1-amaliy ish
Mavzu:
Robot
(Yamaha) qurilmasining ishlash prinsipi va harakat darajalari.
Robot-
sunʼiy mexanik qurilma.U,odatda, elektromexanik tizim boʻlib, odam mehnatini
bajaradi.
Robot
soʻzi bilan virtual dasturiy taʼminot agentlariga ham aytilishi mumkin,
biroq ularni
bot
deyish qabul qilingan.
Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va
boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi
funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina deb ham atashimiz mumkin.
Robotlar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan Robot, odam
(operator) boshqaradigan Robot va sunʼiy intellektli (integralli) Robot Ish bajarish turiga
qarab, Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, odimlovchi Robot va boshqalarga
boʻlinadi. Robotlarning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni
ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu
xususiyati bilan farq qiladi.
Robotlar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va
favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan Robotlar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan
Robot, Mas, Robot manipulyatorda “mexanik qoʻllari” va tashqi boshqarish pulti yoki
oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P.
qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha
Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. Robotmanipulyatorlar, asosan, kishi
salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. Robotlar jarayonlarni
avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
Robotlardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Masalan,
Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan Robot"geolog", notani “oʻqib”
elektr gitara chaladigan Robot "mashshoq", Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan Robot
"sartarosh", AQSH da suv ostida ishlay oladigan Robot "gʻavvos" yaratilgan. Germaniyada
esa Robotlar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni
ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu
jumladan, Oʻzbekistonda) Robotlar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida)
qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan Robotni yasash bilan
shugʻullanishmokda. Bunday Robotning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya)
yaratilgan. “Klaus” laqabli ushbu Robot 2000 yilda namoyish qilingan. U boshqa Robotlar
kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu Robot 2002 yilgi
koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday Robotlar
ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. “Soni” kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy
intellektli “Aybo” (“Oʻrtoq”) nomli Robotni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni
surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va boshqalarni) bajaradi.
Aynan qanday mashinalar robot, deb atalishi mumkinligi haqida bahslar ketayotgan boʻlsa-
da, odatiy robot quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi:
Tabiiy emas, yaʼni ongli mavjudot tomonidan yasalgan.
Atrof-muhitni kuzata oladi (koʻrish orqali kuzatishi shart emas; boshqa tur sezgi ham
boʻlishi mumkin).
Atrof-muhit bilan interfaol munosabatda boʻla oladi.
Qandaydir darajada aqlli, yaʼni (mustaqil yoki oldindan dasturlangan) qaror qabul qila
oladi.
Dasturlana oladi.
Aylanish yoki parallel koʻchish oʻqlari bilan harakat qila oladi.
Epchil manipulatsiyalarni bajara oladi.
Irodasini namoyish qila oladi (bu sifat muhim emas, zero antropomorfizmga taalluqlidir
Do'stlaringiz bilan baham: |