Men uni yo'lma-yo'l boqib keldim, bu orada u, uyimdagi jonivorlarga
o'xshab, menga juda elikib gapga kiradigan, yuvosh bo'lib qoldi, menga
o'rganganidan bir qadam ham keyinda qolmay kelaverdi.
Dekabr boshlandi, arpa-sholi unib chiqadigan vaqt yetdi. Mening ekinzorim
uncha katta emas, chunki birinchi yili ekinim qurg'oqchilikda halok ho'lganidan,
atigi nimchorakcha busheldan arpa bilan sholim qolgan edi.
Bu safar hosilning yaxshi bo'lishi kutilardi, oiroq kutilmaganda, butun
hosildan yana mahrum oo'lish xavfi tug'ildi, turli-tuman dushmanlar eknzorimni
payhon qila
boshladilar, — bulardan ekinni saqlab qolmoq gumon. Bu dushmanlar,
birinchidan, echkilar, ikkinchidan esa, men quyon deb yurgan jonivorlar edi. Sholi
va arpaning shirin poyasi ularga juda ma'qul tushibdi: arpa bilan sholi hali bosh
tortib ulgurmasdan ular kecha-yu kunduz ekin ichidan chiqmay yosh poyalarni
qiyrata boshladilar.
Bu dushmanlar hujumiga qarshi qo'llaniladigan birgina vosita bor edi, xolos:
ekinzorni chetan devor bilan to'sish. Men shunday qildim. Chetan devor uch hafta
deganda tayyor bo'ldi.
Chetan devor ko'ngildagidek bo'ldi. U bitguncha, dushmanlarni miltiq otib
qo'rqitdim, kechalari esa itni bog'lab qo'ydim, u tong otguncha vovillab chiqdi. Shu
ehtiyot choralari tufayli dushmanlar meni tinch qo'ydilar, boshoqlar ham don torta
boshladi.
Lekin don torta boshlashi bilanoq yangi dushmanlar paydo bo'ldi: to'da-to'da
mechkay parran dalar uchib kelib, ekinzor tepasida aylana boshlashdi, ular mening
g'oyib bo'lishimni va ekinga yopirilish uchun qulay fursatni poylay boshladilar.
Men ularga qarab shu zamonoq o'q uzdim (miltiqni doim o'zim bilan olib
yurardim), o'q uzilgan hamonoq ekin ichidan boshqa bir guruh parrandalar duv
ko'tarildi, avvalda bularni payqamagan edim.
Men juda tashvishda qoldim.
«Yana shu zayilda bir necha bor yopirilishsa, butun umidlarim puchga
chiqadi, — dedim o'z-o'zimga, — chunki mening boshqa urug'ligim yo'q, donsiz
qolaman.
Nima qilsam ekan? Bu yangi hujumdan qanday saqlanmoq kerak? Hech
qanday tadbir o'ylab topolmadim, lekin nima qilib bo'lsa ham, hatto kecha-yu
kunduz qimirlamay qo'riqlasam ham, g'allamni saqlab qolishga qaror berdim.
Parrandalar qanchalik ziyon keltirganligini aniqlamoq uchun ekinzorni bir
boshdan tekshirib chiqdim. Ma'lum bo'ldiki, g'allaning anchagina qismi nobud
bo'libdi, ammo g'allaning qolgan qismi omon-eson saqlab qolinsa, bu ziyonga
toqat qilmoq mumkin edi. Parrandalar ketishimni poylab yaqin joydagi
daraxtlardan biriga qo'nib turishardi.
www.kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi