ROBINZONNING KALENDARI. ROBINZONNING
O'Z UYINI TUZATIB OLGANI
Orolga joylashib olganimdan keyin ko'p o'tmay, kalendar yurgizay, bo'lmasa
kun hisobini unutib qo'yib hatto yakshanba kunini ham boshqa kunlardan ajrata
olmay qolaman, degan fikr xayolimga
keldi.
Kalendarni mana bunday yasadim: katta bir g'o'lani bolta bilan yo'nib, uni
dovul meni dengiz-dan chiqarib tashlagan joyga olib kelib qumga o'rnatdim, bu
g'o'laning tepasiga taxta qoqdim, keyin pichoq bilan taxtaga katta-katta harflar
o'yib quyidagi so'zlarni yozdim:
Men 1659-yil 30-sentabrda bu orolga mana shu yerdan kirib keldim.
Shu kundan boshlab har kuni shu ustunga chiziqlar yo'nib qo'ya boshladim. Har
olti chiziqdan so'ng bir uzunroq chiziq chizdim, bu chiziq yakshanba kunini
bildirar edi, undan ham uzunroq chiziq esa har oyning birinchi kunini ko'rsatar edi.
Shunday qilib kalendarimni boshlab yubordim va unda kunlar, hafta, oy va yilni
qayd qilib bordim.
Kemadan o'n bir marta qatnab olib o'tgan narsalarimni birma-bir
aytib chiqib, garchi uncha ahamiyati bo'lmasa ham, lekin menga ko'p asqatgan
mayda-chuydalar to'g'risida gapirmay o'tibman. Masalan, kema kapitani va lining
yordamchisi kayutasidan siyoh, pero, qog'oz, uch-to'rtta kompas, astronomiya
asboblari, kuzatuv trubasi, jug'rofiya xaritasi va kema jurnalini topib oldim. Bu
narsalarning hammasini bir sandiqqa solib qo'ygan bo'lsam ham,
bularning kerak bo'lish-bo'lmasligini o'zim bilganim ham yo'q. Kemadan
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
portugaliyaliklar tilida yozilgan bir necha kitob ham topib oldim. Kemada ikki
mushugimiz va bir itimiz bor edi. Mushuklarni qayiqqa solib olib o'tdim, it
esa men kemaga birinchi safar borganimdayoq suvga sakrab tushib, orqamdan
suzib o'tgan edi. Bu it ko'p yillar menga eng yaqin yordamchi, yupanch va umid
nishonasi bo'lib yashadi, xizmat qildi. U men uchun odam o'rnini bosdi, desam
bo'ladi, bir aybi tilsiz edi, xolos. Koshki edi uni gapga o'rgata olsam!
Siyoh, pero va qog'ozni juda ehtiyot qildim. Siyohim borligida boshimdan
kechganlarning hammasini mufassal yozib bordim; siyoh tamom bo'lgandan keyin
yozishni to'xtatishga majbur bo'ldim, chunki men siyoh yasashni va uning nimadan
qilinishini bilmas edim.
Umuman aytganda, narsalarim juda ko'p bo'lishiga qaramay, menga
siyohdan boshqa yana ko'p narsa yetishmas edi: kurak, belkurak, cho'kich, xullas
yer kavlash uchun bitta ham asbobim yo'q edi. Igna bilan ip ham yo'q edi. Ichki
kiyimlarim butunlay ishdan chiqib qoldi, lekin men ichki kiyimlarsiz ham uncha
qiynalmay, bir iloj qilib yurishga o'rganib ketdim.
Zarur asboblarimning yo'qligidan ishlarim juda sekin yurishdi va ko'p
qiyinchilik bilan qilindi. Uyimning chor atrofini shox va xodachalar bilan to'sib
qo'ra uchun bir yilga yaqin mehnat qildim. Daraxtzordan yo'g'on xodachalar
kesish, ularni yo'nib qoziq qilish va bularni kapaga tashib keltirish uchun ko'p vaqt
sarf bo'ldi. Qoziqlar juda og’ir edi, bir qatnovda faqat bitta qoziqni ko'tara olar
edim, birgina qoziqni yo'nib, uyga keltirish uchun ikki kun, uni yerga qoqish uchun
bir kun vaqt ketdi.
Qoziqlarni boshlab og'ir to'qmoq bilan qoqdim, ammo keyin kemadan olib
kelgan temir lom esimga tushib qoldi. Garchi ishimni uncha yengillashtirmagan
bo'lsa ham lorn bilan ishlay boshladim. To'g'risini aytganda, qoziqlarni
qoqish mening uchun nihoyat og'ir, tinkani quritadigan ish bo'ldi. Ammo
charchadim, deb qo'l qovushtirib turmog'im lozimmi? Axir, vaqtni qanday
o'tkazishni bilmas, buning ustiga ovqat qidirib orolni kezib yurishdan boshqa ishim
ham yo'q edi, shuning uchun kun sayin shu ish bilan muntazam shug'ullandim.
Meni goho umidsizlik bosardi, men yolg'izlikdan nihoyatda zerikar edim.
Shu og'ir hissiyotni yengmoq uchun qo'limga qalam olib, yolg'izlik va
g'aribligimning yaxshi tomonlari ham ancha-muncha borku, deb o'zimga taskin
berishga urindim.
Qog'oz sahifasini ikkiga buklab, chap tomoniga «yomon», o'ng tomoniga
yaxshi» deb yozdim, oqibatda bu ishim mana bunday bo'lib chiqdi:
Bu o'y va fikrlar menga zo'r madad bo'ldi. Cam chekmasligim va
umidsizlanmasligim kerak, chunki har qanday og'ir va mushkul paytda ham odam
tasalli topa oladi va topmog'i kerak deb o'yladim.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Men uyimni yuqorida bayon qilib edim. Bu uy, atrofi shox va g'o'lachalar
ikki qator qilib qo'yib mustahkamlangan tog' bag'ridagi bir chodir edi.
Qo'rg'onimning chor atrofini devor yoki ko'tarma deb atasa bo'ladi, chunki
devorning tashqi tomonidan oltmish santimetr qalinlikda tuproq o'ydim. Bir qancha
vaqtlar o'tgandan keyin esa (chamamda bir yarim yilcha o'tgach) uchini tepalik
bag’riga qaratib xodachalar yotqizdim, uning ustidan shox va butoqlar tashlab,
xazon bilan yopdim. Shunday qilib hovlim usti yopilgan shiypon tusiga kirdi. Endi
yuqorida aytganimdek bu orolda yilning ma'lum fasllarida quyib turadigan
jaladan qo'rqmasam bo'ladi.
Buyumlanmning hammasini boshlab qo’rg’on ichiga, undan keyin kapa
orqasidagi tepa bag'ridan kavlagan g'orga kiritib olganligim o'quvchiga yuqorida
ayon bo'lgan edi. E'tirof qilmog'im kerakki, narsalarimning hammasi ustma-ust,
betartib uyib tashlangan bo'lib, hovli to'lib yotar edi. Qadam bosgudek bo'sh joy
yo'q edi, men ashyolarga hadeb qoqilib-surinib yurar edim. Bularning hammasini
bir joyga saranjom va sarishta qilib qo'ymoq uchun g'orni ancha kengaytirishga
to'g'ri keldi.
Qo'rg'onga yer tagidan kiradigan yo'l qilib olganimdan keyin,
parrandalar hujumidan o'zimni bexatar qilmoq uchun bu yer tagi yo'lini
kengaytirish va yana ham uzaytirishga kirishdim. Baxtimga bu tepalik qum aralash
yumshoq tuproqdan iborat ekan. Yer tagi yo'lini mo'ljalga yetkazib o'ng tomonga
qarab kavlab borib, uni yana ham o'ng tomonga burdim va shunday qilib, bu
yo'limning oxirini qo'rg'on orqasidan yuzaga olib chiqdim.
Yer tagidan o'tkazilgan bu yo'l uyga bemalol kirib chiqishim uchun imkon
berdi va buning natijasida omborim ham ancha kengaydi.
Bu ishlarni tamom qilib bo'lib, o'zimga kursilar yasashga kirishdim. Menga
stul va stol har narsadan ham zarur edi: stol va stullarim yo'qligidan hatto shu
yolg'izlikda faqirlik bilan o'tayotgan Kunimdan ham huzur-halovat ko'ra olmadim,
ya'ni odaamlarcha ovqat yemoq, yozish va o'qish imkoniga ega bo'la olmadim.
Ana shu tariqa men duradgor bo'lib oldim.
Umrimda duradgorlik asbobini qo'lga ushlagan odam emas edim, shunga
qaramay idrok va tirishib harakat qilish orqasida bu ishni asta-sekin o'rganib oldim,
agar kerakli asboblarim bo'lganda har qan. daqa yaxshi mebellarni ham yasay
oladigan daraja. ga yetardim.
Hech bir asbob boimagani holda, men bitta bolta-yu bitta randa bilan
shunchalik ko'p buyum yasadimki, hech kim bunday oddiy yo'l bilan shuncha
buyum yasamagan va bunchalik ko'p mehnat sarf qilmagandir. Birgina taxtani
yasamoq uchun terakni kesib, uning shox va butoqlarini butashga, po'stlog'ini
archib, u taxta tusiga kirguncha ikki yonidan yo'nishga to'g'ri keldi. Bu usul
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
juda noqulay va nomuvofiq bo'lganidan butun bir terakdan bitta taxta chiqar edi,
xolos. Boshqacha iloj yo'q, sabr-toqat qilib ishlamoqqa to'g'ri keldi.
Ammo mening vaqtim ko'p, baribir o'zim biror ish qilmog'im lozim edi, shuning
uchun vaqtimning qayoqqa va qanday ishga sarf bo'lishining aslo
ahamiyati yo'q edi.
Shu tariqa men avvalo stul bilan stol yasab oldim. Kemadan olib
kelingan kalta taxtalarni shunga ishlatdim. Keyin bir necha taxtani o'sha oddiy
usulda randalab, bularni yerto'laga kiritib, men bir taxta ustiga ikkinchisini
mindirib, kengligini qirq olti santimetr qilib bir necha tokcha yasadim. Bu
tokchalar ustiga asbob-uskunalarni, mix, temir parchalari va boshqa mayda-
chuyda narsalarni — xullas har bir buyumni osonlik bilan topib oladigan qilib
joylashtirdim. Bundan boshqa, yerto'la devoriga qoziq qoqib, qoziqqa miltiq,
to'pponcha va boshqa buyumlarni osib qo'ydim.
Hamma narsa saranjom-sarishta qilingandan keyin, yerto'lamni kirib ko'rgan
kishi uni har xil ro'zg'or buyumlari ombori deb bilar edi. Omborda turli-tuman
buyumlar shuncha ko'p bo'lib, bular tartib bilan terilgan va osib qo'yilgandi, har bir
narsa o'z joyida turar ediki, omborga tikilib o'zim ich-ichimdan zavqlanar edim.
Shu vaqtdan boshlab kundalik daftar tutib, kun bo'yi qilgan ishlarimning
hammasini yozib bordim. Dastlabki kunlarda daftarga muntazam yozib
borolmadim, chunki ish bilan juda band edim; buning ustiga meni xafagarchilik
shunchalik shulg’ab olgan ediki, bu holning kundalik daftarga
ta'sir qilishidan qo'rqdim.
Lekin endi bu g'amginlikni bir qadar bosib olganimdan keyin, bo'lar-
bo'lmas, bekorchi orzu va umidlar bilan o'zimni yupatishni tashlaganimdan keyin,
o'z uyimni tuzatishga kirishdim, ro'zg'orimni tartibga soldim, imkon
boricha ancha qulay va durust joylashib olib, kundalikni yozib borishga
kirishdim. Kundalikka yozilgan narsalar yuqorida o'quvchiga ma'lum bo'lgan
bo'lsa ham bularni batafsil keltiraman. Qaytarib aytamanki, siyoh tamom
bo'lguncha kundalikni hech kanda qilmay yozib bordim.
Do'stlaringiz bilan baham: |