Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Iqtisodiy tuzilma rasionalligi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 
8.5. Iqtisodiy tuzilma rasionalligi 
Buyuk Britaniya bozor munosabatlari va uning mexanizmlari ta’siri tufayli 
iqtisodiy tuzilmaning eng rasional darajasini ta’minlay oldi. YAIM tuzilmasida 
20%dan ortiqrog`i sanoatga, 2% qishloq xo`jaligi va 70% xizmatlar sohasiga to`g`ri 
keladi. Bunday iqtisodiy tuzilmada xuddi moddiy asos zaiflanib nomoddiy xo`jalik 
asos bo`lib qolgandek tuyiladi. Amalda esa yuqori industrial daraja sanoat ishlab 
chiqarishining eng rivojlanish darajasiga erishib, yuqori darajali unumdorlik 
ta’minlanganligi va moddiy ishlab chiqarish miqdor jihatdan o`z cho`qqisiga 
chiqqaanligini ifodalaydi. Endi sanoat miqdoriy va ekstensiv o`sish emas, balki 
tuzilmaviy, intensiv o`sishgagina asoslanganligini ko`rsatadi. 
Demak, miqdoriy jahatdan xizmat ko`rsatish tarmoqlarining ustunligi 
ta’minlanganligi va bu sohadagi ehtiyojlarni qondirish iqtisodiy rivoj asosini 
belgilashligi zarurligini bildiradi.
Sanoat, uni moddiy ishlab chiqraish ham o`z rasional tuzilmaligi bilan eng 
samarali darajaga yetishi Buyuk Britaniya iqtisodining ijobiy natijalaridan 
hisoblanadiki, bunda ham bozor mexanizmlaridan talab va taklifning ta’sirini 
ko`ramiz. 
Xarajat va xomashyoni ko`p talab etuvchi, ekologik talabni oshiruvchi ishlab 
chiqarish imkoni boricha qisqartirilib, eng samarali tarmoqlar rivojlanishiga sharoitlar 
ko`proq yaratilgan. Iflos va chiqindilar bilan ko`proq bog`langan, ish kuchini ko`p 
talab etuvchi tarmoqlar deyarli mamlakat hududidan chiqarilib, bulardagi kapital 
xomashyoviy va arzon ish kuchi mavjud mamlakatlarga chiqarilgan. Bunga ayniqsa 


211
ish o`rinlarining qimmatligi, mehnat haqining yuqoriligi katta dalda bo`lib, bunday 
tarmoqlarning mamlakat ichida norentabelli va samarasizligi sabab bo`lgan. 
Xizmat ko`rsatish sohasida turizm va moliyani ajratib ko`rsatish mumkin. 
Bular Buyuk Britaniya YAIMning 25%ini beradi. Bunda 4 mln.dan ortiq odam band 
bo`lib, mamlakat mehnat resurslarining 12%ini tashkil etadi. Mamlakat markazi 
London shahri esa shu bilan birga jahon moliya poytaxti hisoblanadi va planetaning 
eng yirik moliya markaziga aylangan. 
Moliya xizmatida banklar faoliyatini ajratib ko`rsatish mumkin. Londonda 
Angliya banklaridan tashqari 50 ta jahon banklari faoliyat ko`rsatadi. Moliyada 
bundan tashqari sug`urta, moliyaviy instrumentlar bozori, ya’ni fyuchers, opsionlar, 
global depozitor tilxatlar bozori rivojlangan. Shu bilan birga obligatsiya 
(evroobligatsiyalar) bozori, valyuta bozori (evrovalyutalar savdosi), moliyaviy lizing, 
chet mamlakatlar aktivlari bilan bo`ladigan trast harakatlar baho metallar savdosi 
kabilar keng miqyosda amalga oshiriladi. 
Londondan tashqari Manchester, Kardiff, Liverpul, Edinburg shaharlari ham 
moliyaviy 
markaz 
hisoblanadi. 
Buyuk 
Britaniyaning 
yevropa 
valyuta 
integratsiyasidan voz kechishi Londonning o`z moliyaviy pozitsiyalarini Frankfurgga 
berib qo`yishi xavfi mavjudligidadir. Britaniyaning integratsiya jarayoniga xatarlilik 
bilan qarashi albatta an’anaviy ehtiyotkorlikning salbiy oqibati bo`lishi mumkin. 
Mamlakatning o`z ahamiyati darajasi bo`yicha turizm ikkinchi o`rinda turadi. 
Bunda bandlik 7%ni tashkil etadi va yillik daromad 8 mlrd. dollarga teng. 
Shuningdek, London jahonda eng yirik turizm markazlaridan hisoblanadi.
Buyuk 
Britaniya 
iqtisodiy 
tuzilmasiga 
e’tibor 
berganda, 
undagi 
xususiyatlardan biri xususiy kompaniyalar ta’sirining ortib borishidir. Davlat asosan 
faqat atom energetikasi va qisman ko`mir sanoati ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Taxminan elektro-energiya ishlab chiqarishning 30% ko`mirga, 35% neftga, 25% 
gazga va 10 atom energiyasiga to`g`ri keladi.
Buyuk Britaniya boshqa yetakchi rivojlangan mamlakatlar qatorida 
rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. yevro tonnelning ochilishi Orolli Britaniya 
bilan kontinental yevropa aloqasini yanada mustahkamladi. 


212
Buyuk Britaniyaning fuqarolik aviatsiyasining rivoji ancha muvaffaqiyatlidir. 
British Airvays dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan hisoblanadi. Xeabrov esa 
juda yirik jahon aviamarkazlari qatoriga kiradi.
Angliyaning iqtisodiyotida tashqi savdo o`rni kattadir. Aytish mumkinki, 
Germaniya va Fransiyaga nisbatan tashqi savdoga Buyuk Britaniya ko`proq ochiq 
hisoblanadi. Mamlakat YAIMning 28,5% eksport bilan bog`langandir. Eksport 
bo`yicha esa dunyoda beshinchi o`rinda turadi va jahon eksportining 5,1%ga to`g`ri 
kelib 272,7 mlrd. dollarni tashkil etadi. Import bo`yicha jahonda uchinchi o`rinda 
bo`lib, 5,9% va 351,1 mlrd. dollarga teng. 
Xizmat ko`rsatish sohasida bu ko`rsatkichlar yana ham ta’sirliroqdir. 1998 yili 
Buyuk Britaniya xizmat eksporti 99,5 mlrd. dollarga teng bo`lib, jahon eksportini 
7,7%ini tashkil etgan. Import bo`yicha xizmat sohasi 71,6 mlrd. dollar yoki jahon 
importining 5,9% va to`rtincha o`ringa teng bo`lgan. Mamlakat tashqi savdo saldosi 
salbiy bo`lib 20 mlrd. dollarga teng bo`lgan. 
Tashqi savdo juda ijobiydir. Chunki eksportda sanoat va elektron 
mashinasozlik, elektrotexnika, hisoblash texnikasi, avtomobil, transport vositalari, 
energiyaga ega mahsulotlar ustunlik qiladi. Import avtomobil, sanoat va elektron 
mashinasozlik, hisoblash texnikasi, neft, qog`oz, to`qimachilik, qishloq xo`jaligi 
mahsulotlaridan iboratdir. 
Buyuk Britaniyaning asosiy savdo sheriklari yeI mamlakatlari, AQSH, Osiyo 
Janubiy-Sharqiy mamlakatlari hisoblanadi. 
Buyuk Britaniya iqtisodiy tuzilmasi progressiv bo`lib, bunda ilmiy soha 
muhim o`rin egallaydi. Bu Angliya sanoati yuqori texnologiyaligini belgilaydi. Bu 
esa Britaniya mahsulotlarining yuqori darajali ilmiy sig`imliligini ta’minlab beradi. 
Amalda bu mamlakat dunyoda ilmiy-texnika bo`yicha eng yetakchi mamlakatlar 
qatoriga kiradi va yirik ilmiy-texnik salohiyatga ega bo`lish imkonini beradi. Buni 
shu bilan ko`rsatish mumkinki Nobel mukofoti bo`yicha AQSHdan keyin ikkinchi 
o`rinda turadi va 2000-yilgacha 70 dan ortiq olimlari bunga sazovor bo`lgan. Juda 
yirik ilmiy kashfiyotlar amalga oshirilgan.


213
Buyuk Britaniyaning elektronika, telekommunikatsiya, kimyo, aerokosmik 
sanoat kabilar bo`yicha jahonda birinchiligi tan olingan. Faqat bitta British Telekom 
mingga yaqin NIOKR (ilmiy ishlar va konstruktorlik ishlari)ni amalga oshiradi. 
Yangi materiallar, biotexnologiya, farma
ц
evtika, radar jihozlari, konkord samolyoti, 
vetikal uchuvchi va qo`nuvchi samolyotlar, havo uchish harakatlarini nazorat etish 
tizimlari kabilar shular jumlasidandir. 
NIOKR uchun Buyuk Britaniyaning xarajati YAIMning 2%dan ortiqdir. 
Shunday 35%ini davlat moliyalashtiradi. Bu albatta yangit texnologiya xolati, 
iqtisodiy progressivlikning ko`zgusidir. 
Natijada Buyuk Britaniya iqtisodiy tuzilmasi va xolatining rasionallik darajasi 
ifodalanadi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish