Uchinchi davr - oyin Yoshi deb ataladi va unga 5-7 Yoshli bolalar kiradi. Bu davrda tashabbus tuygusi, qandaydir ishlarni amalga oshirish, bajarish mayli tarkib topadi. Mabodo boladagi hoxish-istakni royobga chiqarish yoli tosib qoyilsa, buning uchun u ozini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur davrda davra, yani guruh oyinlarga, tengqurlari bilan muloqotga kirishish muhim ahamiyat kasb etadi: bola turli rollar bajarib korishiga, uning hayoloti osishiga imkon yaratadi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuygusi, uni tushunish mayli tugila boshlaydi.
Tortinchi davr maktab Yoshi boladagi asosiy ozgarishlar: kozlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tarishqoqlik bilan ajralib turadi.
Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Bu Yosh davrning salbiy jihatlari (illatlari) ham bolib, ular ijobiy hislatlari etarli bolmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni hal qilshda aql-zakovat darajasining pastligi, bilimlarni ozlashtirishdagi qoloqlik va hokazolardir. Xuddi shu davrdagi shaxsning mehnatga munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr - ospirinlik betakror xislati, oziga xosligi, boshqa odamlardan keskin farqlanishi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, ospirinlik davrida shaxs sifatida noaniqligi muayyan rolni uddalamaslik, qatiyatsizlik singari salbiy sifatlarga ham egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati rolini kechiktirish ning ozgarishi hisoblanadi. U ijtimoiy hayotda bajarayotgan rollarning kolami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyatiga ega bolmaydi, shuningdek, rollarda ozini sinab korish bilan cheklanadi, xolos. Erikson ospirinlarda ozini ozi anglashning psixologik mexanizmlarini batafsiltahlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qozgatuvchi) jarayonlarni va ularning turli korinishlari namoyon bolishi bayon qiladi.
Oltinchi davr - Yoshlik boshqa jinsga psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Bunda ayniqsa, jinsiy mayl alohida orin tutadi. Bundan tashqari, Yoshlik tanxolikni yoqtirish va odamovilik kabi yoqimsiz xususiyat bilan ham farqlanadi.
Ettinchi davr etuklik davrida hayotiy faoliyatning barcha sohalarida (mehnatda, ijodiyotda, gamxorlikda, pusht qoldirishda, tajriba ozatish va boshqalarda) mahsuldorlik tuygusi ozluksiz hamroh boladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifani bajaradi. SHuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda torgunlik tuygusi salbiy xususiyat sifatida hukm surishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |