151
iqtisodiyotda, uning daromad taqsimotidagi xalq qatnashuvi
darajasi va biznesdagi
ommaviylik.
G`arb iqtisodchilari ikki qarama-qarshi halqaro iqtisodiy-siyosiy tizim
mavjudligida Amerikani “xalq kapitalizmi” deb atashar edi. Buning sababi aksioner
kapitalining rivojlanishi va kompaniyalarning asosan aksionerlik asosida bo`lishidir.
Haqiqatdan AQSH kapitali asosan shu shakldagi tashkiliylikda bo`lib, bunga
millionlab ishtirokchilar jalb etilgan.
Aksionerlik jamiyati aksiya chiqarish hisobiga tuzilgan korxona, birlashma,
korporatsiyalardan iiborat. Aksiyalar erkin xolda harakatda bo`lib,
uni xatto sotish,
taqdim etish kabilardir. Har bir savdoga chiqarilgan aksiyalar istagan shaxs
tomonidan xarid qilib olinadi. Aksiyaga ega bo`lish esa shu kompaniyaning mulkiga
sheriklik huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk sifatida
harakatda bo`lishi bilan birga u dividend sifatida daromad keltiradi. Dividend darajasi
aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu olinadigan foydaning
taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning asosiy maqsadi ham
shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-firmaning
foydasiga sherik
bo`lishdir.
Aksiyaga egalik bilan aksioner bo`lishlik shu korxona, kompaniyaning a’zosi
bo`lish huquqini beradi. Bundagi eng muhim narsa aksiyalarning mulk sifatida
harakatda bo`lishi bilan birga u divident sifatida daromad keltirishidir. Divident
darajasi aksiya chiqargan korxona faoliyatiga bog`liq bo`lib, asosan bu olinadigan
foydaning taqsimlanishidan keladi. Demak, aksiyaga ega bo`lishlikning asosiy
maqsadi ham shu, ya’ni yillik xo`jalik faoliyatidan keladigan korxona-firmaning
foydasiga sherik bo`lishdir.
Aksiyaga ega bo`lish erkin bo`lib, buning egalari,
aytganimizdek, Amerikada
millionlabdir. Bu tarzdagi kapital harakatiga xos yana bir narsa shuki, aksiya egalari
aksiya chiqaruvchi korxona, firmaning faoliyatiga qatnashuv huquqiga ega. Bunda
boshqaruvda
ishtirok etish, xisoblardan xabardor bo`lib fikr bildirish huquqlari
beriladi. Bunga bog`liq chora-tadbirlarda korxona egalari qatori faol qatnashuv
huquqi beriladi. Lekin amalda bunday bo`lavermaydi. Chunki bu mavjud sharoitlarga
152
bog`liq. Ommaviy aksiya egalari haqiqiy kapital egalari, firma tashkilotchilaridek
korxonani boshqarishda faol qatnashish sharoitiga ega bo`lmaydilar. Birinchidan, bu
egalik qilinadigan aksiya miqdoriga bog`liq, ya’ni ovoz berish, o`z fikr,
maslahatlarini ro`yobga
chiqarish, korxona faoliyatiga ta’sir ko`rstaish uchun ko`p
miqdordagi iksiyaga ega bo`lish kerak. Shunda ko`p ovoz olish va o`z fikrini
o`tkazish mumkin. Ikkinchidan, ko`pchilik egalari o`z ishlari bilan band bo`lib,
majlislarga qatnashish, firmani boshqarish kabilarda ishtirok etish uchun vaqtlari ham
bo`lmaydi. Xududiy sabab ham mavjud bo`lib, bunda boshqa shaharlarda istiqomat
qiluvchilar korxona joylashgan shaharga qatnash imkoniyatiga ham ega bo`lmaydilar.
Lekin aksiyador korxona mulkiga egalik qilish va divident olish huquqiga
doimo ega bo`ladi hamda o`zini shu aksiya chiqargan firmaning mulkdorlaridan
hisoblaydi. Basharti
lozim topsa aksiyalarni sotib, o`ziga ma’qul boshqa firma
aksiyasini sotish olishi mumkin. Amalda doimo shunday ham bo`ladi. Bu fond
birjalarida to`xtovsiz yuz beradigan xodisadir. Qanday bo`lmasin mulkchilikni
amalga oshirishda, xo`jalik faoliyati natijalarini baholi ko`rishda demokratik mazmun
yuzaga keladi. Chunki aksiya egalari korxona egalaridan hisoblanadi, dividentsiz esa
aksionerlarning birgalikda boshqaruv va daromadlarni birgalikda
taqsimlash tufayli
yuzaga kelishi imkoni tug`iladi. Chunki yuqori boshqaruv organi aksionerlar irodasi
va manfaatiga itoat etadi. Aksionerlik jamiyati organlari orqali mulkdorlikka xos
mahsulot ishlab chiqarish, daromadni taqsimlash jarayonlarida ishtirok etishi
kabilarni aksionerlashgan sarmoyalar hisobiga amalga oshirilishiga ta’sir etish
huquqiga ega.
Bundan tashqari iqtisodiyotdagi xalqchilik ommaviy mayda biznesda o`z
ifodasini topadi. Erkin bozor iqtisodiyotida tadbirkorlikka katta yo`l ochiq.
Shuning
uchun har bir fuqaro bu ish bilan shug`ullanishi mumkin. Amalda ham shunday
bo`ladi. Juda ko`pchilik imkoni boricha, qo`ldan kelguncha biznes bilan
shug`ullanishga harakat qiladi. Ayniqsa mayda biznes hozirgi davrda juda keng
tarqalgan xolat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: