ROBINZONNING KULOLCHILIK QILGANI
Yomg'ir yog'ib, uydan tashqariga chiqish mumkin bo'lmagan vaqtlarda, men
ish orasida to'timni gapirishga o'rgatdim. Bu ish menga yaxshi ermak bo'ldi.
Bir necha darsdan so'ng o'z otini bilib oldi, keyinroq esa, ancha vaqt
o'tgandan keyin, u nomini ancha baland ovozda va aniq qilib aytadigan bo'ldi.
Shundan keyin «to'ti» degan so'zni men bu orolda birov tilidan birinchi marta
eshitdim.
Lekin to'ti bilan gaplashmoq men uchun ish etnas, balki ishga bir yordam
edi. Bu vaqtda men juda muhim ish bilan band edim. Idish-tovoqqa juda muhtoj
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
bo'lganimdan, sopol idish yasash haqida ko'pdan buyon bosh qotirar edim-u, lekin
ilojini topolmay yurardim. Sopol bo'ladigan loy yo'q edi. «Kulolchilikka muvofiq
loy topsam, xurmacha, kuvacha yoki kosaga o'xshash bir idish yasay olardim, —
deb o'yladim. — To'g'ri, xurmachani ham, kosani ham o'tda pishirish kerak, ammo
men iqlimi issiq joyda yashayman va bu yerda quyosh har qanday pechkadan ham
yaxshiroq qizdiradi-ku, idishlarim oftobda qurisa ham, ishqilib ancha pishiq
bo'ladi. Uni qo'lda olib yurish mumkin, don va umuman quruq ozuq-ovqatlarni
nam tegizmaslik uchun ular ichiga solib qo'yish mumkin bo'ladi.
Muvofiq loy topishim bilanoq don solib qo'yadigan bir nechta katta xum
yasab olishga ahd qilib qo'ydim. Ovqat pishirish mumkin bo'lgan sopol idishlar
yasash to'g'risida hali o'ylab ham ko'rga-nim yo'q.
Dastlabki vaqtlarda no'noqligim orqasida qanchadan-qancha idishlarimning juda
qo'pol, dag'al va xunuk bo'lib chiqqanini, loyning yaxshi pishitilmaganligi
natijasida qancha idishlarimning darz ketganini va o'z og'irligini ko'tara olmay
o'tirib qolganini bir boshdan so'zlab beraversam, o'quvchi albatta menga achinar,
yo bo'lmasa ehtimolki mening holimga kular edi. Xurmacha va kuvachalarimning
bir xillari, oftobda quritmoq uchun ko'tarib borib yerga qo'yayotganimda yorilib
ketdi; bir xillari esa oftob ko'rmasdanoq chil-chil bo'lib maydalanib ketdi.
Ishqilib butunlari juda foydali buyum bo'ldi. Novdalardan ikkita gajava
to'qidim, xumchalar oftobda yaxshi qurib qotgach, bularni astagina yerdan ko'tarib
haligi gajavalarga solib qo'ydim. Xumchalar bilan gajavalar orasidagi bo'sh
joylarga bular sinmasin uchun sholi va arpa poxolini solib qo'ydim. Dastlab
ishlagan bu ikkita xumimda quruq don asramoqchi bo'ldim. Nam narsalar solsam,
bu idishlar nam tortib qoladi deb qo'rqdim. Keyinchalik donlarni tortib un qilish
yo'lini topsam, u vaqtda bu idishlarga un solib qo'ymoqchi bo'ldim.
Yasagan katta idishlarim ko'ngildagidek chiqмadi. Mayda idishlar: yumaloq
kosachalar, likopлar. xurmachalar, kuvachalar, piyola va shu kabilarni ancha
durust yasadim. Kichkina narsalami yasash oson; buning ustiga ular oftobda tekis
quriydi va shuning uchun mahkam bo'ladi.
Lekin oldimga qo'ygan asosiy vazifam bajarilmay qoldi: menga o'tga
chidash bera oladigan va suv turadigan idishlar yasash kerak, yasagan
xurmachalarim esa bunga yaroqsiz edi.
Bir kuni kabob pishirmoq uchun katta o't yoqib cho'g' qildim. Kabob
pishgach cho'g'ni o'chirmoqchi bo'lgan edim, tasodifan cho'g'lar orasiga tushib
qolgan sopol parchasini ko'rib qoldim, bu sopol xurmachaning sinig'i edi. Sopol
lag'cha ichida qip-qizarib, g'isht singari pishib, toshga o'xshab qotib ketipti. Men
bu kashfiyotdan hayratda qolib, iuda xursand bo'ldim. «Sopol parchasi o'tda qotib
pishgan ekan, demak o'tda sopol idish pishirmoq ham mumkin, degan fikrga
keldim.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Suvga ham, o'tga ham chidash beradigan kuva yasashga muvaffaq
bo'lganimga terimga sig'may suyundim, rostini aytsam, bu kabi oddiy bir voqeaga
olamda hech kimsa menday xursand bo'lmagan bo'lsa kerak.
Kuvachalardan biriga suv quyib, o'tga qo'ymoq va unda go'sht qaynatmoq
uchun, hozirgina olov ichidan olingan kuvachalar sovuguncha zo'rg'a toqat qildim.
Kuvacha juda soz bo'libdi. Echki go'shtidan iuda yaxshi sho'rva pishirdim, agar
sho'rvaga karam, piyoz solganda va tuz tashlab, oz-moz so'k uni solganda u iuda
quling o'rgilsin sho'rva bo'lardi-da.
Endi yorma tosh qilib, un tortish haqida, to'g'rirog'i, yorma qilmoq to'g'risida
o'ylay boshladim; tegirmon to'g'risida gap bo'lishi ham mumkin emas: odamning
ikki qo'li bunday ishning uddasidan chiqolmaydi.
Lekin yorma toshi yasamoq ham oson ish emas; tosh yo'nish hunariga xuddi
boshqa ishlardagidek uquvim yo'q, no'noq edim, buning ustiga menda asboblar
ham yo'q. Men bunga boproq tosh topa-man, deb ko'p kunlar ovora bo'ldim, lekin
hech narsa topmadim. Yorma toshi iuda qattiq va shu bilan birga, ko'z o'ymoq
uchun yaraydigan darajada ancha katta va qalin bo'lmog'i lozim edi.
Mening orolimda tikka qoyalar bor edi, lekin bu qoyalarning hech biridan
qancha urinsam ham yormaga yaraydigan kattaroq parcha sindirib ololmadim.
Buning ustiga bu qoyalar serqum va mo'rt bo'lganidan yorma yorish uchun baribir
yaramas edi: ikki tosh orasiga don solib surganda, bir-birining zarbidan uqalanib
ko'chgan qumlar unga aralashib ketar edi.
Shu tariqa, tegirmon toshi bop tosh qidirishga ko'p vaqtim samarasiz
ketgach, yorma toshi yasash fikridan qaytib, uni yog'ochdan yasash fikriga
tushdim, uni yasamoq uchun material topish ancha oson bo'ldi.
Darhaqiqat, daraxtzordan iuda qattiq, katta bir g'o'la topdim, bu g'o'la iuda
og'ir bo'lganidan uni o'rnidan zo'rg'a qo'zg'atdim. Uni bolta bilan yo'nib bir qadar
o'g'ir tusiga kiritdim, keyin bir oz o'yib, shu o'yilgan ioyni yana kuydirdim.
Braziliyadagi qizil tanli odamlar qayiqni shu yo'sinda yasaydilar. Men bu ishga
ko'p mehnat sarf qildim.
O'g'irni yasab bo'lib, temir deb ataluvchi yog'ochdan dasta qildim. O'g'ir
bilan dastani kelgusi hosil uchun asrab qo'ydim. Mening hisobimga ko'ra, kelgusi
yilda donim ko'payib, uning bir qisмiini un qilmoqqa airatish mumkin bo'ladi.
Endi, g'alladan un tortgach, xamirni qanday qilmoq to'g'risida o'ylay
boshladim.
Avvalo, menda xamirturush yo'q edi; ammo baribir xamirturush qilmoqning
iloji yo'q edi, shuning uchun ham xamirturush to'g'risida bosh qotirmadim. Ammo
pechkasiz qanday qilib non yopaman? Bu chindan ham bosh qotiradigan niasala
edi. Lekin men buning iloiini o'ylab topdim. Kulol loyidan bir necha katta va keng
idishlar yasab, bularni olovda yaxshilab kuydirdim. Bu idishlarni g'alla
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
o'rimidan ancha ilgari yasab omborga kiritib qo'ydim. Men bundan aввal o'choq
qurgan edim. Bu o'choq kvadrat shaklidagi (to'g'risini aytganda, uni kvadrat deb
ham bo'lmas edi) yaxshilab pishirilgan g'ishtdan qilingan edi.
Non pishirish vaqti kelgach, men o'choqqa zo'r o't qaladim. O'tin yonib
bo'lishi bilanoq, cho'g'ni o'choqqa yoyib, yarim soatcha shu holicha turg'izib,
o'choqni yaxshilab qizdirdim. Shundan keyin hamma cho'g'ni bir chekkaga surib
qo'yib, nonlarimni o'choqqa yopdim. So'ngra haligi sopol idishlardan birini olib
kelib nonlar ustiga to'ntarib qo'ydim, idish ustidan esa qo'r yopdim.
Xo'sh, nima bo'pti, deng? Nonim pechkadagidan ham yaxshi pishipti.
Yangi yopilgan nonni huzur qilib yedim. Men umrimda bunchalik shirin taom
yemagan bo'lsam kerak deb o'yladim.
Umuman aytganda, qisqa vaqt ichida usta novvoy bo'lib oldim: men
ko'mach (guruchli somsa) pishirishnigina emas, guruch unidan bo'lka va obinon
pishirishni ham o'rganib oldim. Pirog pishirganim yo'q xolos, chunki menda echki
va parranda go'shtidan boshqa go'sht yo'q edi.
Bu orolga kelganimning uchinchi yili butunicha shu ro'zg'or ishlari bilan
o'tdi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |