Ro’yxatga olindi: n 2021-yil “ ” «tasdiqlayman»


O’zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 50



Download 3,16 Mb.
bet29/103
Sana19.02.2022
Hajmi3,16 Mb.
#457606
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
Bog'liq
2 5371081960582025470

O’zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida ko‘targan dolzarb masalalari butun jahon siyosatdonlari va ulkan davlat arboblarini jiddiyroq o‘ylashga, masalalar mohiyatini ancha chuqurroq anglashga, yangi asr ostonasida turib, yuz yilliklar ortini yorqinroq va ravshanroq ko‘rishga da’vat etayotgani bejiz emas. Birinchi Prezident I.Karimov bu ulkan min-bardan turib, birinchidan, davlat arboblari va siyosatdonlar diqqatini milliy xavfsizlik masalasini hozirgi zamon talab va ehtiyojlari nuq-tayi nazardan qaytadan ko‘rib chiqishga qaratdi. Chunki hozirgacha Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo’lgan besh davlat BMT a’zoligiga kirgan 187 davlat tashvishlarini, ularning muammolari va taqdirini hal etishga qodir emasligini, keng dunyoning bir-biriga o'xshamagan, bir-birini takrorlamaydigan va hatto bir-biriga zid muammolarining barchasini qamrab olishga ku-chi yetmasligini, bu keng miqyosli ishga qodir emasligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun ham Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari doirasini, ulaming faoliyat maydonini kengaytirish va mazmunini chuqurlashtirish zamr ekanligiga hamjamiyat a’zolarining e’tiborini qaratmoqda. Ana shu kengash a’zoligiga Yaponiya va Germaniya mamlakatlarini ham qo‘shish zarurligini aytdi va ulaming nomzodi-ni ko‘rsatdi.
Haqli savol tug‘iladi. «Nima uchun aynan shu ikki mamlakat a’zo bo’lishi kerak?» Birinchi Prezident I.Karimov buni aniq dalillar bilan asoslab berdi. Jumladan, Yaponiya fan-texnika taraqqiyoti, jahon si-yosatida tutgan o‘mi, dunyo rivojlanishidagi mavqeyi, ishlab chiqarish imkoniyatlari va mehnat resurslari jihatidan allaqachon XXI asrga qadam qo‘ygani va ana shunday ilg‘or davlat dunyo muam-molarini hal etishga siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qodir ekanligini ko‘rsatib berdi.
Germaniya esa, ikki qarama-qarshi dunyo-Germaniya Fe-derativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi bir-lashganidan so‘ng bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy muhitida tub sifat o‘zgarishi yuz berganida jahon siyosatida ham yangicha, yoqimli «ob-havo» iqlimini yaratgani bilan alohida qadrlanadi. Bu mamla-katdagi mavjud yuksak ishlab chiqarish madaniyatidan tortib, ulkan xalqning ulkan an'analari, jahon taraqqiyotida tutgan o‘mi, tobo-ra oshib borayotgan xalqaro obro‘-e’tibori, dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining takomillashib borishida qo‘shayotgan hissasigacha bo‘lgan imkoniyatlaridan kelib chiqib baholansa, u ayni Xavfsizlik Kengashiga a’zo bo‘lishi kerak ekanligi ko‘zga yaqqolroq tash-lanadi.
Birinchi Prezident I.Karimov ko‘targan ikkinchi masala BMT Bosh kotibi vakolatlarini kengaytirish, uning ja-hon mamlakatlari taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasidan kelib chiqib, o‘z maqomini kuchaytirish masalasidir. Bosh kotibga ko‘proq im-koniyat berilsa, uning dunyoviy muammolarga ko‘proq aralashib, samarali ishlashiga sharoit yaratiladi. Masalalami hal etishda xalqaro tashkilotllar mavqeyini kuchaytirish mamlakatlar o‘rtasida pay-do boTadigan ayrim kelishmovchiliklarga Bosh kotib ta'sirini ku-chaytirish, ulami umuminsoniy va umumjahon manfaatlari tomonga burib yuborishdagi rolini oshiradi. Oila boshlig'i qanchalik katta imkoniyatga ega bo’lsa, moddiy va ma'naviy jihatdan mustahkam bo’lsa, siyosiy va huquqiy jihatdan vakolatlari keng bo’lsa, oilada barqarorlik, tinchlik, farovonlik ta'minlanishi shubhasiz. Yagona za-min, yagona makon hammamiz uchun najot maydoni. Uning qaysidir burchagida tutun burqsishi yoki qon to‘kilishi boshqa biron-bir burchagida tinchlikni kafolatlay olmasligini chuqurroq anglagan va hammadan oldinroq sezgan Birinchi Prezident I.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga-ulkan dunyoviy oila boshlig‘iga ana shunday keng imkoniyat berish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi.
Uchinchidan, BMT olti milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish. Bu osonlik bilan ko‘chmaydi. Buning uchun qator mamlakatlararo va mintaqalararo faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotllar maqomini biroz o‘zgartirib, uni BMT doi-rasiga kiritish zarur. Ana shunda BMTning umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u shug‘ullanadigan masalalar konkretlashadi. Joylarda unga bo‘ysunuvchi xalqaro tashkilotllarning mintaqaviy muammolar va mamlakatlararo munosabat-
larda yuz berayotgan muammolami o‘z vaqtida hal etish imkoniyati tug‘iladi. BMTning turli mintaqalardagi, jumladan, Markaziy Osiyodagi vakolatxonalari imkoniyatlarini kengaytirish ulaming maqomi-ni oshirish zamrati haqida gapirar ekan, Birinchi Prezident I.Karimov «Bir-lashgan Millatlar Tashkiloti qayerda? Amerikada, Nyu-Yorkda joylashgan. O‘zbekiston qayerda? Markaziy Osiyoda! Shuning uchun bu yerdagi tashkilotning tarkibi, albatta, kengroq bo‘lishi kerak. Unga hali ko‘proq huquq berish va iqtisodiy nuqtayi na-zardan imkoniyatlarini kengaytirish kerak»-deydi, O’zbekiston televideniyesi muxbiri savollariga javob bera turib.
Ayni paytda turli mintaqalarda, turli doiralarda faoliyat ko‘r-satayotgan xalqaro tashkilotllar ancha-muncha. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, arab davlatlarida Islom Tashki-loti, Janubiy-Sharqiy Osiyoda Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va huquqiy doirada ish olib borayotgan xalqaro tashkilotllar mavjudki, ana shulaming hammasini birlashtirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasiga kiritish, xalqaro tashkilotllar yagona tizimini vujudga keltirish XXI asr taqdirini belgilaydigan muhim omil ekan-ligini ko‘rsatib berdi.
* * *
Albatta, O’zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jon-lashtirish, uning yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va hamkorlik-ni kuchaytirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflari hamjamiyatga a’zo bo‘lgan davlatlaming vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki, ke-yingi paytda BMT tizimida isloho’llar o‘tkazish lozimligi haqida ko‘p gap-so‘z boTayapti-yu, ammo biror bir aniq taklif, asosli re-jani hech kim ko‘tarib chiqmagan edi. Shu boisdan ham jahonning ko‘p mintaqalarida yuz berayotgan qurolli to‘qnashuvlami tugatishda BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning markazidagi, Bosniya-Gersogovinadagi qonli fojialaming uzoq davom etishi BMTning nufuzini ancha tushirib yubordi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda I.Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish