Multisim dasturida turli tranzistorlarni hisoblash, ularning va xarakteristikasini olish. Maydon tranzistorlarini хarakteristikalarini olish va tahlil qilish Ishning maqsadi
Maydon tranzistorlarini хarakteristikalarini olish va tahlil qilish Ishning maqsadi: elektron teshikli o‘tishga ega bo‘lgan maydon tranzistorlarini ishlash tamoyili bilan tanishish va uning asosiy xarakteristikalarini olish.
Ishlash tamoyili faqat bitta ishorali zaryad tashuvchilardan foydalanishga asoslangan tranzistorlar (elektronlar yoki teshiklar) unipolyar deyiladi.
Tranzistorning markaziy sohasi kanal deyiladi. Birinchi elektrod – undan kanalga asosiy zaryad tashuvchilar kiradigan kanal istok deyiladi, ikkinchi elektrod esa bu kanaldan asosiy zaryad tashuvchilar ketadi – istok deyiladi. Kanalning ko‘ndalang kesimini sozlash uchun hizmat qiladigan elektrod zatvor deyiladi.
Chunki kanal bo‘yicha tok elektr maydoni ta’sirida oqadi, shuning uchun tranzistorni bu turi maydonli deyiladi. Maydon tranzistorlarini p va n kanallilari bilan farqlanadi.
Ish bajarish tartibi Ishda foydalaniladi: p-n- o‘tishli maydon tranzistori 2N3370, XFG1 funktsional generator, XSC1 ostsillografi, V1 iste’mol manbayi, R2,R3,R4 rezistorlar, C1,C2,C3 kondensatorlar (60- rasm).
60- rasm. P-N- o’tishli maydon tranzistorini o‘rganish.
Virtual stendni yig‘amiz. Qutblilikka rioya qilib, kuchlanish generatorini V1ni ulaymiz.
Is=f(Vsi ) maydon tranzistorining o‘qituvchi tomonidan berilgan qiymatlarida chiqish xarakteristikalarini olamiz. Olingan ma’lumotlarni jadval ga kiritamiz va ma’lumotlarga ko‘ra maydon tranzistorining mos VAH larini ko‘ramiz.
Ikkinchi п dan olingan chiqish xarakteristikalariga ko’ra tranzistorni uzatish xarakteristikasini Is=f(Vzi) ko‘ramiz.
Tajriba yo’li bilan tranzistorni uzatish xarakteristikasini Is=f(Vzi) oling, buning uchun generatordagi kuchlanishni V1ni 12V ga teng o‘rnatamiz. Shundan keyin XFG1 funktsional generatoridagi kuchlanishni har bir 0,5V da 0 dan kesish V qiymatgacha oshiramiz. Stok tokining Is qiymatini o‘lchaymiz va olingan ma’lumotlarni jadvalga kiritamiz. Uzib tashlash kuchlanishi Vqol stok tokida 5-10mA ga teng o‘ringa ega.
Maydon tranzistorining VAHiga ko‘ra tranzistorning uzatish xarakteristikasining tikligini S va stokning differensial qarshiligi Rs ni hisoblaymiz va ularni ideal qiymatlar bilan solishtiramiz.