II bob. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning emperik tahlili
2.1.Muloqotda shaxs tiplarining namoyon bo‘lishi.
O‘zaro munosabatlarning tashkiliy qismlari uyg‘unlashuvi natijasida shaxslararo idrok, hamkorlik faoliyati va hatti-harakatlari tizimi tariqasida hamda psixologik kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. Muomala maromlari, qonuniyatlari va mexanizmlarini anglash hamda shaxslararo muloqat o‘rnatish ko‘nikmalari, malakalarini takomillashtirish orqali muloqot, munosabat, hamkorlik faoliyati va hatti-harakatlarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Muomala – insonni shaxs sifatida rivojlanishi va shakllanishiga yordam beruvchi vosita ekan shaxslararo muomalada kamchiliklar chiqmasligi uchun quyidagi etaplar inobatga olinishi lozim.
1. Notanish shaxsni tushunishga harakat qilish
Muomala paytida bo‘lib o‘tayotgan jarayonni his etish, kerak bo‘lsa sukut saqlash.
Qiziqtirayotgan muammoni tahlil qilish.
Muammoni hal qilish.
Suhbatni tugatish. Ushbu jarayonda shaxslararo muloqotning sub’ekti bo‘lgan shaxs o‘ziga xosligi bilan namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham biz o‘z tadqiqotlarimizda muloqotda shaxs tiplarining o‘rnini aniqlashga harakat qildik. Talaba yoshlarda K.YUng tomonidan taklif qilingan shaxsning tipologik xususiyatlarini aniqlash metodikasini o‘tkazdik va natijalarni quyidagi jadvalda keltirdik.
SHaxsning tipologik xususiyatlarini aniqlash natijalari
1-jadval
Ballar
|
0-35 introvert
|
36-65 ambovert
|
66-100 ekstrovert
|
Son
|
11
|
30
|
5
|
Foiz
|
23,9
|
65,2
|
10,8
|
Jadvaldagi sonlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, respondentlarning 65,2 foizi ambovert tipiga xos bo‘lib, ular vaziyatga qarab tiplar oralig‘ida o‘zlarini namoyon etadilar.
Sinaluvchilarning 23,9 foizi introvert tipli bo‘lib, ularning diqqati o‘z kechinmalari dunyosiga qaratilgan, kamsuqum, indamas, yangi tanishlar bilan qiyinchiliklar bilan topishadi, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, eski aloqalarning uzilishi ularni tashvishlantiradi, g‘olib chiqish va yutqazish variantlari yo‘q, tashvishlanishning yuqori darajasiga ega, flegmatik, melanxolik temperamentga xosliklari bilan ajralib turadi.
Tadqiqotda ishtirok etgan talaba qizlarning 10,8 foizi ekstrovert bo‘lib, ular muloqotda engil, yuqori darajadagi agressivlikka ega, etakchilikka moyil, diqqat markazda bo‘lishni yoqtiruvchi, muloqotga engil kirishuvchi, oshkora, odamlarni tashqi ko‘rinishga qarab baho beradigan, ichki dunyosiga qaramaydi, xoleriklar, sangviniklar hisoblanadi.
Sinaluvchilarning muloqotga kirishuvchanligini o‘rganish maqsadida “Kommunikabel (kirishimli)misiz?” testini o‘tkazdik va olingan natijalarni quyidagi jadvalda keltirdik.
“Kommunikabel (kirishimli)misiz?” testi natijalari
2-jadval
|
19-24 ball o‘rtadan past
|
14-18 ball o‘rta
|
9-13 ball
yuqoridan past
|
4-8 ball
yuqori
|
Son
|
7
|
14
|
16
|
9
|
Foiz
|
15,2
|
30,4
|
34,8
|
19,6
|
Jadvaldagi sonlarning tahliliga ko‘ra, 19-24 ball yiqqan sinaluvchilar 15,2 foizni tashkil etib, ular ma’lum darajada kirishimli va notanish vaziyatda o‘zlarini dadil tutadiganlar hisoblanadi. YAngi muammolar ularni qo‘rqitmaydi. Lekin yangi odamlar bilan havfsirab munosabatga kirishadilar. Tortishuv va munozaralarda og‘rinib ishtirok etadilar.
Sinaluvchilarning 30,4 foizi 14-18 ball to‘plashib, me’yordagi kirishimlilikka ega ekanliklarini namoyon etishdi. Ular qiziquvchan, qiziqarli suhbatdoshni jon-jon deb eshitadigan, boshqalar bilan muloqotda etarlicha toqatli, qiziqqonlik qilmasdan o‘z fikrini himoya qila oladigan shaxslardir. Bundaylar ko‘ngilsiz o‘y hayollarsiz notanish odamlar bilan uchrashuvga tayyorlana oladilar. SHu bilan birga g‘ala-g‘ovur o‘tirishlarni yoqtirmaydi, oliftalik va laqmalik ularning jahlini chiqaradi.
9-13 ball to‘plagan respondentlar 34,8 foizni tashkil etib, ular anchagina kirishimliligi bilan ba’zan esa haddan tashqari kirishimliligi bilan ajralib turadi. Ular qiziquvchan, so‘zamol, har xil masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishni yaxshi ko‘radi, bu narsa ba’zan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi. Ular yangi odamlar bilan jon-jon deb tanishadilar. Diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radilar. Har doim bajara olishmasa ham birovning iltimosini qaytarmaydilar. Ba’zan o‘zlarini tutolmay ham qolishadi, lekin tezda o‘zlarini qo‘lga olishadi. Ularning kamchiligi – qunt, toqat va yangi odamlar bilan to‘qnashganda jur’atning etishmasligidir.
Respondentlarning 19,6 foizi 4-8 ball yig‘ib, ular dali – g‘uli, ko‘ngli ochiq, kirishimli va hamma narsadan habardor odamlardir. Ular har qanday munoazarada qatnashishni yaxshi ko‘radi, shu bilan birga har qanday jiddiy masalada bosh og‘rig‘i va xunobi oshadi. YUzaki tasavvurga ega bo‘lishlariga qaramay har qanday masala yuzasidan so‘z olishni yoqtiradilar. Hamma erda o‘zlarini yaxshi his qiladilar, oxirigacha muvaffaqiyatli hal qila olmasa ham har qanday ishni zimmasiga olaveradilar. SHuning uchun ham hamkasblar va rahbarlar ularga ma’lum darajada havfsirab va ishonqiramay munosabatda bo‘lishadi. SHu faktlar ustida o‘ylab ko‘rishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |