Ro‘yxatga olindi” Korporativ boshqaruv fakulteti



Download 0,55 Mb.
bet9/13
Sana14.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#551065
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdurahmonov Dilshod

Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda fond bozorini tartibga soluvchi davlat organi sifatida bevosita qonun chiqaruvchi xokimiyatiga (masalan, parlament) yoki davlatning oliy mansabdor shaxslariga (masalan, Prezident) bo‘ysunadigan nisbatan mustaqil organlar ishtirok etadi. Bunga misol tariqasida, AQSHning qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha komissiyasini keltirish mumkin. U bevosita mamlakat Prezidentiga hisobot beradi. Avstraliyada fond bozoridagi faoliyatni tartibga solish bilan Milliy kompaniyalar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya shug‘ullanadi. Polshada bu vazifa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya (Komisja Nadzoru Finansowego) zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, uning ishi Polsha Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan nazorat qilinadi. Vengriyada fond bozorini tartibga solish qimmatli qog‘ozlarning Davlat Nazorati (Hungarian Financial Supervisory Authority, HFSA) davlat ma’muriy idorasining vakolatiga kiradi. Nazorat rahbari Vengriya Vazirlar Kengashi tomonidan tayinlanadi.
Ikkinchi guruh – bu mamlakatlarda davlat tomonidan tartibga solish vazifasini moliya (xazina) vazirliklari bajaradi. Ularning tarkibida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi huquq tartibi va uni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus bo‘linmalar ajratilgan. Ba’zan boshqa vazirliklar yoki hukumat qoshida barpo etilgan organlarga ushbu vazifa topshiriladi (namunaviy misol tariqasida YAponiyani keltirish mumkin).
Uchinchi guruh - mazkur mamlakatlarda fond bozorini tartibga solish bilan davlat darajasida markaziy banklar shug‘ullanadi. Masalan, SHvetsiyada qimmatli qog‘ozlar bozorini nazorat qilish vazifalarini Bank nazorati amalga oshiradi. Unga qimmatli qog‘ozlar bozorining istalgan ishtirokchisining faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, tekshiruv o‘tkazish va jazolar qo‘llash huquqi berilgan.
YAqin vaqtgacha Rossiya Federatsiyasida fond bozorini Federal moliya bozorlari va boshqa hukumat idoralari tomonidan tartibga solinar edi, biroq 2013 yil 1 sentyabrdan ushbu tuzilma bekor qilindi va uning vazifalari moliyaviy bozorning yagona mega-regulyatoriga o‘tkazildi. SHunday qilib, Rossiyada, Rossiya banki (Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki) mega-regulyator rolini o‘ynashga kirishdi.
To‘rtinchi guruh - ushbu mamlakatlarda fond bozorini nazorat qilish va uni tartibga solish bo‘yicha boshqa vazifalar mahalliy hokimiyat idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bu idoralar, odatda, o‘z tarkibida bunday vazifalarni amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalarni shakllantiradi (AQSH 1934 yilgacha, Kanada, qisman Germaniya).
Beshinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bilan bir varakayiga mazkur bozorning o‘ziga xos sohalariga ixtisoslashgan bir necha turli xil organlar shug‘ullanishadi. Bunday amaliyot qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklari faol ishtirok etuvchi mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularning soni unchalik ko‘p emas, masalan, Fransiyada ishlab chiqilgan.
Zamonaviy tartibga solish nazariyalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat va bozor orqali tartibga solinishi o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tizim sifatida shakllanmoqda. Bunda, birinchidan, raqobat asosida bozorda rivojlanish uchun rag‘bat yuzaga keladi, ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlar bozorini bozor vositalari orqali tartibga solishda yuzaga kelgan ziddiyatlarning oldini olishda davlat turli chora-tadbirlari bilan ishtirok etadi.
Aytish joizki, bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorlarini tartibga solish va me’yoriy asoslarni isloh etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni qo‘llash yuzasidan olim va mutaxassisilar o‘rtasida aniq bir to‘xtam mavjud emas.
Xorij mamlakatlarida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organlar va ularning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tsak.
AQSHda Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi bo‘lib, asosiy vazifalari:
- brokerlik firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning faoliyatini nazorat qilish;
- qimmatli qog‘ozlar bozoridagi buzilishlarni aniqlash va sanksiyalar kiritish;
- assimilyasiya qilishni nazorat qilish;
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotishni tartibga solish; - investorlarning manfaatlarini himoya qilish;
- fond birjalarini, brokerlar va dilerlarni tartibga solish, investitsion konsultantlar, investitsiya fondlari va boshqalar;
- zarur axborotni oshkor etishni nazorat qilish.
Buyuk Britaniyada qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organ Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi bo‘lib, asosiy vazifalari:
- moliyaviy bozor qatnashchilarini litsenziyalash;
- iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlaydigan standartlarni joriy etish va ularga rioya qilish;
- fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilish va doimiy monitoring qilish;
- litsenziyalanadigan tashkilotlarning ma’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash;
- investorlarga potensial kirish imkoniyatiga ega investitsiya mexanizmlari to‘g‘risida xabar berish;

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish