209
Monetor siyosatida kredit-pul siyosati amalga oshirilib, moterizm klassik
qoidalariga xos tadbirlar qo`llanilgan. Tetcher hukumat boshiga kelganda inflyatsiya
darajasi 13%ga yetgan edi. Avvalo muomaladagi pul miqdori nazoratga olinadi. Shu
bilan birga qisqa muddatli foiz stavkali monetor siyosat quroli sifatida qo`llaniladi.
Buning evaziga chet kapitallarni
tortish ancha kengayib, milliy kapitalning ancha
qismi saqlanib qolingan.
Umuman “Tetcherizm” taklif iqtisodiy konsepsiyasi asosida amalga oshib, bu
Keyscha g`oyadan chetlashuv edi. Inglizcha taklif iqtisodi quyidagini o`z ichiga
oladi:
-
davlatning to`g`ridan-to`g`ri nazoratini bekor qilish;
-
ichki bozorda raqobatni rag`batlntirish;
-
davlat tartiblashuvini minimallashtirish;
-
bozor mexanizmlari nosamarali sohalarda selektiv qo`llashni
amlaga
oshirish, qaysiki atom energiyasi, transportning ba’zi turlari kabilarni o`z ichiga
oladi;
-
privatizatsiyalash, iqtisodda xususiy sektor rolini faollashtirish.
Natijada davlat nosamarali va zarar bilan faoliyat ko`rsatuvchi korxonalardan
xoli bo`ladi. Bular esa ayni vaqtda xususiy sektor qo`lida
yuqori samarali
korxonalarga aylanishi mumkin. Davlatning yangi roli esa iqtisodni moneta rva fiskal
siyosatlarni qo`llagan xolda iqtisodiyotni vositali usullar orqali tartibga solib
borishdan iborat bo`lgan.
Bunday siyosat past darajali inflyatsiya va ijobiy moliya sharoitida iqtisodiy
rivojlanishga qaratilgandir. Bu funt sterlingning 1992-yilda
yevropa valyuta kursi
mexanizmidan chiqib ketishga olib kelgan. edi.
M. Tetcher o`zining liberal tamoyillari uchun kurashda qat’iyligi evaziga
“Teter ledi” simvolli laqabini olgan edi. Albatta bu izsiz qolmagan. Chunki bunday
liberal siyosatni bir tomonlama tushunuvchilar ko`p bo`lib,
ijtimoiy manfaatlarga
qarshi qaratilgan, deb baho beruvchilar kam bo`lmagan, ya’ni an’anaviy
konservatorlar tamoyiligi qarshi qo`yuvchilarni ham yuzaga chiqargan. Bunga yana
iqtisodiy ba’zi noqulayliklar albatta hokimiyatni almashtirishga olib kelgan.
210
Lekin hukumat Dj. Meydjer boshliq deyarli
Tetchercha neoliberalizm
siyosatini davom ettirgan va uni mustahkamlashga uringan. So`ngra hokimiyat
leyboristlar qo`liga o`tib, primerlikka T. Bleyer saylanadi. Bleyerning Tetchercha
liberal siyosatdan qaytadi deb o`ylanilganda, u aksincha eski yo`lni almashtirmadi va
asosan liberal
bozor siyosatini davom ettirib, bozor mexanizmlarini maksimal
darajada keng qo`llashga harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: