Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


TIFNI SUG‘URTA QILISHNI TASHKIL ETISH



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

5.2.
TIFNI SUG‘URTA QILISHNI TASHKIL ETISH
VA UNI HUJJATLASHTIRISH
Zamonaviy tashqi savdo va dengiz tashuvlari sug‘urtasiz
mavjud bo‘la olmaydi. Ko‘p hollarda sug‘urta shartnomalari
savdo bitimlarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urtani kim va kimning hisobidan olib borishi bu bitimlar
tuzilayotganda hal qilinadi.
Xalqaro savdoda uning shakllari ko‘pligidan u yoki bu tovar
bilan savdo shartlari va ular tomonidan kelishilgan savdo
shartnomalari profillari ishlab chiqiladi. Bu profillarda bitimda
tomonlar tomonidan olinadigan tovarlar bahosini yaratish
mexanizmi beriladi.
SIF, KAF, FOB va FAS qisqartmalari bilan 4 xil asosiy
savdo bitimlari keng tarqalgan.
SIF inglizcha so‘z bo‘lib, tovarlar bahosi, sug‘urta va fraxt
degan ma’noni anglatadi. Bu shartnomaning maxsus ko‘rinishi
bo‘lib, unda asosiy oldi-sotdi shartnomalari masalalari maxsus
asoslarda yechiladi:
— xaridorga o‘tish davrida bexosdan halokatga uchrash xavfi,
tovarning shikastlanishi yoki boshqaga o‘tishi sotuvchining


1 0 9
vijdonli harakati, hisoblar tartibi va boshqa masalalar ko‘rib
chiqiladi. SIF sharoitlarida tovar sotilganda sotuvchi yukni
tushirishidan boshlab dengiz portiga olib borishi, uni kema
bortiga ortishi, tonnajni fraxtlashi, fraxtni to‘lashi, yukni yil
davomida egasiga yetib borguncha dengiz xavflaridan sug‘urta
qilishi va xaridorga yukni jo‘natish bo‘yicha barcha kerakli
hujjatlarni jo‘natishi shart.
Angliya, Germaniya, Fransiyada va boshqa mamlakatlarda
mazkur qoidalarni qo‘llash jarayonida qo‘shimchalar ko‘rinishida
bu mamlakatlarning urf-odatlari; bitimlar shartlarining o‘ziga
xosligi u yoki bu yuklarning xususiyatlaridan kelib chiqib
tavsiyalar ishlab chiqilgan (masalan, un, o‘simlik yog‘i, don,
paxta va boshq.).
Ba’zi hollarda bu tavsiyalar rasmiy hukumat aktlari bilan
rasmiylashtiriladi. Ammo ular, asosan, tavsifiy depozit
xarakteriga ega bo‘lib, bu narsa xalqaro savdoda har xil bitim
va tipovoy shartlarning proformalari, shuningdek, SIF bitimlari
shartlarining har xil talqinlari yuridik jihatdan tekshirilishi va
qo‘llanilishi mumkin.
1936-yildan to 1956, 1980, 1990-yillargacha xalqaro savdo
palatasi xalqaro savdo shartnomalarining talqini va norasmiy
kodlash, shakllangan odatlarni qabul qilib, keng tarqalgan tashqi
savdo terminlari va tijorat tushunchalarini birlashtirish borasida
katta ishlarni amalga oshir.
Bu ish natijasida «Inkoterms — 2000» deb nomlangan yig‘ma
axborot materiali vujudga keldi va xalqaro savdo amaliyotida,
shuningdek, SIF shartlaridagi bitimlarda keng qo‘llanila
boshladi. 2000-yilgacha (1936, 1953, 1967, 1976, 1980, 1990,
2000) yillar tahririda chiqdi. Shu yillarda xalqaro savdoda yuzaga
kelayotgan amaliyotni hisobga oluvchi o‘zgarishi va qo‘shim-
chalar qoidalarga kiritildi.
«Inkoterms — 2000»ning maqsadi tashqi savdodagi oldi-
sotdi shartnomalarida qo‘llaniladigan eng muhim atama va
tushunchalarni talqin qilish bo‘yicha yagona xalqaro qoidalarni
o‘rnatishdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu qoidalarning
qo‘llanishi majburiy emas, ammo ularni hozirgacha bo‘lgan
noaniq qoida va talqinlardan ko‘ra aniq va bir xil xalqaro qoida-
larni afzal ko‘ruvchi savdo bitimlari qatnashchilari qo‘llashlari
mumkin.


1 1 0
KAF bitimlari — inglizcha so‘z bo‘lib, qiymat va fraxt degan
ma’noni anglatadi, yetkazib berish KAF bitimiga ko‘ra sotuvchi
o‘z hisobidan manziligacha shartnomada ko‘rsatilgan dengiz
tashuvi shartnomasini tuzishi va yukni kemagacha olib borishi
zarur. Sug‘urta majburiyati xaridorda bo‘ladi.
FOB bitimlari o‘z nomini inglizcha «bortda erkin» ifodasidan
olgan. Bu turdagi bitimga ko‘ra sotuvchi, xaridor fraxtlashdan
kemaga yukni ortishi zarur. U tovarni tashish vaqtiga sug‘urta
qiladi. Odatda, ichki punktdan ortish partiyagacha va keyinchalik
oxirgi yo‘nalish nuqtasigacha amalga oshiriladi.
FAS bitimlari inglizcha «bort bo‘yicha erkin yoki kema borti
bo‘yicha erkin» ifodasini bildiradi.
FAS bitimlarining mazmuni FOB bitimlariga o‘xshaydi,
birgina farqi shuki, FOB bitimiga ko‘ra sotuvchi tovarni kemaga
ortadi va tovar kema bortiga o‘tishi bilan xavf xaridor zimmasiga
o‘tadi, FAS bitimiga ko‘ra esa sotuvchi yukni kemaga olib keladi,
lekin javobgarlik uning o‘zidan soqit qilinmaydi.
Dengiz yuklarini sug‘urta qilish shartnomasi sug‘urtachining
yozma arizasi asosida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi zarur.
Yukning aniq nomi, qadoqlash turi, joylar soni, yukning og‘irligi,
konosament yoki boshqa yo‘l hujjatlari raqami va kunlari;
kemaning nomi, qurilgan yili, bayrog‘i va yuk sig‘imi; yukning
joylashishi; joylashish nuqtalari, qayta ortish va borish nuqtalari;
kemaning jo‘natilish vaqti, yukning sug‘urta summasi, sug‘urta
shartlari.
U yoki bu modifikatsiyasi guruhlari London sug‘urtachilari
institutining butun xavflar uchun javobgarlik, qisman avariya
uchun javobgarlik bilan; halokat holatlaridan tashqari
shikastlanishlar uchun javobgarliksiz kabi namunaviy shartlariga
to‘g‘ri keladi.
Barcha xavflar uchun javobgarlik sharti eng ko‘p tarqalgan,
ammo u «barcha xavflarni» qoplamaydi. Bu shartlardan quyidagi
shikastlanishlar mustasnodir. Yukning har xil harbiy harakatlar
oqibatida shikastlanishi yoki radiatsiya xavfi; sug‘urtachi yoki
uning vakillari sovuqqonligi oqibatidagi shikast, yuk tashish va
saqlash qoidalarini qo‘pol ravishda buzish, yong‘in yoki portlash,
sug‘urtachiga bildirmasdan yuk bilan bir joyda portlash xavfi
bo‘lgan moddalarning joylashtirilishi, yukning kemiruvchi
hasharotlar tomonidan shikastlanishi; yukni tashish va to‘lov
muddatini cho‘zish.


1 1 1
Qisman avariya uchun javobgarlik shartlari birinchisidan farq
qilib, unda qoplanishi kerak bo‘lgan shikastlarning aniq ro‘yxati
mavjud. Tabiiyki, bu yerda sug‘urtachining javobgarligi kam.
Bu shartga ko‘ra «Barcha xavflar» sharti bilan qoplanmagan
barcha xavflar bu o‘rinda ham javobgarlikdan mustasnodir.
Shikastlar uchun javobgarliksiz sharti sug‘urta shartlarining
ro‘yxatidagi halokatdan tashqari, umuman, avariya uchun
javobgarlik bilan birgalikdagi shartlariga mos keladi. Farq
shundaki, oxirgi shart bo‘yicha sug‘urtachi oddiy sharoitlarda
faqat yuk yoki uning qismiga to‘la nobud bo‘lganligi uchun
javobgar bo‘ladi.
Polis bo‘yicha huquq va manfaatlarini o‘tkazish yoki sug‘urta
bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summadan o‘tkazish
sug‘urtachi yoki uning vakilining shu o‘tkazishlar to‘g‘risidagi
imzolangan yozma roziligisiz amalga oshirilmaydi va tan
olinmaydi ham.
Konteyner sotish hollarida uning sotilgan kunidan boshlab
sug‘urta bekor qilinadi. Sug‘urta shartnomasi sug‘urtachi
tomonidan bekor qilinsa, netto mukofot ulushiga teng ulush
qaytariladi. Shartnoma sug‘urtalovchi tomonidan bekor qilinsa,
tomonlar tomonidan kelishilgan mukofot qaytariladi.
Konteynerlardagi barcha xavflardan sug‘urta qilish
shartlarining maxsus sharti sug‘urtachini musodara etish, bosib
olish, qamash, taqiqlash yoki ushlab turish va ularning oqibatlari
va boshqa shunday harakatlar qilishga urinish bilan kelib
chiqadigan yo‘qotish bo‘yicha javobgarlikdan ozod etiladi.
Bundan tashqari, mazkur bu shart qoidalariga ko‘ra sug‘urtachi
oldindan aniq bo‘lmagan harakatlar yoki harbiy harakatlar, ular
to‘g‘risida e’lon qilinganidan qat’iy nazar ular oqibatidan kelib
chiqqan shikastlanishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Cug‘urta fuqarolar urushi, inqilob, qurolli chiqish,
qo‘zg‘olon, fuqarolar to‘qnashuvlari va qaroqchilik harakatlari
oqibatidagi yo‘qotishlar uchun ham javobgar bo‘lmaydi.
Sug‘urta shartnomasini tuzish sug‘urtachining yozma arizasi
asosida olib boriladi, unda obyekt to‘g‘risidagi quyidagi asosiy
axborotlar bo‘lishi kerak: konteynerlar turi, hajm ko‘rsatkichlari,
baho, tashuvchi kema nomi, kemaning reysga chiqish vaqti,
jo‘nash nuqtasi, yukning yetib borish nuqtasi va boshqalar.
Sug‘urta qilingan yukning sug‘urtada qayd qilingan hollarda
shikastlanganini isbot qilish sug‘urta qiluvchi zimmasida bo‘ladi.


1 1 2
Agar shikastlanish shartnoma shartlariga to‘g‘ri kelmasa, to‘lov
kemani yoki konteynerni ta’mirlash ishlariga teng summadan
avariya vaqtidagi qismlarning eskirganligini hisobga olish bilan
to‘lanadi.
Paydo bo‘lgan bahslarni hal qilish uchun shartnomalarda
arbitraj ajrimi, joyi va tartibi ko‘rsatiladi.
Konteynerlarni sug‘urta qilishning «to‘liq halokatdan» deb
nomlanuvchi boshqa shartnomalarida faqat konteyner
halokatidan kelgan zarar to‘lanadi hamda sug‘urta shartlariga
ko‘ra konteynerlarni saqlab qolish va sarflarning oldini olish
yoki kamaytirish bo‘yicha xarajatlar, konteynerga umumiy
avariyadan tushadigan qismi to‘lanadi. Sug‘urtaning bu sharti
bo‘yicha konteynerlarni ta’mirlash uchun xarajatlar (umumiy
avariya holatidan tashqari) to‘lanmaydi. Boshqa hollarda bu
ikki shart turlari o‘xshashdir.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish