Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
8.3.1- jadval 
TMK aloqalarining ko‘pdarajaliligi 
 
Daraja 
 
Firma nomi 
 
Xorijiy filiallar soni 
 

“Mattel” (AQSh) 
26, shu jumladan “Mattel GmbH” 
(Germaniya) 
II 
“Mattel GmbH” (GFR) 
11, shu jumladan “Mattel AG” 
(Shveysariya) 
III 
“Mattel AG” (Shvetsariya) 

Jami 
39 
Oxirgi yillarda shakllanish va o‘z mavqeyini mustahkamlash 
bosqichida turgan Rossiya TMKlari jahon tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish 
bozorida 
o‘z faoliyatini 
faollashtirmoqda. 
Jumladan, 
Rossiya 
kompaniyalarining MDH mamlakatlaridagi eng yirik aktivlar xaridlari 1-
jadvalda ko‘rsatilgan. 
Zamonaviy TMKlarga o‘xshash bir qator Rossiya xalqaro 
kompaniyalari Sovet Ittifoqi davridayoq shakllangan edi. Ularga 
“Ingosstrax”, “Aeroflot” va ko‘plab tashqi iqtisodiy birlashmalar kiradi. 
Rossiya TMKlari yoqilg‘i-energetika, telekommunikatsiya va boshqa 
sanoat tarmoqlarida samarali rivojlanmoqda. Masalan, “Gazprom” RAJ 
tabiiy gazni qazib chiqarish va eksport bo‘yicha 100 % monopolist bo‘lib, 
u dunyo bo‘yicha topilgan tabiiy gaz zaxiralarining 34 %ini nazorat qiladi 
va G‘arbiy Yevropa talabining 20 %ini ta’minlaydi. Rossiya gaz 
gigantining 
jahon 
bozoridagi 
muvafaqqiyatli 
faoliyati 
qudratli 
korporatsiyalarning bozor iqtisodiyoti davrida sezilarli yutuqlarga 
erishishlari 
mumkinligini 
ko‘rsatmoqda. 
Masalan, 
neft 
sanoati 
yetakchilariga mansub Rossiya “Lukoyl” kompaniyasining turli 
mamlakatlardagi filiallarida ishlab chiqarishni vertikal integratsiyasi qabul 
qilingan, ya’ni neft qazilmasining bir qismi benzin, dizel yoqilg‘isi, 
mazut, mashina moyi va aviatsiya kerosiniga qayta ishlanadi. 1998-yilda 


184 
“Lukoyl” va Amerikaning “Konako” kompaniyasi Rossiyaning Timano-
Pechorsk neft-gaz hududida yangi neft konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha 
memorandum imzoladilar. Hozirgi vaqtda bir qator Rossiya TMKlari 
(Gazprom, Lukoyl, MTS, Bilayn va hokazo) O‘zbekiston hududida ham 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Xalqaro xo‘jalik aloqalarining TMK kabi samarali shaklining 
imkoniyatlari MDH mamlakatlari kompaniyalarining moliyaviy, texnik va 
ilmiy resurslarini birlashtirish uchun yana ham kengroq qo‘llanilmoqda. 
Bu kabi TMKlarni tuzish uchun moliyaviy sanoat guruhlari (MSG) asos 
bo‘lmoqda. 
MDH 
mamlakatlariga 
tegishli 
yuridik 
shaxslarni 
birlashtiruvchi bu guruhlar transmilliy MSG – TMSG sifatida ro‘yxatga 
olinadi. Ular yagona texnik tuzilma, marketing, moliyaviy siyosat 
o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi. Hukumatlararo kelishuvlar asosida 
TMSG tashkil etilganda ularga davlatlararo moliyaviy sanoat guruhlari – 
DMSG maqomi beriladi. MDH mamlakatlarini TMKlarining millati ular 
ro‘yxatdan o‘tgan joyga qarab aniqlanadi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish