Ro`yxatga olindi: №


Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular tomonidan



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular tomonidan
muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
49

Hududlar
Aksiyadorlik jamiyatlari
Chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar hajmi
So
ni
Jamiga 
nisbatan 
foizda
Millia
rd 
so‘m
da
Jamiga 
nisbatan 
foizda
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
22
3,34
70,6
0,2
2
Andijon
43
6,53
662,9
2,2
3
Buxoro
38
5,77
124,1
0,4
4
Jizzax
18
2,73
306,8
1,0
5
Qashqadaryo
47
7,13
181,5
0,6
6
Navoiy
22
3,34
833,5
2,7
7
Namangan
29
4,40
151,4
0,5
8
Samarqand
32
4,86
90,8
0,3
9
Surxondaryo
23
3,49
54,4
0,2
1
0
Sirdaryo
17
2,58
172,2
0,6
1
1
Toshkent viloyati.
49
7,44
1110,5
3,6
1
2
Farg‘ona
46
6,98
435,8
1,4
1
3
Xorazm
29
4,40
79,9
0,3
1
4
Toshkent shahri
244
37,03
26189,3
86,0
JA
MI
659
100,0
30463,5
100,0
Yuqoridagi   jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   faoliyat
ko‘rsatayotgan   aksiyadorlik   jamiyatlarining   244   tasi,   ya’ni   37   foizi   Toshkent
shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard so‘mlik, ya’ni jamiga
nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan.  Bu borada eng past ko‘rsatkich
Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ   tuzilmalar   kapital   jalb   qilish   nuqtai   nazaridan  
investitsiya
institutlari
, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosabatlarga kirishadi.
Bunda   “investorlarning   pul   mablag‘larini   jalb   etish   va   ularni   investitsiya
aktivlariga   qo‘yish   maqsadida   aksiyalar   chiqarishni   amalga   oshiruvchi   yuridik
shaxs – aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”
50
.Keltirilayotgan ta’rifdan ham
ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida
faoliyat   ko‘rsatadi   va   korporativ   qimmatli   qog‘ozlar   bilan   ham   operatsiyalarga
kirishadi.
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra,“aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa
kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va
jismoniy   shaxslarning   mablag‘larini   jamlab   turuvchi   boshqa   fondlar   hamda
ularning investitsiya  aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va
jismoniy   shaxslarning   ixtiyoriy   badallari   bo‘lmish   xayriya   fondlari   va   boshqa


ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida
49 
Қимматли қоғозлар марказий депозитарийси маълумотлари асосида тузилди.
50 
O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda.


nazarda   tutilgan,   yuridik   va   jismoniy   shaxslar   tomonidan   qilinadigan   majburiy
ajratmalar bo‘lmish byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli
ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat unitar korxonalari, fond va
tovar   birjalari   har   yili   majburiy   auditorlik   tekshiruvidan   o‘tishi   kerak”
51
.
Shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida ham auditorlik
tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar
o‘z   faoliyati   davomida   auditorlik   tashkilotlari   bilan   moliyaviy   munosabatlarga
kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi
talab   etilishi   ham   korporativ   tuzilmalar   va   auditorlik   tashkilotlarining   o‘zaro
hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va  mol etkazib  beruvchilar bilan  moliyaviy  munosabatlar  o‘z-
o‘zidan   muntazam   amalga   oshirib   borilishi   bilan   xarakterli.   Chunki   belgilab
olingan   faoliyatni   amalga   oshirish   orqali   qo‘yilgan   maqsadga   erishish,   ya’ni
foydani   maksimallashtirish   uchun   xaridorlar   va   mol   etkazib   beruvchilar   bilan
moliyaviy munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va taklif asosida
shakllanadi.   Shuningdek   ma’lum   bir   holatlarda   aktivlarning   bozor   bahosini
aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar
o‘z faoliyatlari davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish
uchun   baholash   tashkilotlari   xizmatlaridan   foydalanishlariga   to‘g‘ri   keladi.
Qo‘shimcha   ravishda   qonunchilik   talablari   asosida   baholash   tashkilotlari
xizmatlaridan   foydalanish   bo‘yicha   majburiy   holatlar   ham   mavjud.   “Garov
to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan
garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali
amalga   oshiriladi”
52
.   Baholash   to‘g‘risidagi   qonunchilikka   ko‘ra,   “Baholashni
o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash
ob’ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash ob’ektlarini
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish
yoki   ijaraga   berish   maqsadida   ularning   qiymati   aniqlanayotganda;baholash
ob’ektlaridan   garov   narsasi   sifatida   foydalanayotganda;baholash   ob’ektlari
sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga  boshqacha  tarzda o‘tkazilayotganda;baholash
ob’ektlari   bilan   bog‘liq   qarz   majburiyatlaridan   boshqaning   foydasiga  voz
kechilayotganda;baholash   ob’ektlari  yuridik  shaxslarning   ustav   fondlariga  ulush
tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash ob’ektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan
taqdirda   ham,   shu   jumladanmol-mulk   natsionalizatsiya   qilinayotganda;   ipoteka
krediti berilayotganda; taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki
bo‘linayotganda;   mol-mulk   mulkdorlaridan   davlat   ehtiyojlari   uchun   sotib
olinayotgan   yoki   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   boshqacha   tarzda   olib
qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan
nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir”
53
, deb belgilab qo‘yilgan.
51
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
52
O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
53
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda.


Yuqoridagilar   asosida   ta’kidlash   mumkinki,   korporativ   tuzilmalar   bank
kreditlarini   jalb   qilish   jarayonida   garov   ta’minotini   baholash   yuzasidan
baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat
garovni   baholash,   balki   qimmatli   qog‘ozlarni   baholash,   biznesni   baholash   va
hokazolarda ham namoyon bo‘ladi.
Lizing   kompaniyalari   bilan   moliyaviy   munosabatlarning   tashkil   etilishi
natijasida   korporativ   tuzilmalar   o‘z   faoliyatlariga   yangi   texnologiyalar,   asosiy
vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib
olish imkoniyati cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan
samarali bo‘lishi mumkin.
Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq imtiyozlaridan samarali
foydalanish,   soliqlarni   rejalashtirish,   soliq   xatoliklarini   bartaraf   etish   va
hokazolarga   e’tibor   qaratiladi.   Bu   haqda   to‘rtinchi   bobda   atroflicha   to‘xtalib
o‘tamiz.
Shuningdek,   korporativ   tuzilmalar   konsalting   firmalari,   yuridik   xizmatlar
ko‘rsatuvchi sub’ektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy
hamda   bozor   infratuzilmalari   sub’ektlari   bilan   ham   moliyaviy   munosabatlarga
kirishishlari mumkin.
Bugungi   kunda   korporativ   moliyaviy   munosabatlarda   birlashishlar   va
qo‘shib   olishlar   operatsiyalari   xalqaro   miqyosda   keng   qo‘llanilib   kelinayotgan
amaliyotlardan   biri   ekanligidan   kelib   chiqqan   holda   mazkur   masalaga   e’tibor
qaratish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotda har qanday korporativ tuzilma rivojlanish
strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida yoki boshqa mustaqil
iqtisodiy   sub’ektlar   bilan   birlashish   orqali   rivojlanishga   e’tibor   qaratadi.   Shu
boisdan   korporativ   birlashishlar   va   qo‘shib   olishlar   bugungi   kunda   korporativ
moliyaviy   munosabatlarning   tarkibiy   qismiga   aylanib   ulgurdi.   Bunda   bir
kompaniya tomonidan boshqa bir kompaniya ustidan nazorat o‘rnatilishi natijasi
hisoblangan   qo‘shib   olish   operatsiyalari,   shuningdek   ikki   yoki   undan   ortiq
kompaniya   yanada   yirikroq   kompaniyani   tashkil   etish   maqsadida   o‘zaro
birlashishlari   hisobiga   yangi   kompaniyalar   faoliyati   tashkil   etilishi   kabilarni
alohida qayd etib o‘tishimiz mumkin. Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali
yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo‘shimcha elementlarni
birlashtirish   va   integratsiyalash   hisobiga   kompaniyaning   strategik   ustunligini
ta’minlashdan   iborat.   Moliyaviy   jihatdan   yuqori   salohiyatga   ega   kompaniyalar
bozorda   yanada   raqobatbardosh   bo‘lgan   kompaniyani   tashkil   etish   maqsadida
nisbatan   kuchsiz   bo‘lgan   kompaniyalarni   o‘ziga   qo‘shib   olishga   harakat   qiladi.
Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda o‘z
ulushini   ko‘paytirish   yoki   o‘z   samaradorligini   oshirish   maqsadida   o‘zaro
birlashadilar.   Keltirib   o‘tilayotgan   ustunlik   jihatlar   tufayli   qo‘shib   olinuvchi
kompaniyalar ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali
qo‘shib olishlariga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat muhitida o‘zlarining
mustaqil   ravishda   jon   saqlab   qola   olishlariga   ko‘zlari   etmaydi.   Korporativ
birlashish va qo‘shib olish operatsiyalari aniq hisob-kitoblarga qat’iy ravishda


asoslanishini   ham   unutmaslik   lozim.   Chunki   bunday   operatsiyalar
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi natijasida biznesning tugatilish holatlari ham ko‘p
uchraydi.
Korporativ tuzilma pul mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida turli
maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining o‘z maqsad va vazifalari
belgilanadi. Pul fondlarini shakllantirish orqali korporativ tuzilma o‘z faoliyatini
kerakli  mablag‘lar  bilan  ta’minlashga   intiladi,faoliyatini  kengaytirib  boradi;  pul
oqimlari   harakatini   ishlab   chiqarish   uzluksizligiga   qaratadi;   ilmiy   texnika
jarayonini   moliyalashtiradi;   yangi   texnikani   o‘zlashtiradi   va   joriy   etadi;
sub’ektlarni   iqtisodiy   rag‘batlantiradi;   byudjet,   bank   va   hokazolar   bilan   hisob-
kitoblarni amalga oshiradi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish