ROBINZON YANGI UYDA. ECHKI VA ULOQ
Buyumlarimning hammasini, ya'ni ozuqalar, miltiq va boshqa narsalarni
qo'rg'onga tashib keltirish juda qiyin bo'ldi. Men bu ishni zo'rg'a uddaladim.
Bundan so'ng darhol yangi ishga, katta va mahkam chodir tikishga kirishmoq zarur
bo'lib qoldi.
Ma'lumki, issiq mamlakatlarda yomg'ir juda serob bo'ladi va yilning ma'lum
faslida bir necha kungacha muttasil yog'ib turadi. O'zimni namdan saqlamoq uchun
chodirni ikki qavat qildim, ya'ni avval kichik chodirni tikib, ustidan kattasini
yopdim. Katta chodirning ustidan brezent bilan o'radim.
Men endi quruq yerga solingan o'rinda emas, kapitanimiz yordamchisining
juda qulay belanchagiga o'rin solib uxlay boshladim.
Yomg'irda buzilib qolishi mumkin bo'lgan hamma ozuqalarni va
boshqa buyumlarni chodirga keltirdim. Bularning hammasini uyga tashib
kiritgandan keyin, eshik xizmatini o'tab turgan tuynukni ham mahkamlab
bekitdim va boya aytib o'tganim narvon orqali uyga kirib chiqadigan
bo'ldim. Shu tariqa men har qanday xavf-xatardan xoli bo'lgan mustahkam qalada
yashay boshladim, endi xotirjam bo'lib bazo'r uxlay olaman.
Qo'rani bitkazib bo'lib, tepa bag'ridagi g'orni kavlashga tutindim. Bu g'or
xuddi chodir orqasida bo’lganidan, uni yerto'la qilib oldim. Undan kavlab olingan
toshlarni hovliga olib chiqib, qo'ra sahniga terib qo'ydim. Uning ustidan tuproq
to'kdim, shunday qilib hovli sahni bir yarim futcha baland
ko'tarildi.
Bu ishlar ancha vaqtimni oldi. Bu paytda fikrimga ko'p narsalar keldi va bir
necha qiziq hodisalar bo'lib o'tdiki, men shu hodisalarni aytib bermoqchiman.
Bir kuni, men endi chodir tikishga va g'orni kavlashga tayyorlana boshlagan
vaqtimda birdan osmonni qora bulut bosib, jala quyib berdi, so'ngra chaqmoq
chaqib, juda qattiq momaqaldiroq bo'ldi. Bu hodisa kishini hayratda qoldiradigan
hodisa emas, albatta, meni qo'rqitgan narsa chaqmoq — yashin ham emas, ammo
«dorilarim portlab ketsaya!» degan fikr xayolimga yashindan ham tez urildi.
Yuragim orziqib ketdi. Juda qo'rqib ketdim: bir chaqmoq ursa miltiq
dorisining hammasi tamom! Ammo bu dorilar bo'lmasa men o'zimni yirtqich
hayvonlardan ham himoya qila olmayman va ovqat ham topib yeya olmayman, deb
o'yladim. Shunisi hayratda qolarlikki, o'sha paytda, mabodo portlash yuz bersa,
avvalo o'zim halok bo'larman, degan fikr xayolimga ham kelmabdi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Bu hodisa menga shunday ta'sir qildiki, men momaqaldiroq to'xtashi bilanoq
o'zimning joylashish va uyni mahkamlash yo'lidagi hamma ishlarimni yig'ishtirb
qo'yib, darhol duradgorlik va tikuvchilik ishiga tutindim: miltiq dorilarini solib
qo’ ygani xaltachalar tikdim va yashiklar yasadim. Donlarni bir yo'la portlab
ketishdan ehtiyot qilmoq uchun ularni bir necha qismga ajratib, har qaysi
bo’lak dorini alohida saqlash lozim edi.
Ikki haftacha vaqtim shu ishga ketdi. rimning hammasi ikki yuz qirq
qadoqcha edi. Bu dorining hammasini taxminan yuztaga bo'lib, xaltachalarga
joyladim.
Yashikchalar bilan xaltachalarni tepa yorig'ining nam tegmaydigan joylariga
qo'ydim va bu joylarning har bittasini aniq belgilab qo'ydim. Nam tortib qolgan
bochkadagi doridan uncha tashvish tortmadim, chunki u ivib yomon bo'lib qolgan
edi, shuning uchun uni g'orda, «oshxonada» qoldira berdim.
Sayr qilish, shuningdek bu yerning tabiati bilan tanishish, qulay kelib
qolgudek bo'lsa biror jonivorni otib olish maqsadida shu kunlarda men kuniga bir
marta, ba'zi kunlari esa bir necha bor miltiq ko'tarib tashqariga chiqardim.
Bu xil «sayohatga» birinchi daf'a chiqqan kunim orolda echkilar borligini
bildim. Men juda suyundim, ammo bu echkilar juda chaqqon va ziyrak bo'lganidan
ularga yaqin bormoqning sira iloji yo'q edi.
Oradan ko'p o'tmay qiziq bir holning tagiga yetib oldim: echkilar tepa ustida
yurgan vaqtda men pastda paydo bo'lib qolsam, ularning hammasi gala-gala bo'lib
qochadi, agar ular pastda o'tlab yurganda men tepa ustida bo'lsam, ular meni
payqamagandek bo'ladilar. Bundan men bu echkilarning ko'zi boshqacha tuzilgan
ekan, shu sababdan yuqoridagi narsani ko'ra olmaydilar, degan xulosaga keldim.
Shundan buyon men ovga chiqqanimda biror tepalik ustiga chiqib echkilarni
balanddan ota boshladim.
Dastlab otganimda kichikroq bir echkini urdim, yonida uloqchasi bor ekan.
Men unga juda achindim. Onasi yiqilganda u onasi yonidan qimirlamay, pinagini
buzmay, tikilib tura berdi. Shunisi taajjubki, men o'lgan echki yoniga kelib, uni
yelkamga tashlab uyga ko'tarib ketarkanman, haligi uloq orqamdan yugurib kela
berdi. Shu tariqa uygacha keldi. Qo'rg'on yoniga kelganimda echkini yerga qo'yib,
uloqni qo'limga oldim va devordan oshirib hovliga tushirdim. Men uni boqib
o'rgatib deb o'yladim, lekin u hali ovqat yeyishni bilmas edi, shuning uchun uni
so'yishga majbur bo’ldim. Bu ikki jonivorning go'shti menga ancha vaqtga yetdi.
Men ovqatni kam yeb, ozuqalarimni, ayniqsa nonni ehtiyot qilishga harakat qildim.
Uyimni tuzatib joylashib olganimdan keyin, endi pechka qurib olish
yoki hech bo'lmaganda o'choq yasab olish to'g'risida o'ylay boshladim.
Shuningdek o'tinni ham g'amlab olishim zarur edi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Bu vazifani qanday uddalaganim, yerto'lamni qanday kengaytirib olganim,
tirikchiligim uchun zarur bo'lgan narsalarni asta-sekin ro'yobga chiqarganim
to'g'risida keyinroq mufassal so'zlab beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |