 000 000
(o‘n million) ta oddiy aksiyani chiqarish huquqiga ega. Har bir aksiya nominal
qiymati 1000 (ming) so‘mni tashkil etadi”.
Jamiyat   ustaviga   jamiyatning   e’lon   qilingan   aksiyalari   haqida   nazarda
tutilgan  qoidalar  bilan bog‘liq o‘zgartish  va qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risidagi
qaror, odatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Oddiy   aksiyalar   bo‘yicha   dividendlar   aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilishi
tomonidan   qabul   qilinadigan   qarorlar   asosida   belgilanadi.   Imtiyozli   aksiyalar
bo‘yicha esa dividendlari miqdori ustavda qat’iy belgilab qo‘yiladi.
Aksiyalarga   ayirboshlanadigan   qimmatli   qog‘ozlar   jamiyat   tomonidan
joylashtirilgan   taqdirda   e’lon   qilingan   aksiyalarning   soni   ushbu   qimmatli
qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur
miqdordan kam bo‘lmasligi lozim. Jamiyat o‘zi joylashtirgan qimmatli qog‘ozlar
ayirboshlanishi mumkin bo‘lgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida
ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
Aksiyalarga   bo‘lgan   huquqlar   aksiyalarni   oluvchiga   uning   depo
hisobvarag‘iga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o‘tadi va qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan depo hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan
tasdiqlanadi.
58 
www.kvarts.uz 
– Kvarts aktsiyadorlik jamiyati rasmiy vebsaytidan olindi.


Aksiyadorlik jamiyat qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq korporativ
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga
haqli.   Jamiyatning   korporativ   obligatsiyalari   jamiyat   aksiyalariga
ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat   mol-mulk   bilan   ta’minlangan   korporativ   obligatsiyalarni   ularni
chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish sanasidagi o‘z kapitali miqdori doirasida
chiqarishga haqli.
Jamiyat   tomonidan   korporativ   obligatsiyalarni   chiqarish,   shu   jumladan
aksiyalarga   ayirboshlanadigan   korporativ   obligatsiyalarni   chiqarish   aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra yoki, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv kengashiga bunday qaror
qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra
amalga oshiriladi. Jamiyat tomonidan jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra
aksiyalarga   ayirboshlanadigan   korporativ   obligatsiyalar   chiqarilgan   taqdirda,
mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan
qabul qilinishi kerak.
Aksiyadorlik   jamiyatlari   aksiyalarini   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlarini
joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk,
shuningdek   pulda   ifodalanadigan   bahoga   ega   bo‘lgan   huquqlar   (shu   jumladan
mulkiy   huquqlar)   orqali   amalga   oshiriladi.   Aksiyadorlik   jamiyatini   ta’sis   etish
chog‘ida uning aksiyalariga haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi
ta’sis   shartnomasida   (o‘zgartish   to‘g‘risidagi   qarorda)   yoki   jamiyat   ustavida,
qo‘shimcha   aksiyalar   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlarga   haq   to‘lash   esa,   ularni
chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilab qo‘yiladi.
Jamiyatning
qo‘shimcha
aksiyalariga
ushbu
aksiyalarni
chiqarish
to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to‘lanishi lozim.
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun
neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida kiritilayotgan
mol-mulkning   pulda   ifodalanadigan   bahosi   muassislar   o‘rtasidagi   shartnomaga
muvofiq chiqariladi.
Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi to‘lanayotgan aksiyalari
va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan
eng   kam   ish   haqining   ikki   yuz   baravaridan   ko‘pni   tashkil   etsa,   jamiyatning
aksiyalari   va   boshqa   qimmatli   qog‘ozlarining   haqi   sifatida   kiritilayotgan   mol-
mulkning   pulda   ifodalangan   bahosi   baholovchi   tashkilot   tomonidan   chiqarilishi
zarur.
Qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida jamiyat aksiyalari hamda boshqa
qimmatli qog‘ozlari haqi sifatida to‘lanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk turlariga
cheklovlar belgilanishi mumkin.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish