O’QUV-VIZUAL MATERIALLAR
Jadvalni to`zish qoidasi bilan tanishadilar.
Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar
Etnik psixologiyaning tuzilishi mavzusi asosida B/B/B jadvalini to’ldiring
BILAMAN
|
BILIShNI HOHLAMAN
|
BILIB OLDIM
|
|
|
|
NAZORAT UChUN SAVOLLAR
1. Etnopsixologiyadagi chalkashliklar nimalarda namoyon bo’ladi?
2. Milliy psixologik qiyofaga nimalar kiradi?
3. Etnik psixologiya tuzilmasi haqida fikr bildirgan qaysi olimlarni bilasiz?
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T. 2000 y.
3. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat. T. 1992 y.
4.Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.
5. Xudoyberdiyev I. Islom, shaxs va milliy psixologiya. T. 1994 y.
6. Mamatov M. Etnopsixologiya. T.1999y
7. Ma’ruza matni. Tuzuvchi: M.Sulaymonov
Internet saytlari
1. http: www.Iib.psixology.msu.ru
2. http: www.Iib.psixology.ru
3. http: www.Iib.psixology.rin.ru
4. http: www.Iib.psixology.narod.ru
5. http: www.bilimdon. uz
7-MAVZU. ETNIK PSIXOLOGIYANING TUZILISHI (STRUKTURASI).
REJA:
1. Etnopsixologiyadagi terminologik chalkashliklar.
2. Milliy psixologik qiyofa tushunchasi.
3. Etnik psixologiya tuzilmasi haqidagi qarashlar.
Etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishda, ayrim terminologik chalkashliklar ham mavjud. Etnopsixologiyaga oid adabiyotlarda ayrim mualliflar tomonidan etnik psixologiya bilan milliy psixologik qiyofani aynan bir ijtimoiy hodisadek, talqin qilinadi. Masalani bu xilda tushuntirish va talqin etish noto`g`ri.
Etnik psixologiya nisbatan keng tushuncha bo`lib milliy psixologik qiyofaga qaraganda voqealikdagi ko`prok hodisalarni o`z ichiga kamrok olgan bo`ladi. U etnik xususiyatlarni millat vakillari ongida aks etishi sifatidagina namoyon bo`lib qolmasdan, shuningdek, dunyoni bilish ko`roli va shakli bo`lib ham namoyon bo`ladi.
Etnik psixologiyada xalqning yashash sharoitlaridan kelib chiqadigan ijtimoiy va maishiy odatlar, milliy xkrakter, an’analar, milliy tuyg`ular, milliy - tab - did, milliy ong va milliy o`zini anglash kabi xususiyatlar aks etadi.
Milliy psixologik qiyofa etnik psixologiyaning asosiy komponentlaridan hisoblanib, milliy ong bilan birgalikda etnopsixologiyani tashkil qiladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, yaqingacha, “Milliy psixologik qiyofa” va “Milliy xarakter” terminlarini sinonim so`zlar sifatida ishlatib kelindi. Ma’lum darajada ular mazmun jihatidan va ruhiyatning asosiy xususiyatlariga taallukligi bilan bir-biriga yaqin kelsa ham, lekin ular ayni bir tushuncha emas. Shunga qaramasdan bizdagi ayrim mualliflar (Sh.Botirov, N.Jondildin, K.Lomidze) chet eldagi deyarli barcha mualliflar “Milliy xarakter”ni millatning butun psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun qo`llashadi.
“Milliy psixologik qiyofa”, “Milliy xarakter” ga qaraganda keng tushuncha bo`lib, “Milliy xarakter” uning tarkibiy q`ismiga kiradi. “Xarakter” maxsus termin jihatidan, ko`pincha, barqaror ruhiy xususiyatlar majmuasi sifatida tushuniladigan “Milliy psixologik qiyofa” ga qaraganda torrokdir. Bundan tashqari milliy xarakter etnik psixologiyaning milliy psixologik qiyofaga qaraganda anyaa harakatchan, o`zgaruvchan elementidir. Milliy xarakter asosan etnik birlikning millat sifatida shakllangan davrida vujudga kelgan bo`lsa, milliy psixologik qiyofa etnik birlikning barcha tarixiy bosqichlariga ham taalluklidir.
Tadqiqotchilar tomonidan milliy psixologik qiyofaning nafaqat tabiati va mohiyati tahlil qilinib, sharklanib qolmasdan shuningdek, uning tuzilmasi (strukturasi) ham o`rganilib, bu haqda turlicha qarashlar mavjud.
Milliy psixologik qiyofaning ichki tizimi va tuzilmasi masalasi A.I.Goryacheva, S.M.Arutyunyan, A.Bagramov, S.M.Junusov, B.D.Parigin, F.N.Filatov va boshqa tadqiqotchilar asarlarida, ilmiy ishlarida atroflicha yoritilgan. Bu mualliflar milliy psixologik qiyofaning ijtimoiy hayotning real voqealigi, millatning belgilaridan biri ekanligini tan olishda hamfikr bo`lsalar ham lekin uning strukturasini belgilashda turli-tuman qarashlarga egalar.
A.I.Goryacheva fikricha milliy psixologik qiyofa tizimiga milliy xarakter, odatlar, did, an’analar kiradi.
Milliy psixologik qiyofa tizimining N.Sarsenbayev o`ziga xos ravishda talqin qilib beradi. Uning fikricha milliy psixologik qiyofada o`zaro bog`langan va bir-birini takozo etuvchi uchta tarkibiy q`ism mavjud. Bu tarkibiy q`ismga milliy xarakter, milliy tuyg`u, milliy urf-odatlar va an’analar kiradi.
Bizning fikrimizcha, milliy psixologik qiyofa, avvalo milliy xarakter, milliy urf-odat va an’analar milliy tuyg`ular va ancha barqaror bo`lgan milliy did (tab) kabi elementlarda to`la namoyon bo`ladi va milliy ong bilan birgalikda etnik psixologiyaning betakror va o`ziga xos xususiyatlarini tashkil etadi.
Savollar:
1. Etnopsixologiyadagi chalkashliklar nimalarda namoyon bo`ladi?
2. Milliy psixologik qiyofaga nimalar kiradi?
3. Etnik psixologiya tuzilmasi haqida fikr bildirgan qaysi olimlarni bilasiz?.
Do'stlaringiz bilan baham: |