Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”



Download 7,46 Mb.
bet73/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

O’QUV-VIZUAL MATERIALLAR





Milliy va sinfiy psixologiya mavzusi asosida B/B/B jadvalini to’ldiring

BILAMAN

BILIShNI HOHLAMAN

BILIB OLDIM












Nazorat savollari:

1. Sinfiy psixologiya nimadarda namoyon bo’ladi?


2. Etnopsixologik xususiyatlar umummilliy va sinfiy kategoriya deganda nimani tushunasiz?
3. Etnik birlik nimalarda namoyon bo’ladi?
4. Millat doirasida sinfiy tafovutlar nimalarda namoyon bo’ladi?
5. Nimalar etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir ko`rsatadi?
Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

2.Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T. 2000 y.
3. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat. T. 1992 y.
4.Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.
5. Xudoyberdiyev I. Islom, shaxs va milliy psixologiya. T. 1994 y.
6. Mamatov M. Etnopsixologiya. T.1999y
7. Ma’ruza matni. Tuzuvchi: M.Sulaymonov


Internet saytlari

1. http: www.Iib.psixology.msu.ru


2. http: www.Iib.psixology.ru
3. http: www.Iib.psixology.rin.ru
4. http: www.Iib.psixology.narod.ru
5. http: www.bilimdon. uz
6-MAVZU: MILLIY VA SINFIY PSIXOLOGIYA.
REJA:
1. Sinfiy psixologiyaning vujudga kelishi.
2. Sinfiy va milliy psixologiyalarning o`zaro ta’siri.
3. Millat vakilida milliy va sinfiy psixologiyaning namoyon bo`lishi.
Etnik psixologiya masalalarni o’rganishda sinfiy jamiyatda bir millat ichida turli sinflarning mavjud bo’lishligini nazardan qochirmaslik qarak. Chunki siyosiy, iqtisodiy jihatdan teng bo’lmagan sinfiy jamiyatdagi kishilar birligida milliy (etnik) psixologiya bilan bir qatorda sinfiy psixologiya ham mavjud bo`ladi.
Sinflar o’rtasidagi tafovutlar faqat iqtisodiy - ijtimoiy mavqyelar va g’oyaviy maslaqlardagina ko’rinib qolmasdan, shuningdek, ma’naviy hislatlarda ham namoyon bo`ladi. Bu esa sinflar psixologiyasida aks etmasdan qolmaydi.
“...Hech shubha yo`qki, deb yozadi N.Jondildin, - millioner va oddiy ishchi yoki ishsiz bir xilda fikr yurita olmaydi, bir xilda idrok etib, hayot hodisalarini aynan bir xilda baholab, axloq va an’analarga bir tarzda amal qilib turmaydi. Ular turli xil yashab, o`z avlodlarini ham turlicha tarbiyalashadi, turli odat va didga ega bo`ladilar. Ularda milliy tuyg`ular va ong ham turlicha namoyon bo`ladi” N.Jondildin. Priroda nasionalnoy psixologii.
Sinfiy psixologiya sinflar, kishini kishi tomonidan ezish paydo bo’lishi bilan shakllana boshladi va o’ziga etnik psixologiyani tobe qilib oldi.
Sinfiy psixologiyada asosan ma’lum sinflar manfaati aks etib, milliy xususiyatlar yoxud unitiladi, yoki ikkinchi darajali xolga surib quyiladi.
Etnopsixologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, faqat bir millatga mansub bo`lgan turli sinf vakillaridagina umumiy bo`lgan xususiyatlar mavjud bo`lib qolmasjdan shuningdek, bir sinfga ko`ruvchi turli millat vakillari o`rtasida ham umumiy bo`lgan psixologik xususiyatlar mavjud ekan. Chunki turli etnik birliklarga mansub bo`lgan sinflarning yashash sharoitidagi o`xshashliklar, sinfiy manfaatlar birligi, jamiyatga tutgan mavkelar va boshqa omillar ularda o`xshash psixologik xususiyatlarni shaklantiradi. Ezgulik, o`zaro yordam, hamkorlik, qollektivizm kabi hislatlar butunt dunyo mehnatkash ommasiga xos bo`lib bu hislat badavlat kishilarda deyarli uchramaydi.
Mashhur fransuz tarixchisi Jol Mishle “Xalq“ degan kitobida bu haqda yozadi: “Menga isitilmaydigan o`ylarda bir necha kish yashashga to`g`ri keldi. Bu bilan mening sovuqka chidamligim oshgani yo`q. Aksincha, sovuqlar tugashi bilan meni taqqoslab bo`lmaydigan kuvonch kamrab olar,baho`rning kelishi bilan esa mening shodligimning poyoni bo`lmas edi. Boylar fasllar o`zgarishiga befarq qaraydilar. Kambagallar uchun esa bu, ular hayotiga katta ta’sir etadigan hodisa hisoblanadi” (J.Mishle. narod,str. 34-35).
Shuning bilan birga sinfiy psixologiyani asos qilib, bir etnik gruppani sun’iy ravishda ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo`yish to`g`ri emas...
Etnopsixologik xususiyatlar umummilliy va sinfiy kategoriya hisoblanadi. Chunki ijtimoiy hayotda sinflarga bo`linmagan bir tipdagi millat bo`lmaydi. shuning bilan birga jamiyatda sinflar va ijtimoiy qatlamlar, bir-biridan ajralgan xolda yashashmaydi. Ularning manfaatlari, jamiyatda tutgan mavkelari har xil bo`lishiga qaramay, ular etnik hayotni turli tomonlari bilan bir-birlariga bog`lanib ketishgan. Shuning uchun ham ularda mushtarak bo`lgan, yagona milliy xususiyatlar mavjud bo`ladi.
Turli sinflarning mavjudligi millatning madaniy birligini yo`q qilib yubormaydi. Bunday birlik, ayniqsa, etnik xususiyatlarni namoyon etuvchi madaniy sohalarda-til, din, urf-odatlar, badiiy va moddiy madaniyatda saqlanadi.
Hududiy birlik, butun millat uchun umumiy bo`lgan tabiiy-geografik sharoitlar, iqtisodiy va tildagi birlik sinfiy mansublikdan kat’iy nazar millat vakillarida ma’lum darajada bir xil psixologik xususiyatlarni vujudga keltiradi.
Sinfiy va milliy xususiyatlar bir-biriga o`zaro ta’sirda va munosabatda bo`ladi. Umummilliy va sinfiy tomonlarning o`zaro ta’siri, millatning kay darajada rivojlangan bo`lishiga va tarixiy taraqqiyotda sinfning tutgan o`rniga qarab turli mamlakatlarda turlicha bo`ladi. Sinfiy psixologiya faqat bazis bilan bog`liq bo`lsa, etnopsixologik xuchusiyatlarda esa sinfiy psixologiya bilan birga yana tabiiy va maishiy sharoitlar, xalqning tarixiy taraqqiyot yo`llari ham aks etadi.
Etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga barcha sinflar, ijtimoiy qatlamlar ta’sir ko`rsatadi. Bunda har bir sinf ijtimoiy kuch etnik xususiyatlarga o`zining manfaat va g’oyalariga mos bo`lgan hislatlarni kiritishga va uni mustahkamlashga harakat qiladi. Ayniqsa, xoqim sinf psixologiyasining etnik psixologiyaning shakllanishiga ko`rsatadigan ta’siri kuchli bo`ladi. Chunki moddiy kuchga ega bo`lgan sinf, ayni vaqtda “hukmron kuch” hamdir. Ma’lum bir sinfga xos bo`lgan mafkura kelib chiqish jihatidan etnik psixologiyadan keyin paydo bo`lgan bo`lsa ham, u xoqim sinflar manfaatini ifodalagani uchun etnik psixologiyaga o`z ta’sirini ko`rsatib turadi. Davlat tarmoklari orqali hukmron sinf o`z mafkuralarini va manfaaatlarni etnik xususiyatlarga kiritishga harakat qiladi. Kommunistik mafkura hukmronlik davrida ateist bo`lgan 2-3 avlodni voyaga yetkazdi. Chunki maktab, matbuot va boshqa ta’sir vositalari uning qo`lida edi.
Bir millat doirasida sinfiy tafovutlar, ma’naviy boyliklarni iste’mol qilishda yaqqol namoyon bo`ladi. Masalan, badiiy adabiyotdagi obrazlar, musiqa va xo`reografiya turli sinf vakillarida doimo bir xil hissiyotni vujudga keltirmaydi.
Bir millatning turli sinflarida faqat sinfiy psixologiya mavjud, ular uchun umumiy bo`lgan etnopsixologik xususityalar yo`q, deb o`ylash katta xatoga yo`l qo`yish hisoblanadi.
Har bir shaxs ma’lum sinfga mansub bo`lish bilan birga, ayni vaqtda u yoki bu millatga ham mansub bo`ladi. Sinfiy jamiyatda mana shu birlik so`zsiz birga yashaydi va shaxs har ikkala birlikning namoyondasi hisoblanadi.
Savollari:
1.Sinfiy psixologiya nimadardan namoyon bo`ladi?
2. Etnopsixologik xususiyatlar umummilliy va sinfiy kategoriya, deganda nimani tushunasiz?
3.Etnik birlik nimalardan namoyon bo`ladi?




Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish