13
poyabzali, qadoqlash uskunalarining yirik ishlab chiqaruvchilari
hisoblanadi.
Mahsulotning xalqaro hayotiylik davri tamoyili Amerikalik iqtisodchi
R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning
hayotiylik davri
nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar
bilan chiqishda tez o‘zgaruvchan kon’yunktura va o‘tkir raqobat kurashi
sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har
qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi:
1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi. Ushbu bosqich mahsulotning
konstruktiv xususiyatlari va texnik tavsiflari xaridorlar tomonidan hali
to‘la o‘rganilmagan vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning
egallanmaganligi, yangi tovarga talab o‘sishining sekin kechishi bilan
ifodalanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi mahsulotga e’tibor
berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi sekin
o‘sa boshlaydi.
2-bosqich – xarid hajmining ko‘payish bosqichi.
Ushbu bosqichda
tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan
olinishi evaziga talabning o‘sishi bilan bog‘liq holda ishlab chiqarish va
xarid hajmi ko‘payadi. Bu birinchi bo‘lib ommaviy mahsulot ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti
hisoblanadi.
3-bosqich – bozorni to‘ldirish bosqichi. Ushbu bosqich xaridorlarning
asosiy qismini ushbu tovarga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini qondirib
bo‘lganligi, uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o‘zlashtirila
boshlanganligi va raqobat belgilari paydo bo‘lganligi bilan tavsiflanadi.
4-bosqich – kamayish bosqichi. Ushbu bosqichda mahsulotning
hayotiylik davrini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past
ishlab chiqarish xarajatlariga ega bo‘lgan, ko‘pincha, rivojlanayotgan
mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo‘li bilan ko‘chiriladi. Bu
mamlakatlarga ushbu
mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni
ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqarish
rivojlantirilishi natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish
qisqaradi.
Bevosita xorijiy investitsiyalar bevosita sarmoyador firma va qabul
qiluvchi firma o‘rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga
mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalardir. Bu munosabatlarda bevosita
investorning maqsadi qabul qiluvchi mamlakatda korxonani boshqarishni
tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatish va uning faoliyatini nazorat qilish
14
hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli mamlakatlarning
firmalari o‘rtasida dastlabki bitimning boshlang‘ich
bosqichi sifatida
xizmat qilib, shuningdek, ular o‘rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni o‘z
ichiga oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’yektlari sifatida asosiy
ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog‘liq firmalar ham faoliyat
ko‘rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish
mamlakatini tanlashda iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bank foizi va kredit
shartlari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish xarajatlari, tashqi
qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi
qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan xorijlik investorlar ,
asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga
qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir
huquqlar, shu jumladan intellektual
mulkka doir huquqlar, shuningdek,
xorij investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston
Respublikasi hududida xorij investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga
sazovor bo‘lib, bunda mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil
amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil
bo‘lib kelmoqda. O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga
yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga
yo‘naltirilgandir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi.
Mamlakatimizda
,
bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya
qilish,
texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin
oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, “
…
bu
dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va
texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun
kuchli
turtki
beradigan
va
jahon
bozorida
raqobatdoshligini
ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish
bo‘yicha maqsadli loyihalarni o‘zida mujassam etishi darkor”.
Do'stlaringiz bilan baham: