Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

tashkiliy
ta’minot
ga   ham   bog‘liq   bo‘lib,   bunda   boshqaruvning   tashkiliy   mexanizmi,
shuningdek tegishli xizmat, bo‘linma va alohida mutaxassislarning funktsiya va
vazifalari   doirasi   nazarda   tutiladi.   Shu   o‘rinda   soliqlar   bo‘yicha   mas’ul
bo‘linmalarning faoliyat yuritishi bir tomondan majburiyatlarga o‘z vaqtida e’tibor
qaratish   imkonini   bersa,   boshqa   tomondan   qo‘shimcha   xarajatlarga   ham   olib
keladi.
Korporativ   moliyani   boshqarishning  
metodik   ta’minoti  
asosini   moliyaviy
resurslarni  samarali  boshqarishga  qaratilgan umumiqtisodiy,  analitik va  maxsus
usullar, metodlar va modellar majmuasi tashkil etadi.
Korporativ   moliyani   boshqarish   tizimining   markaziy   bo‘g‘ini  
kadrlar
ta’minoti  
hisoblanadi.   Bunda   moliyaviy   menejerlar,   menejerlar   va   boshqalar
moliyaviy resurslarni maqsadli boshqarish yuzasidan maxsus usullar, metodlar va
instrumentlardan keng foydalanadilar.
Moliyaviy   qarorlar   qabul   qilish   boshqaruvchilarning   zarur   axborotlar
ta’minlanish   darajasiga   beovosita   bog‘liq.   Bunday   axborotlarning   o‘z   vaqtida
olinishi,   to‘liqligi,   aniqligi   va   ishonchliligi   hozirgi   kun   biznes   muvaffaqiyatiga
xizmat   qiluvchi   eng   asosiy   omillardan   biri   hisoblanadi.   Yuqoridagilar   asosida
ta’kidlashimiz   mumkinki,   korporativ   moliyani   boshqarish   tizimining   muhim   va
ajralmas elementi biznesning 
axborot ta’minoti
dir.
Korporativ   moliyani   boshqarishda   keng   ma’noda   axborot   ta’minotiga
moliyaviy qarorlarni qabul qilish jarayonida foydalaniladigan har qanday axborotni
kiritish   mumkin.   Bunda   foydalaniladigan   axborotlar   shakllanish   manbalaridan
kelib   chiqqan   holda   ichki   va   tashqi   axborotlarga   bo‘linadi.   Ichki   axborotlar
korporativ   tuzilma   faoliyat   yuritishi   jarayonida   uning   turli   bo‘linmalari
buxgalteriya, rejalashtirish, ishlab chiqarish bo‘limi, investitsiya, moddiy-texnik


ta’minot,   savdo,   marketing   va   boshqalardan   olinadigan   axborotlarni   o‘z   ichiga
oladi. Bunday axborotlar korporativ tuzilma ichida yuzaga kelishi, amal qilishi va
foydalanilishi   sababli   moliyaviy   menejerga   ulardan   doimiy   ravishda   to‘liq   va
batafsil   tarzda   foydalanish   imkoniyati   taqdim   etilishi   lozim.   Axborotlarning
miqdori, shakli, qamrov va batafsillik darajasi hamda olinish davriyligi aniq bir
korporativ tuzilma ish faoliyatini tartibga soluvchi tegishli nizom va yo‘riqnomalar
asosida belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida
ichki  axborotlar  va  ulardan   foydalanish   bo‘yicha   “Axborot  siyosati  to‘g‘risida”
Nizom amal qilib kelayotganligini ham shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozim.
Fikrimizcha,   ichki   axborotlar   moliyaviy   boshqaruv   uchun   so‘zsiz   muhim
bo‘lgan bir paytda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik ob’ektining samarali va
muvaffaqiyatli   faoliyat   yuritishi   ko‘p   jihatdan   ularning   tashqi   muhitga
moslashuvchanlik   qobiliyati bilan  ham belgilanadi.  Bunda  bozor kon’yukturasi,
mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, raqobatchilar, foiz stavkalari, soliq stavkalari
(umuman   soliqlar   bo‘yicha),   makroiqtisodiy   indikatorlar,   qimmatli   qog‘ozlar
kotirovkalari,   moliyaviy   qonunchilikdagi   o‘zgarishlar   haqidagi   ma’lumotlar
moliyaviy   menejer   faoliyati   uchun   axborotga   bo‘lgan   talabda   sezilarli   darajada
yuqori ulushga egaligini ham qayd etib o‘tishimiz lozim.
Bunday axborotlarni olishning qulayligi, ob’ektivligi va o‘z vaqtida amalga
oshirilishi mavjud axborot bozori va uning infratuzilmasi rivojlanish darajasiga,
shuningdek foydalaniladigan texnik ta’minot va moliyaviy menejerlarning axborot
texnologiyalari sohasidagi kasbiy tayyorgarlik holatiga ham bog‘liqdir.
Korporativ moliyani boshqarishning texnik ta’minotini axborotlarni yig‘ish,
uzatish   va   qayta   ishlash   jarayonini   maksimal   darajada   to‘g‘ri   tashkil   etish   va
optimallashtirish imkonini beruvchi zamonaviy hisoblash va telekommunikatsion
texnika vositalari tashkil etadi. Bunda dasturiy ta’minot orqali korporativ tuzilma
texnik majmuasining faoliyat yuritishi, kompyuterlardan foydalanuvchilar o‘zaro
aloqasi   va   funktsional   masalalarni   hal   qilish   ta’minlanadi.   Soliqlar   bo‘yicha
dasturiy   ta’minotlarning  mukammalligi   esa   ish   jarayoni  samaradorligini  yanada
oshiradi.
Faoliyat   ko‘lami,   mulkchilik   shakllari,   rivojlanish   bosqichlari   va   faoliyat
turlariga   bevosita   bog‘liq   holda   korporativ   moliyani   boshqarish   tizimi   etarli
darajada murakkab tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish