LM317 stabilizatori asosidagi rostlanadigan ta’minot blokining ulanish sxemasining ko’rinishi
Ushbu sxemani pechatli platada yig’ish uchun alohida sxema uchun plata tayyorlanadi. Tayyorlangan plata quyidagi ko’rinishga ega. .
LM317 stabilizatori asosida rostlanuvchi ta’minot blokidagi kuchlanish rostlagichining pechat platasini ko’rinishi.
Pechatl platasi tranzistorlar asosida yasaladi. Agar eski sovet tranzistorlarini ishlatsak, u holda tranzistorni ochish va simlar bilan ulash kerak bo'ladi. MJE13009 tranzistorini MJE13007 markali tranzistoriga almashtirishimiz ham mumkin. Agar eski sovet tranzistorlarini qo’llash mumkin bo’lsa, u holda КТ805, КТ808, КТ819 tranzistolarini yoki n-p-n tipli transistor qo’llash mumkin bo’ladi. Tranzistorlarni tanlash uchun ta’minot blokining tok kuchiga bog’liq bo’ladi. Ta’minot blokining kuch sxemalarining platalarida ulanish yo’llarini ortiqcha o’tkazgich bilan yoki mis o’tkazgichi mustahkamlash kerak bo’ladi. LM317 kuchlanish stabilizatori va tranzistorga kerakli yuzadagi radiator o’rnatish kerak. Radiator sovutish uchun xizmat qiladi. Radiatorlar ichida kompyuterlarning radiatori juda samarali ish beradi. Agar iloji bo’lsa, diodli ko’prikni ham ulash maqsadga muvofiq bo’ladi.
LM317 kuchlanish stabilizatorini izolyatsiya qilishni unutmaslik kerak. LM317 ni bolt bilan radiatorga mahkamlash zarur. Bunda kuchlanish stabilizatori va radiator orasida issiqlik o’tkazuvchi pasta qo’yish, sovitish uchun yaxshi samara beradi. Aks holda qizish natijasida LM317 kuchlanish stabilizatori ishdan chiqishi mumkin. Diodli ko’prik asosan amaliyotda 10 A dan kichik bo’lmagan toklarda qo’yish mumkin. Ushbu sxemada GBJ2510 markali diodli ko’prik qo’llanilgan. Ushbu turdagi diodli ko’prikning ishchi tok kuchi 25А gacha bo’ladi.
Universal ta’minot blokini mustahkamligini tekshirish zarur. Bunda universal ta’minot blokini kuchlanishi 32 V li va tok kuchi 10 A li ta’minot manbasiga ulab tekshirish mumkin. Universal ta’minot blokining chiqishida 3 V ko’rsatishi shuni anglatadiki, bunda ta’minot bloki yuklamasiz ishlayotganligini anglatadi. Shuning uchun unga ikkita H4 55 Vattli 12 V li galogenli lampalarni ketma-ket qilib ulaymiz. Lampochka ulanish o’tkazgichida maksimal yuklamani yaratish uchun bir-biriga ulangan bo'lib, natijada 220 Vatt ni tashkil etadi.
Universal ta’minot blokini ishga tushirgandan keyn tez fursatda radiator qizishni boshladi. Ishga tushib 5 minut o’tgandan so’ng radiatordagi harorat 65 0C gacha ko’tarildi. Shuning uchun yuqori yuklamali qurilmalarni qo’llashda universal ta’minot blokini radiator qizib ketishi kuzatildi. Buni bartaraf etish uchun universal ta’minot blokining sxemasiga qo’shimcha sovitish uchun ventilyator ulash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ventilyatorni ulash quyida keltirilgan sxema bo’yicha amalga oshiriladi. Rostlanuvchi ta’minot blokidagi LM317 kuchlanish stabilizatori to’g’ridan-to’g’ri C1 kondensatoriga ulanadi. Bunda diodli ko’prik va kondensator ulanishi shart bo’lmay qoladi. Universal ta’minot blokiga ulanuvchi ventilyator sxemasi quyida ko’rsatilgan.
Qisqa tutashuvda universal ta’minot blokining chiqishida kuchlanish 1 V gacha kamayishi mumkin. Tok kuchi kuchi esa 10 A gacha bo’ladi. Bunday holatda universal ta’minot blokini yaxshi sovitish, yuqori natija beradi.
LM317 asosida rostlanuvchi ta’minot blokini quyida berilgan radiotexnik qurilmalar asosida yig’ilgan:
LM317 kuchlanish stabilizatori;
GBJ2501, 2502, 2504, 2506, 2508, 2510 markali diodli ko’priklar, ularni ishchi tok kuchi 10 A gacha bo’ladi;
С1 4700mkF 50V li kondensator;
R1, R2 200 Оm li, R3 10kOm li rezistorlar, bularning quvvati 0.25 Vatt li bo’lishi talab etiladi;
R1 5kOmli o’zgaruvcha resistor, ya’ni potensiometr;
MJE13007, MJE13009, КТ805, КТ808, КТ819 markali tranzistorlar, bular n-p-n tipli bo’lishi maqsadga muvofiq.
Universal ta’minot blokining sxema platasi Sprint Layout dasturi yordamida chiziladi. Bunda elektron qurilmalarni o’zaro bog’lanishi, ular orasidagi ulanishi beriladi. Berilgan plata sxemasi asosida tayyor plata yaratiladi. Universal ta’minot blokining sxema platasi Sprint Layout dasturida chizilgan sxemasi quyida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |