Biogenetik nazariyada insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bolib, ana shu omil bilan ozaro bogliqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirish bosh maqsadi biologik determinantlrga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonining ozi, dastavval biologik universal bosqichich sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonun F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun organning rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga i kurashdi muayyan darajada tarixiy rol oynagan. Biroq unda organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qopol xatolarga yol qoyilgan. Jumladan, biogenetik qonunlarga kora, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.
Nemis psixologi V.SHterining fikricha, chaqaloq (yangi tugilgan bola) hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach u psixik rivoji jixatidan faqat maymun darajasiga tenglashadi, ikki Yoshida oddiy odam holiga keladi, besh Yoshlarida ibtidoi gala holidagi odamlar darajasiga etadi, maktabga kirgandan boshlab ibtidoi davrni boshdan kechiradi, kichik maktab Yoshida uning ongi orta asr kishilari darajasiga, nihoyat etuklik davri (16-18 Yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining manaviy darajasiga erishadi.
S.Xoll rekapitulyasiya qonunni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik osishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, godaklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy mashguloti ovchilik va baliqchilik bolgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 Yoshlardagi osish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi etilishidan (12-13 Yoshdan) boshlanib etuklik davrigacha (22-25 Yoshgacha) davom etadi, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar boron va tazyiqlar, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bolib, odamda individullik tuygusi vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi oz navbatida tanqidiy muloxazalar manbai vazifasini otaydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis konstitutsion psixologiyasi (insoning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi)tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipii va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipii Bilan osishining xussiyati ortasida ozviy bogliqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: (sikloid (tez qozgaluvchi, his-tuygusi ot beqaror) va shizion (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuygusi cheklangan)Larga ajratadi. Bu taxminni Yosh davrlari, xususiyatlariga ham tadbiq etib, osmirlar sikloid xususiyatli, ospirinlar esa shizoid xususiyatliligini takidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik shartlardan sifatlar hamisha etakchi va hal qiluvchi rol oynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazaryaning namoyondalari - amerikalik psixologlar A.Gezelli va S.Xoll rivojlanishning biologik madeliga tayanib ish koradilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari ozaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol korinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida oz ifodasini topgan. Uning talmotiga binoan shaxsning barcha xatti-xarakatlari (xulq) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bogliqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi korinishi sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda roy beradigan ozgarishlarni jamiyatning strukturasi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofdagi odamlar Bilan ozaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga kora inson biologik tur sifada tugilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita tasiri ostida shaxsga aylanadi.
Garbning eng muhim nazariyalaridan biri rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga kora jamiyat ozining har bir azosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-xarakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bolgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar Bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
AQSHda individual tajriba va bilimlarni ozlashtirish (konikish) nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariya binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati, konikmalarni egallashi va bilimlarni ozlashtirishi qozgatuvchining barqarorligiga bogliqdir.
K.Levin taviya qilgan fazoviy zarurat maydoni nazariyasi oz davrida muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga kora shaxsning xulqi (xatti-xarakati) psixologik kuch vazifasini otovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) Bilan boshqarilib turiladi, buk uchli fazoviy zarurat maydonning kolami va tayanch nuqtasiga yonalgan boladilar.
YUqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini ozgalar uchun yopiq va maxfiy muxitning xussiyatlaridan kelib chiqqan xolda tushuntiradi, bunda u odam xoxshini yoki xoxlamasligidan qatiy nazar, mazkur sharoitga moslanmogi (konikmogi) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Psixologiyada psixologik yondashish ham avjud bolib, u biogenik va sotsiogeneik omillarning qimmatini kamentmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojalanishi birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yonalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yonalishlar oz mohiyatini, kechishi va mahsuli jixatidan keskin farqlanadi.
Psixikaning irratsion (aqliy bilish jarayonaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalarida biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U insoning umrini oziga xos betakror xususiyatlarga molik 8 ta davrga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |