Tajriba qismi
Tajriba qismida quyidagilar bajarilishi zarur:
Generator chastotasining har xil qiymatlarida RL-zanjir elementlaridagi kuchlanishni o'lchang(R va L o'zgarmas);
Generator chastotasining har xil qiymatlarida RL-zanjir kuchlanishi va RL- zanjir toki orasidagi faza siljishlarini o'lchang (R va L o'zgarmas);
Tajriba natijalarini hisoblash natijalari bilan taqqoslang va o'tkazilgan hisoblashlar to'g'riligiga ishonch hosil qiling;
R va L ning har xil qiymatlarida (generator chastotasi o'zgarmas) RL-zanjir elementlaridagi kuchlanishni o'lchang;
R va L ning har xil qiymatlarida (generator chastotasi o'zgarmas) RL-zanjir kuchlanishi va RL-zanjir toki orasidagi fazalar siljishini o'lchang.
3-rasmda o'lchashlar o'tkazishning prinsipial sxemasi keltirilgan. Past chastotali generator (chiqish G1 «0 dB») garmonik tebranishlar manbai bo'lib xizmat qiladi. PV1 voltmetr UG generatorning chiqish kuchlanishini o'lchash uchun ishlatiladi. UR rezistordagi kuchlanish PV2 voltmetr bilan o'lchanadi. Zanjirdagi tok hisoblash yo'li bilan aniqlanadi:
3-rasm . O’lchashlarni o’tkazishning prinsipial sxemasi.Qurilma elementlarini ulash sxemasi 4-rasmda tasvirlangan. Kuchlanishni o'lchash xatoligi kam bo'lishi uchun PV1 va PV2 voltmetrlarni umumiy nuqtaga «minusini» ulash kerak («laboratoriya qurilmasining texnik tavsifiga qarang»).Voltmetr PV1 o'lchash chegarasini 2 V ga PV2 voltmetrning o'lchash chegrasini 2 ga teng qilib tanlang. (o'lchashlarni o'tkazish jarayonida boshqasiga o'zgarishi mumkin). Voltmetrlarning ish rejimlarini o'zgartirish tumbleri o'zgaruvchan kuchlanishni o'lchash holatiga o'nating. Past chastotali generator chiqish kuchlanishi rostlagichini soat miliga qarshi oxirigacha burang. Yig'ilgan sxemani o'qituvchiga ko'rsating. Yig'ilgan sxemani o'qituvchi tekshirgandan so'ng qurilmani tarmoqqa ulang.
4-rasm. Qurilma elementlarini ulash sxemasi
Past chastotali generatorning chiqish kuchlanishini UG= 1 V qilib o'rnating. Keyinchalik ushbu kattalikni o'zgarmas qilib ushlab turing.
2-jadvalda keltirilgan qiymatlarga mos holda generator chastotasini o'rnatib PV2 voltmetr va fazometr (ф ning ko'rsatishlarini jadvalga kiriting 2-jadvalga kiriting.
2-jadval
UG- 1 V ,R - 50 Ом , L = 20 mGn
F, kHz
|
0,5
|
1
|
2
|
5
|
10
|
20
|
50
|
uR,v
|
0,618
|
0,366
|
0,193
|
0,078
|
0,039
|
0,02
|
0,008
|
I, mA
|
12,36
|
7,31
|
3,85
|
1,57
|
0,79
|
0,39
|
0,16
|
ф1 , daraja
|
51,49
|
68,3
|
78,75
|
85,45
|
87,72
|
88,86
|
89,54
|
uL,v
|
0,079
|
0,931
|
0,981
|
0,997
|
0,999
|
1
|
1
|
O'lchashlarni o'tkazib bo'lgandan so'ng past chastotali generatorning chiqish kuchlanishini soat miliga qarshi oxirigacha burang.UL chulg'amdagi kuchlanishning qiymatini olish uchun 5-rasmga muvofiq o'lchash sxemasini o'zgartiring. Bu bilan zanjir rejimi o'zgarmaydi, lekin PV2 voltmetr chulg'amdagi kuchlanishning ko'rsatishini, fazometr esa generatorning chiqish kuchlanishi va chulg'amdagi kuchlanish orasidagi fazalar siljishini ko'rsatadi. 6-rasmda qurilma elementlarining ulash sxemasi keltirilgan.
5-rasm. O’lchashlar o’kazishning prisipial sxemasi
6-rasm. Qurilma elementlarini ulanish sxemasi.Yig'ilgan sxema o'qituvchi tomonidan tekshirilgandan so'ng past chastotali generator chiqish kuchlanishini Ug= 1 V qilib o'rnating. Ushbu kattalikni keyinchalik o'zgartirmang.
2-jadvalda keltirilgan qiymatlarga mos holda generator chastotasini o'rnating, UL ning qiymatini ( PV2 voltmetrning ko'rsatishi) va Ф2 fazometrning ko'rsatish qiymatini 2-jadvalga kiriting. O'lchashlarni oxirida past chastotali generatorning chiqish kuchlanishini rostlagichini soat miliga qarshi oxirigacha burang.1 va2 jadvallardagi ma'lumotlarni taqqoslang. Ma'lumotlardagi bo'lishi mumkin bo'lgan tafovutni tushuntiring.L= 20 MGn induktiv chulg'am o'rniga 10 MGn induktiv chulg'amni ulang.Past chatotali generator chastotasini F = 5kHz qilib o'rnating. Past chastotali generator chiqish kuchlanishini Uq= 1 В qilib o'rnating. PV2 voltmetr va fazometr ko'rsatkichlarini 3-jadvalga yozing. Tok I ning qiymatlarini hisoblang va ularni 3- jadvalga kiriting.
3-jadval
FG= 5 kHz va har xil R va L larda tajriba natijasida olingan RL-zanjir parametrlari qiymatlari
|
R = 50 Ом L = 10MGn
|
R=100 Om L-20MGn
|
uR,v
|
0,155
|
0,155
|
I, mA
|
3,104
|
1,552
|
(ф1 , daraja )
|
80,96
|
80,96
|
uL,v
|
0,987
|
0,987
|
|
Past chastotali generatorning chiqish kuchlanishi regulyatorini soat miliga qar shi oxirigacha burang. Zanjirga resistor R= 100 Om va induktiv chulg'am L=20 MGn ni ulang. Past chastotali generator chiqish kuchlanishini UR= 1 V qilib o'rnating. PV2 voltmetr va fazometr ko'rsatkichlarini 3-jadvalga yozing. Тоk I ning qiymatini hisoblang va ularni 3-jadvalga kiriting.3 va 4 rasmlarga muvofiq o'lchash sxemasiga qayting.R = 100 Om , L = 20MGn bo'lganda o'lchashlarni o'tkazing. Natijani 3- jadvalga kiriting. R = 50 Om , L = 10 MGn bo'lganda o'lchashlarni o'tkazing. Natijani 3- jadvalga kiriting.5 kHz chastotaga mos keluvchi 3-jadvaldan tajriba natijalarini 2-jadvaldagi ma'lumotlar bilan taqqoslang. Zarur xulosalar chiqaring.
Nazorat savollari
Qanday toklar va kuchlanishlar garmonik deyiladi? Ular qanday parametrlar bilan tavsiflanadi?
Sinus yoki cosinus qonuniga bo’ysunib tebranadigan kattaliklarga garmonik deyiladi.
Davriy tebranishli tok (kuchlanish) ning ta'sir etuvchi qiymati deb nimaga aytiladi? Garmonik tok yoki kuchlanishning ta'sir etuvchi qiymati nimaga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |