Robinzon kruzoning sarguzashtlari


ROBINZONNING O'Z OROLINI TEKSHIRGANI



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana31.12.2021
Hajmi0,92 Mb.
#227353
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Daniel Defo ''Robinzon Kruzoning sarguzashtlari''

ROBINZONNING O'Z OROLINI TEKSHIRGANI 
 
Savat to'qimoqchi bo'lib ko'p urindim, lekin topgan xipchinlarim  juda mo'rt 
bo'lganidan urinishlarim behuda ketdi. 
Bolalik  chog'imda  shahrimizdagi  bir  savatchining  uyiga  borardim  va  savat 
to'qiyotganda zehn qo'yib tikilib turardim. Mana endi o'sha kuzatishlarim qo'l kelib 
qoldi.  Bolalar  har  bir  ishni  bilib  olishni  havas  qiladigan  va  kattalarga 
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi


yordamlashishni  yaxshi  ko'radigan  bo'ladilar.  Savatchining  ishlariga  qarayverib, 
tez orada savat to'qishni o'rgandim, keyin savatchi do'stimga qo'limdan kelgancha 
yordamlasha  boshladim.  Oz-ozdan  o'rgana  borib,  savat  to'qishda  undan 
qolishmaydigan  bo'lib  oldim.  Endi  esa  menga  material  yetishmasdi,  xolos.  Oxiri 
boshimga bunday fikr keldi: men qoziq qilgan daraxtlarning novdasi savat to'qish 
uchun  yaramasmikan?  Axir,  ularning  novdasi  ham  bizdagi  tol  va  majnuntol 
novdasi  singari  sinmaydigan,  egiladigan  bo'ladi-ku.  Men  sinamoqqa  ular 
novdasidan savat to'qib ko'rmoqchi bo'ldim. 
Ertasiga  chorboqqa  borib,  ingichka-ingichkalarini  tanlab  bir  necha  novdani 
kesib oldim, keyin bilsam bu novdalar savat to'qish uchun juda bop ekan. Ikkinchi 
daf'a  bu  novdalardan  ko'proq  kesib  kelmoq  uchun  bolta  olib  keldim.  Bu  yerda 
savatbop bu xildagi daraxtlar juda ko'p bo'lganidan uncha ovora bo'lmadim. Kesib 
olingan novdalarni kapam yoniga olib kelib, yashirib qo'ydim. 
Yog'ingarchilik  mavsumi  boshlandi  deguncha  savat  va  gajava  to'qishga 
o'tirib, juda ko'p savat va gajava to'qib tashladim. Bu savatlar mening turli-tuman 
ishlarimga qo'l keldi: ularda tuproq tashidim, har xil narsalarimni solib qo'ydim va 
hokazo.  To'g'ri,  mening  savatlarim  dag'alroq  chiqdi,  ularni  silliq  va  chiroyli 
qilolmadim,  shunday  bo'lsa  ham,  ishqilib  bu  savatlarning  xizmati  yaxshi  bo'ldi, 
menga shu kerak edi, xolos. 
Shundan  keyin  men  tez-tez  savat  to'qiydigan  bo'ldim,  eskilari  sinib,  titilib 
yoki  ishga  yaramay  qoladi,  shunda  yangilarini  to'qish  kerak  bo'ladi.  Eng  muhimi 
don  asramoq  uchun  chuqur  va  mahkam  savatlarni  ko'paytirib  oldim:  men  bu 
savatlar  qop  o'rnini  bosarmikan  deb  to'qidim.  To’g’ri,  hozircha  mening  donim  oz 
edi, lekin bir necha yil ichida donni ko'paytirib olish umidim bor. 
Butun orolni aylanib tekshirib chiqishga qasd qilganimni va soy boshigacha 
hamda o'zim kapa tikkan joydan yuqoriroqqa borganimni aytib o'tgan edim. 
Bu  joydan  orolning  ro'parasidagi  sohilga  bemalol  o'tsa  bo'lar  ekan,  hali  u 
tomonni  borib  ko'rmagan  edim.  Miltiq,  bolta,  ancha-muncha  dori,  sochma  va  o'q 
oldim,  har  ehtimolga  qarshi,  ikkita  qotgan  non  va  ikki  bosh  mayiz  ham  oldim, 
keyin yo'lga tushdim. Har vaqtdagidek it ham orqamdan ergashdi. 
Kapamga yaqinlab borib, to'xtamay g'arb tomonga qarab keta berdim. Yarim 
soatcha  yuruvdim,  ro'paramda  dengiz  paydo  bo'ldi, dengizda  esa  yer  ko'rinar  edi. 
Bu hol meni hayratda qoldirdi. 
Havo ochiq, quyosh chiqib turardi. G'arbdan janubga tomon cho'zilib yotgan 
bu yer mening orolimdan juda uzoq, mo'ljalimcha qirq milcha, ehtimol oshiq ham 
kelar edi. 
Buning  qandaqa  yer  ekanligini  bilolmadim.  Shuni  aniq  bildimki,  bu  yer 
Janubiy  Amerikaning  Ispaniya  mulklariga  yaqin  qismi  ekani  ehtimoldan  uzoq 
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi


emas.  Bu  yerda  odam  yeydigan  vahshiylar  yashashi  ehtimol,  mabodo  men  shu 
joyga tushib qolgan bo'lsam, ahvolim nima kechar edi? 
Bu  fikr  ruhimni  ko'tarib  yubordi.  Demak, qismatimga  la'natlar  o'qib  chakki 
qilarkanman.  Yana  ham  yomon  kunlarga  qolmog'im  mumkin  edi.  Dovul  meni 
boshqa joyga eltmasdan, shu joyga keltirib tashladi deb, afsus qilib o'zimni o'rinsiz 
koyitgan  ekanman.  Demak,  menga  shunchalik  rahm-shafqat  ko'rsatgani  uchun 
xudodan minnatdor bo'lmog'im kerak. 
Shu  tariqa  fikr-xayol  bilan,  sekin-asta  ilgariga  yurib  bora  berdim,  ammo 
orolning  bu  qismi  men  awal  boshda  uy  qurgan  qismidan  ko'p  a'lo  ekanligiga 
qadam-baqadam ishonch hosil qila bordim. 
Bu yerning go'zal sayroqi qushlari odamni maftun qilardi. 
Bu yerda to'tilar juda ko'p ekan, men bulardan birini tutib olgim keldi; to'tini 
odamshavanda  qilib,  gapirishga  o'rgatmoqchi  bo'ldim.  Ancha  urinishlardan  keyin 
bir yosh to'tini ushlab oldim: kaltak bilan uning qanotiga urgan edim, u uchib keta 
olmadi.  U  karaxt  bo'lib  qolgan  edi,  men  uni  hushiga  keltirib,  uyga  olib  keldim. 
Oxiri men uni otimni aytib chaqirishga o'rgatdim. 
Dengiz sohiliga yetgach, hozirgi yashab turgan joyim orolning eng notavon 
joyi ekanligiga yana bir bor ishondim. 
Bu  yerda  toshbaqa  nihoyatda  ko'p,  orolning  men  turgan  qismida  bo'lsa,  bir 
yarim  yil  mobaynida  atigi  uchta  toshbaqa  topdim,  xolos.  Bu  yerda  turli-tuman 
qushlar nihoyatda ko'p. Men umrimda ko'rmagan va bilmagan qushlar bor. Garchi 
men  otlarini  bilmasam  ham,  ba'zi  qushlarning  go'shti  judayam  shirin  edi.  Men 
bilgan qushlar orasida eng yaxshilari pingvinlar edi. 
Takror aytamanki, bu sohil men turgan sohilga qaraganda har jihatdan ham 
a'lo edi. Ammo shunga qaramay bu joyga ko'chib kelmoqni sira ixtiyor qilmadim. 
O'z kapamda ikki yilcha yashadim, u joyga o'rganib qoldim: bu joyda esa o'zimni 
go'yo  yo'lovchidek,  xuddi  mehmondek  his  qildim,  ko'nglim  bir  xil  bo'lib,  uyga 
qaytib ketgim kelaverdi. 
Sohilga  chiqib,  sharq  tomonga  burildim-da,  qirg'oqni  yoqalab  o'n  ikki 
milcha  yurdim.  Ikkinchi  marta  bu  yerga  boshqa  tomondan  kelaman  degan  fikr 
bilan belgi uchun shu yerga uzun kaltak suqib qo'yib, orqamga qaytib ketdim. 
Men uyga boshqa yo'l bilan qaytib ketmoqchi edim. 
Orol  uncha  katta  emas,  bunda  odam  adashmaydi,  —  deb  o'yladim.  — 
Adashib  qolganimda  ham  tepaga  chiqib  qarayman-u  eski  uyimning  qayerda 
ekanini ko'rib olaman. 
Biroq  katta  xato  qildim.  Sohildan  ikki  milcha  nari  borgandan  keyin,  keng 
vodiyga  tushib  qoldim,  bu  vodiy  qalin  daraxtlar  o'sib  yotgan  bir-biriga  tutash 
tepalardan  iborat  ediki,  o'zimning  qayerda  ekanimni  bilmoqning  ham  sira  iloji 
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi


bo'lmadi.  Men  quyoshga  qarab  yurmog'im  mumkin  edi,  lekin  buning  uchun  shu 
paytda quyoshning qaysi tomonda ekanini aniq bilib olmoq kerak edi. 
Eng  yomon  narsa  shu  bo'ldiki,  men  vodiyda  adashib  yurgan  uch-to'rt  kun 
ichida  havo  bulut  bo'lib, quyosh  sira  ko'rinmadi.  Oxiri  yana  sohilga,  o'zim  kaltak 
suqib ketgan joyning o'ziga qaytib kelishga majbur bo'ldim. 
Bu  yerdan  uyga  avvalgi  yo'l  bilan  keldim.  Kun  juda  issiq,  buning  ustiga 
ko'targan yukim — miltiq, o'q-dori va boltam ham ancha og'ir edi, shutting uchun 
men asta-sekin, yo'lda dam ola-ola oxiri uyga yetib keldim. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish