minginchi yillarning oxiri, ikki minginchi yillarning boshlarida Krit
orolida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari vujudga keldi.
Shaharlarning tutgan o'rnini hisobga olinib, ba'zida ularni «Saroy
madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg'ulot qishloq
xo'jaligi bo'lib,
bunda don, uzum, zaytun yetishtirilgan. Xo'jalikda
chorvachilik, xunarmandchilik va savdo ham muhim o'rin
tutgan.
XI-IX asrlarning Gomer asri deb atalishi sababi shuki, bu davrni yoritib
beruvchi asosiy manba Gomerning «Odisseya», «Illiada» dostonlari
bo'lgan. Bu davrda davlatchilik, shahar – saroy turmush madaniyati va
yozuv yo'q bo'lib boradi, mehnat qurollarini temirdan yasashga o'tilishi
natijasida mehnat unumdorligi ancha o'sadi, dehqonchilik va
chorvachilik rivoj topadi.Savdo-sotiqda esa ayirboshlash vositasi
qoramollar hisoblangan. Arxaik davrga
xos xususiyatlari shundani
boratki ki, Yunonistonda uch asr davomida qishloqdanshaharga,urug'-
qabilachilik, urug’chilik patriarxatning
munosabatlaridan klassik
qulchilik
bosqichiga
o'tish
uchun
zamin
yaratildi.
«Gretsiya mo''jizasi» nomi bilan tarixga kirgan klassik davrda (er.avv. V-
IV asrlar) qadimgi yunon sivilizatsiyasi va madaniyati yashnab eng
yuqori cho'qqiga chiqdi. Bu davrda yunonlar eronliklar ustidan g'alabaga
erishgach, iqtisodiyot, savdo keng rivojlanadi.Afina O'rta Yer dengizida
eng katta savdo markaziga aylanadi. Afina, Misr, Karfagen, Krit, Suriya,
Finikiyaliklar bilan savdo aloqalarini olib
boradi.Xuddi
shu
davrlarda «Tarix fanining otasi» Gerodot (er.avv. 490-430 yy), atom
nazariyasining asoschisi Demokrit (er.avv. 460- 370 yy), mashhur tabib,
72 ta kitob muallifi Gippokrat (er.avv. 460-375 yy) kabi mashhur olimlar
yashab ijod qilganlar.Taniqli arxitektura inshootlari ichida dunyoning
yetti mo''jizasidan biri Efesdagi Artemida ibodatxonasi bo'lib, unga
yovuzlik timsoli bo'lmish Gerostrat tomonidan o't qo'yilgan edi. qayta
tiklangan ibodatxona qurilishida haykaltaroshlar Praksitel va Skopaslar
tomonidan ishlangan 127 ta ustun ajoyib haykallar va rasmlar aks
ettirilgan edi.
Qadimgi Yunon madaniyatidagi teatr1 sohasida tragediya,
komediya
janrlarining paydo bo'lishi va ravnaqi muhim voqea hisoblanadi. Yunon
teatri qishloq xo'jaligi xomiysi bo'lgan Dionis sharafiga o'tkaziladigan
bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo'shiqlari va o'yinlari asosida
vujudga kelgan. Dionis bayramlari toklar, daraxtlar barg chiqargan
bahorda va kuzda o'tkazilgan. «Tragediyalar otasi» Esxil (525- 458 yy) 90
dan ortiq tragediya yozgan.Esxil o'z tragediyalarida afsonaviy
voqealardan foydalangan bo'lsada, ularda o'z davrining muhim
masalalari keng o'rin tutgan.Yana bir buyuk tragediya shoirlaridan biri
Sofokl (496-406yy) bo'lib, u 120 dan ortiq tragediyalar yozgan.Ulardan
bizgacha yettitasi yetib kelgan, xolos.Afina teatrida dastlab qo'yilgan
«Antigona»,
«Shoh
Edip»
asarlari
unga
shon-shuhrat
keltirgan.Tragediya janri bilan birgalikda komediya1 janri ham vujudga
kelib, rivojlanadi. Komediya janrining otasi Aristofan (450-388 yy)
bo'lib, uning asarlari sodda, tushunarli, xalq tilida yozilgan va hayotning
muhim
masalalari, jumladan, tinchlik muammosi aks ettirilgan.
Jumladan, uning «Tinchlik», «Ayollar xalq yig'inida», «Suvoriylar»
asarlari o'z davrida mashhur
bo'lgan.
Qadimgi Yunon madaniyatining sunggi davri-bu Ellinizm (323-146yy.)
dir. Bu davrda madaniyatning ba'zi sohalarida, jumladan, filsafada
erishilgan yutuqlar darajasidan pasayish holatlari yuz beradi.Bu davrda
yunon madaniyatining boshqa mamlakatlarga, jumladan, O'rta Osiyoga
ta'siri kuchayadi.hatto bu jarayon
Yunonistonning Rimga qaram
bo'lganidan keyin ham davom etadi. Rim Yunonistonni siyosiy jihatdan
tobe etadi.Bu davrda arxitektura sohasida ko'plab hashamatli saroylar,
kutubxonalar, gimnaziyalar, uy-joylar qurildi. Jumladan, Aleksandriyada
799 ming o'ramli kitoblar turadigan kutubxona qurilgan. Arxitektor
Sostratning loyihasi asosida dunyoning yetti mo''jizasidan biri, 120 metr
balandlikdagi Aleksandr mayog'i barpo etilgan.Haykaltaroshlik sohasida
ellinizm
davrida
ba'zida
yirik
shakllardagi
haykallar
ham
yaratilgan.Xususan, Xeros tomonidan yaratilgan quyosh xudosi Gelios
haykali, yoxud dunyoning yetti mo''jizasidan biri 36 metr balandlikda
bo'lgan Rodos orolidagi Koloss Rodosskiy haykali bunga misoldir
(mazkur haykal yer silkinishlari natijasida qulab tushgan). O'sha davrda
yaratilgan Afrodita (Venera), Milosskaya va Nika Samosskaya haykallari
hozirgacha dunyo madaniyatining noyob durdonalari
hisoblanadi.
1.Sodiqlik er.avv. V asrda ibodatxona qurilgan bulib, unda (fuqarolar
o'rtasidagi munosabat, askarlarning o'z boshliqlariga sodiqligi-yorqin aks
ettirilgandi);
2.Jasorat – o'z
ishini bajarishda botirlik, har xil aldov va va'dalarga
berilmaslik,
sotilmaslik;
3.Shon-shavkat – jasorat uchun taqdirlanish va
ulug'lanish;
4. Erkinlik – 238 yili unga atab ibodatxona qurilgan.
Bularga
misollar:
1.Yuniy Brut haydab yuborilgan podsho Tarkviniya tomonidan
uyushtirilgan suiqasdda qatnashgani uchun o'z o'g'illarini o'limga hukm
qilib o'ldirtirgan.
2. Mutsiy Ssevola – Etrussk podshosi Parsenaning harbiy lageriga
josuslik maqsadida borganida qo'lga tushib, o'z irodasining qat'iyligini
ko'rsatish uchuno'z qo'lini olovda kuydirgan edi.Rimliklar
nisbatan
jangovor bo'lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat
hisoblangan. Jangchilarning bosqinchilik yurishlari tufayli Rim
imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo'llar, turar joylar,
jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi
sohasida respublika va imperiya boshqaruvi shakllari yaratilib, bular
takomillashtirib borilgan.Rimliklarning dam
olishi ham asosan bir xil
bo'lgan: hammomlarga borish va u yerdagi mashqlar maydonchalarida
bo'lish, falsafiy sohada suhbatlar o'tkazish, kutubxonalarda shug'ulanish
yoki basseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo'lgan.
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kolizey amfiteatri
o'zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o'zida 50
ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich
chiqarilgan, 10 ming gladiator bir- biri bilan jang qilgan va yirtqich
hayvonlar bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi
yoki o'ldirilishi manzarasini tomosha qilgan.Rimliklar orasida sirk
o'yinlari, ayniqsa 4 ta yoki 6 ta ot qo'shilgan ikki g'ildirakli aravalar
poygasi mashhur bo'lgan. Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik
bayramlar bo'lgan:
Saturnaliya – har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o'tkaziladigan
bayram bo'lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy
farqlarga rioya qilingan. Kambag'allarga sadaqalar berilgan, bir- birlariga
o'zaro tuhfalar ulashganlar.Luperkaliya - xudo Favkaga atalib (chorva
homiysi), qadimgi hosildorlik sehrgarligi bilan bog'liq bayram bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: