|
RONDO II
|
[fr. rondeau < rond — dumaloq, doiraviy] 1. ad. Qofiyalarning murakkab almashinuvi va takrorlanuvchi qofiyalanmagan naqaroti bo‘lgan she’r shakli.
2. Yumaloq shakldagi yozma va bosma harf, shrift.
3. Shunday shriftni yozish uchun mo‘ljallangan uchi kesik pero.
|
|
ROYALIZM
|
[fr. royalisme] Qirol hokimiyatiga tarafdorlik, qirol hokimiyatini yoqlash; monarxizm.
|
|
.
ROYALIST
|
.
[ fr. royalist < gou — qirol] Royalizm tarafdori; monarxist.
|
|
ROYAL
|
fr. royal — qirolga oid, tegishli] Torlari, qopqog‘i va mexanizmi gorizontal joylashgan, klavishli musiqa asbobi. Royal chalmoq. M: Odatim bo‘yicha to‘g‘ri klubga kirib borsam, Lata royal chalib, mening qo‘shig‘imni kuylab o‘tiribdi, — dedi Rustamjon. Q. Maqsumov, Muhabbat qo‘shig‘i.
|
|
RULET
|
[fr. roulette - g‘ildirakcha, rolik < rouler - g‘ildiratmoq, dumalatmoq; o‘ramoq, o‘rab yig‘ishtirib qo‘ymoq] 1 Xamir va shirinlikni navbatma-navbat bir necha qavat qilib pishirilgan o‘rama pirog. Kesilgan ruletni dasturxonga tortishdi.
2 Tilimlab maydalangan go‘sht va mol yoki qo‘y qornini ustma-ust qo‘yib o‘rab, yo‘g‘on qazi shaklida pishirilgan yaxna ovqat.
|
|
RULON
|
[fr. rouleau — o‘ralgan narsa; o‘ram naycha] Naycha shaklida dumaloqlab o‘ralgan qog‘oz, mato va b. materiallar; shunday shakldagi o‘rama. Rulon qog‘oz. Rulon gazlama.
|
|
SABOTAJ
|
[fr. sabotage < saboter — yog‘och kavush bilan taqillatmoq] Ishdan oshkora bosh tortish yoki o‘zini ishlayotgan ko‘rsatib, aslida ishni buzish, bo‘shashtirish; ishga zimdan yoki oshkor qarshilik ko‘rsatish. Sabotaj qilmoq.
|
|
SAKSOFON
|
[fr. saxophone < Sax — shu asbobni ixtiro qilgan belgiyalik usta
Saks nomi + yun. phone — tovush] Puflab chalinadigan musiqa asboblarining bir tu-ri. Saksofon chalmoq. M: Cho‘qqi etagidagi sanatoriy bog‘idan jaz va saksofon ovozlari kelardi. O. Yoqubo. Izlayman.
|
|
SALON
|
[fr. salon — mehmonlar kutib olinadigan hashamdor xona] 1 Ko‘rgazma, muzey zallarida turli soha va bo‘limlarga ajratilgan maxsus xona yoki bo‘lmalar. M: Murakkab ro‘zg‘or texnikasi salonida shu yerda mavjud ehtiyot qismlardan foydalanib, dazmol, fen, elektr ustarani remont qilsa bo‘ladi. Gazetadan.
2 Kiyim-kechak, poyabzal, san’at buyumlari va sh. k. namoyish etiladigan va so-tiladigan maxsus magazin yoki uning bo‘limi. Univermagning ayollar ko‘ylagi bilan sav-do qiluvchi saloni.
3 Biron-bir maxsus faoliyat uchun mo‘ljallangan xona, zal.
Ayollar (yoki go‘zallik) saloni Xotin-qizlarga sartaroshlik, manikyur kabi pardoz-andoz xizmatlarini ko‘rsatuvchi joy.
4 Umuman, transportda (kema, samolyot, avtobus, trolleybus va sh. k. da) yo‘lovchi-larga ajratilgan bo‘lma, xona. M: Havo kemasi ohista uchib boryapti, samolyot saloni oddiy ish kunidek yo‘lovchilar bilan gavjum. Gazetadan.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |