Rondo II [fr rondeau < rond — dumaloq, doiraviy] 1



Download 54 Kb.
bet8/9
Sana29.03.2022
Hajmi54 Kb.
#516493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fransuz 3 (2)

STAJ

[fr. stage] 1 Biror sohadagi ish-faoliyatning davomiyligi, umumiy muddati, vaqti. Mehnat staji. M: Ular mening «ikki yil o‘qishga kirolmay, bir shamollab, staj orttirgani» kelganimga chippa-chin ishonishdi. S. Siyoev, Yorug‘lik.
2 Yangi ishga kirgan kishining biror ishda, sohada amaliy tajriba orttirishi,

rahbariyat tomonidan uning qobiliyatiga baho berilishi uchun belgilangan vaqt. Bu ishda mening stajim yo‘q.






STAJYOR

[fr. stagiaire] Keyinchalik muayyan lavozimda ishlash uchun sinov muddatini o‘tayotgan va ta’lim olayotgan kishi




SUVENIR

[fr. souvenir — xotira; yodgorlik] Esdalik uchun beriladigan, biron mamlakat, shaharga qilingan safardan es-dalik bo‘lib qolgan yoki qoladigan badiiy hunarmandlik butomi, sovg‘a. Suvenirlar magazini. Suvenir olmoq Galina Vasilevna suvenir figuralarning nodir kolleksiyasini yaratdi. Gazetadan




SUVEREN I

[fr. souverain — oliy] Xalqaro huquqda: mustaqil oliy hokimiyat egasi.






SUVERENITET

[fr. souverainete — oliy hokimiyat] Xalqaro huquqda: davlatning ichki ishlarni olib borishda va tashqi munosabatlarda boshqa davlatlardan to‘la mustaqilligi. Davlat suvereniteti. Millat suvereniteti. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat suvereniteti alohida bobda o‘z ifodasini topgan. «O‘zME».






SUFLYOR

[fr. souffleur < souffler — uqtirmoq, o‘rgatmoq; sekin aytib turmoq] Teatrda sahnaga chiqqan artistlarga ularning so‘zlarini, tomoshabinlarga ko‘rinmaydigan maxsus joyda turib, aytib berib, eslatib turuvchi xodim. Tajribali suflyor. Suflyor budkasi. Teatrimizda: rejissyor, kostyumer, suflyor hammasi bor faqat rahbar yo‘q. SH. Sa’dulla, Ikki bilaguzuk.






SYUJET

[fr. sujet < lot. subjectum — predmet, mazmun, mohiyat, narsa] 1 Badiiy asarda, filmda voqea-hodisalar tasviri, bayonidagi izchillik va o‘zaro aloqa; badiiy asar mazmuni. Romanning syujeti. Pesaning syujeti. Badiiy asar syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bog‘liq. «O‘zME».
2 Tasviriy san’atda: tasvir ob’ekti, predmeti.






SYUITA

[fr. suite — qator, izchillik] Umumiy badiiy mazmun, g‘oya, dastur ostida birlashtirilgan, ketma-ket keluvchi bir necha (odatda kontrast) mustaqil qismlardan tashkil topgan musiqa asari; musiqiy janr. O‘zbekiston kompozitorlaridan.. M. Burhonov, M. Ashrafiy, S. Yudakov, D Soatqulov kabilar simfonik va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri, shuningdek, fortepiano va boshqa sozlar uchun turli syuitalar yaratishgan. «O‘zME».






TABLETKA

[fr. tablette — kulcha] Bo‘laklarga bo‘lingan, tugmachasimon qattiq dori. Xinin tabletkasi. Tabletka yutmoq




TABLO

[fr. tableau — surat, tasvir, kartina; e’lonlar taxtasi] Tekshirish ob’ektining ahvoli yoki musobaqaning borishi va natijalari, tijorat xabarlari va e’lonlari yozib ko‘rsatib turiladigan signal taxtasi. Temir yo‘l tablosi. M: Kuyib-pishib darvozaga kim to‘p kiritdi-yu, qaysi anqov darvozabon o‘z darvozasiga kelgan to‘pni ushlolmay qoldi — bularning hammasini tablo hisobga olib turadi. G‘. Mahkamov, Tablo qissasi





Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish