Laboratoriya mashg’ulotida: O’qituvchi matematika fakulteti talabalariga «Tafakkur» mavzusi bo’yicha, mantiqiy tafakkurni baholash uchun matematik materialda bir necha test berdi. Mana ulardan ba’zilari: «o’isht og’irligi 500 g va unga yarimta g’isht qo’shiladi. Umumiy og’irlik qancha? 3 kg teng baliqni o’lchagandan so’ng kesib dumi tomonini sizga berishdi. Boshqa (bosh) ko’rinishidan kichikroq tomoni kimgadir tegdi. Baliqning og’irligi qancha edi? Agar baliqning dumi 4 kg bo’lsa, boshi ham 4 kg bo’lsa, tanasi dumi, bosh qismining og’irligiga teng bo’lsa, unda baliqning og’irligi qancha?» talabalar matematik bu vazifani echa oladilarmi? Buni biz hozir muhokama qilmaymiz (zero hech kim birdaniga echimini topa olmaydi). Bu erda bizni tafakkur sifatlarining tasnifi haqidagi fikr qiziqtiradi. O’qituvchi tomonidan quyilgan munozarali savol quyidagicha: «Har 3 ta vazifani tez echishga imkon beradigan, tafakkurlashning umumiy usulini toping va vazifaning har birini tez hal qilishda sizga tafakkurning qaysi sifati etishmaganini tushuntirib bering».
Dastlab, muhokamadagi bu savolga taqlidga asoslanib, birmuncha sodda javob variantlarini berishdi. Keyin suhbat mulohaza chegarasiga ega bo’la boshladi. O’qituvchining turtki beradigan savollaridan: «Nimaga shunday o’ylaysiz?», «Sizning fikringiz nimaga asoslanadi?», «Bu sizning taxminingizmi yoki bu fikr shunday ekanligini isbotlab bera olasizmi?» va h.k. shundan so’ng talabalar o’z fikrlarini asoslash uchun tafakkur psixologiyasi bo’yicha o’z bilimlarini safarbar qilishga urinishadi.
Talabalarning ko’pchiligida psixologik atamalarni qo’llashda ishonchsizlik, matematik atamalarni adashtirish kuzatildi (Masalan, tez, to’liq tafakkurlash yo’nalishida «algebrik» yoki «arifmetik» jarayonlarni tez-tez almashtiradilar). Nihoyat, o’tkazilgan har uchala vazifada ular ishonadigan tushunchalar «yarmini» tashkil etadi, degan xulosaga kelishdi. Bunday umumiylikni namoyon bo’lishi masalani tez hal etishga imkon beradi, zero har qanday butunlik ikkita teng qismdan iborat g’ishtning og’irligi yoki baliqning og’irligining, bu erda ahamiyati yo’q. Shunga o’xshash masalalarni hal etishning umumiy usuli tafakkurlashning ham umumiy usulidir.
Shundan so’ng o’qituvchi testdan olingan ma’lumotlarni izohlashga o’tdi. Ayni vaziyatda talabalarni matematik qobiliyatlari emas, balki tafakkurning sifatini aniklashga qiziqish uyg’otishini ta’kidlab, o’qituvchi olingan testning natijalarini psixologik mazmunini tushuntiradi. Shunga muvofik u quyidagicha rasman xulosani aytdi: «Ana shu uchta masalani echishda namoyon bo’lgan tafakkurning bunday umumiy usulini, mantiqiy tafakkurlash, deb ta’riflash mumkin, biroq bir vaqtning o’zida ham nazariy yoki empirik, ijodiy yoki sermahsul tafakkurlash hamdir. Amaliy foydalanish jarayonida bu usul ilk bor siz uchun ijodiy tafakkurlash hisoblanadi. Agar siz bu usulni o’zlashtirgan bo’lsangiz shunga o’xshash masalalarni echishda mahsuldorlik etarli bo’ladi. Har qanday tarkibli turli xil masalalarni echishda nazariy tafakkurlashdan foydalanish mumkin, zero bu umumiy ahamiyatga ega. Unda bu tafakkur qachon empirik hisoblanadi? Variantlarni to’g’ri echishga harakat qiladilar. Keyinchalik, topilgan bu usulni boshqa masalalarda ham qo’llash mumkin va umumiy xulosa chiqarishda bundan foydalanish mumkin. Shunda empirik topilma nazariy xususiyatga ega degan xulosaga olib keladi va boshqa masalalarni echishda qo’llanilgan bu tafakkurlashning umumiy usuli nazariy xususiyatga ega bo’ladi». O’qituvchi yuqoridagi xulosaga tadqiqot natijalari asosida keldi.
Endi shu o’rinda savol tug’iladi: talabalar bilan «Tafakkur» mavzusi bo’yicha yuzaki dars o’tish deyarli mumkin emas, bahs usulini bu erda nima aloqasi bor? Bunga quyidagicha javob berish mumkin. To’g’ri bu bahsga o’xshammasligi mumkin, lekin asosiy xususiyati shundaki bahslashish xususiyatiga ega talabalarni o’ylashga majbur qilgan, tayyorgarliksiz biror xulosaga keltirgan va ilmiy adabiyotlarni o’qishga yo’naltiruvchi savolni qo’yishishida namoyon bo’ladi. Bunday yo’naltirish o’z o’zidan ahamiyatli dalildir. Lekin baribir asosiysi munozaralar talabalarni o’ylashga majbur qilyapti: tafakkurlashni talab etuvchi va munozarali muamo qanday bo’lish kerak degan savolga, muhim pedagogik muamoni insonni fikrlashga o’rganishini hal etadi. Shuning uchun og’zaki bahs sifatida ham munozara bo’lmasligi mumkin. Shunday qilib, bahs usuli, hamma dars shakllari, ma’ruzadan tortib laboratoriya mashg’ulotlarigacha qo’llash mumkin. Uni talabalarning qanchalik fikrlashlarini faollashtiradi va o’zlashtirishda rejasini qay darajaga ko’tarilgani, savollarni o’rganishga qiziqish uyg’otishi va ularni adabiyotlar bilan mustaqil ishlash jarayonida chuqur kirib borishlariga qarab natijasi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |