2.2. Muloqotda noan’anaviy usullarni qo‘llash orqali shaxslararo munosabatlarni barqarorlashtirish
SHaxslararo munosabatlarda shaxslarning bir-birlariga ko‘rsatgan ta’sirlari muhim bo‘lib, bu ta’sirning anglanishi esa insondan kuchli psixologik bilimdonlikni talab qiladi. Ijtimoiy psixologik bilimdonlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad-yoshlarni bo‘lg‘usi ijtimoiy faoliyatga psixologik tayyorlash, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish, kommunikativ bilimdonlik va shaxslararo muloqotning murakkab shakllariga muvofiqlashtirishdir. Zero, yuksak teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtga naf etkazadigan insonlargina kamolotga erishishi mumkin.
SHuning uchun ham biz o‘z tadqiqotlarimiz davomida muloqotga o‘rgatishning noan’anaviy usuli hisoblangan ijtimoiy psixologik treningdan foydalandik. Dastlab talabalarda “Men kimman” o‘yinini o‘tkazdik. O‘yin davomida ishtirokchilar o‘zlarini ijobiy tasavvur qilishni o‘rgandilar va atrofdagilarga ijobiy tavsif berish ko‘nikmasini rivojlantirdilar. Ishtirokchilar qog‘ozni gorizontal holda tutib, uni teng 3 qismga buklab, 1- va 3-ustunlarga “Men kimman?” savolini yozib, 5 daqiqa davomida shu savolga javoblarini savol ostidagi ustunga yozishdi. Javoblar faqat 1ta ijobiy so‘zdan iborat bo‘lib, “kim?” savoliga javob bo‘lishi kerakligi uqtirildi. Ishtirokchilar 2-ustunning katagiga “Men qandayman?” savolini yozib, 5 daqiqa davomida shu savolga faqat 1ta ijobiy so‘zdan iborat bo‘lgan va “qanday?qanaqa?” savoliga javob beradigan so‘zlarni yozishdi.So‘ng qog‘ozni qayta buklab, yozgan ma’lumotlarini yashirib, faqat 3-ustunni ochiq qoldirgan holda o‘zlari uchun tanish bo‘lgan ishtirokchilardan birini tanlab, bir-birlari bilan qog‘ozlarini almashtirdilar. Qog‘ozning ochiq turgan 3-ustunida “Men kimman?” savolini o‘qib, 5 daqiqa davomida o‘rtog‘ining shu savoliga javoblarini savol ostidagi ustunga yozishdi. Javoblar faqat 1ta ijobiy so‘zdan iborat bo‘lib, “kim?” savoliga javob berishi ta’kidlandi.
O‘yin davomida ishtirokchilar o‘rtog‘i o‘zi to‘g‘risida yozgan so‘zlarni o‘qib chiqishdi hamda 1- va 3-ustunlarda yozilgan so‘zlarni solishtirishib, o‘xshash so‘zlarning tagiga chizib, sonini aniqlashdi. Har bir ishtirokchi o‘xshash so‘zlar va ularning soni haqida o‘z fikrini bildirdi.
Ishtirokchilarning o‘zlarini ijobiy tasavvur qilish hissini orttirish maqsadida “SHuhrat lahzasi yoki Men to‘g‘rimda bilishingizni xohlayman” treningini o‘tkazdik. O‘yin ishtirokchilarga har bir odamning o‘zi to‘g‘risida ijobiy tasavvurga ega bo‘lishi qanchalik muhim ekanini tushunib etishlariga yordam berdi. Ishtirokchilar o‘zi faxrlanadigan va atrofdagilarga kam ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lmagan ijobiy fazilatlari to‘g‘risida 7 daqiqa davomida yozishdi va bir daqiqa ichida atrofdagilarga o‘zining qanday fazilatlari bilan faxrlanishi to‘g‘risida ma’lumot berishdi.
O‘yin davomida ishtirokchilar navbat bilan o‘zlari yozgan ma’lumotlarni o‘qib berishdi va bugungi tez o‘zgarayotgan jamiyatimiz sharoitida har bir inson o‘zini imkon qadar etarli darajada ijobiy tasavvur etishi zarurligi haqida tasavvurga ega bo‘lishdi.
YUqoridagi kabi o‘yinlar shaxslarni muomalada bo‘lishga hozirlaydi. O‘zaro munosabatlarning tashkiliy qismlari uyg‘unlashuvi natijasida shaxslararo idrok, hamkorlik faoliyati va hatti-harakatlari tizimi tariqasida hamda psixologik kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Muomala maromlari, qonuniyatlari va mehanizmlarini anglash hamda muloqat o‘rnatish ko‘nikmalari, malakalarini takomillashtirish orqali munosabat, hamkorlik faoliyati va hatti-harakatlarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Xulosa
XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga extiyoji, uning sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz. Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o‘zgartiradi.
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuksonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri- o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir-bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir. Ushbu jarayonga yoshlarni tayyorlashda noan’anaviy usullarning qo‘llanishi yaxshi samara beradi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suxbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Bu jarayonda esa insondan kuchli psixologik bilimdonlik talab qilinadi.
O‘zaro munosabatlarning tashkiliy qismlari uyg‘unlashuvi natijasida shaxslararo idrok, hamkorlik faoliyati va hatti-harakatlari tizimi tariqasida hamda psixologik kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Muomala maromlari, qonuniyatlari va mehanizmlarini anglash hamda muloqat o‘rnatish ko‘nikmalari, malakalarini takomillashtirish orqali shaxslararo munosabat, hamkorlik faoliyati va hatti-harakatlarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Muomala – insonni shaxs sifatida rivojlanishi va shakllanishiga yordam beruvchi vosita ekan shaxslararo muomalada kamchiliklar chiqmasligi uchun quyidagi etaplar inobatga olinishi lozim.
1. Notanish shaxsni tushunishga harakat qilish
Muomala paytida bo‘lib o‘tayotgan jarayonni his etish, kerak bo‘lsa sukut saqlash.
Qiziqtirayotgan muammoni tahlil qilish.
Muammoni hal qilish.
Suxbatni tugatish.
Ijtimoiy psixologik bilimdonlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad-yoshlarni bo‘lg‘usi ijtimoiy faoliyatga psixologik tayyorlash, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish, kommunikativ bilidonlik va shaxslararo muloqotning murakkab shakllariga muvofiqlashtirishdir. Zero, yuksak teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el-yurtga naf etkazadigan insonlargina kamolotga erishishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |