Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar 
Sherman Qonunining 1 moddasida shunday deyiladi: 
Trest shaklidagi har xil bitim (kontrakt) yoki birlashish, yoki bir nechta 
shtatlar, yoki millatlar o`rtasidagi savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida 
boshqa turdagi kelishib olishlar qonuniy emas deb hisoblanadi 
Shu bilan AQSHning raqobatga qarshi kelishib qilinadigan harakatlarini man 
qiladigan qonunchilik normasi tugaydi. Modda esa barcha kerakli elementlarga ega: 
1) Har xil shakldagi harakatlar kelishilgan hisoblanadi (shartnoma, trest 
ko`rinishida yoki boshqacha birlashish, kelishish, jumladan yashirincha va h.k.). 
2) Kelishilgan harakatlar raqobatni cheklaydi. 
Ushbu modda ta’siriga tushgan harakatlar ro`yxati Sherman Qonuni amalda 
bo`lgan vaqt davomida o`zgarib kelgan va Umumiy huquq (sud pretsendenti) asosida 
shakllantirilgan. AQSHning huquqni qo`llash amaliyoti xozirgi kunda raqobatga 
qarshi kelishilgan harakatlarni gorizontal va vertikal harakatlarga, shuningdek 
noqonuniy per se harakatlar to`g`ri yondashish qoidasi asosida ko`riladi. (yuqoriga 
qarang, 6-8 betlar). 


143
Rer se noqonuniy kelishilgan harakatlarga asosan narxlarni belgilash
bozorlarni taqsimlash va bo`lib olish, vertikal kelishuvlarda narxlarni bog`liqligi, 
ya’ni bitta shaxs bozorga salbiy ta’sir ko`rsatadigan hukmronlikka ega bo`lishini 
keltirib chiqaradigan gorizontal kartel kelishuvlar kiradi. To`g`ri yondashish 
qoidasiga binoan ko`rib chiqiladigan kelishilgan harakatlar ro`yxati (qachon 
raqobatga qarshi harakatlar samarasi ijobiy samara ehtimoliga qarama-qarshi 
tortiladi) birmuncha kengdir. 
AQSHda iqtisodiy fikr nazariyasini rivojlantirish orqali raqobat huquqini 
rivojlantirish 
1980 yilda Sherman qonuni qabul qilinishidan oldin, Amerika sudlari Umumiy 
Huquqni qo`llaganlar. Umumiy Huquq raqobatga ko`rsatadigan samarasi va 
asoslanganligiga qaramasdan, raqobatchilar o`rtasidagi barcha kelishuvlarni 
(kontraktlar) umuman taqiqlaganlar. Ular, jamiyat manfaatlariga zid bo`lgan, va 
monopollashish yoki tovarlarni olib qo`yishda namoyon bo`ladigan trestlarni man 
qilishga uringanlar. 
19 asrning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvollar
shuningdek Umumiy Huquqqa binoan trestlarning maqomi va ushbu trestlarni neft, 
po`lat va shakar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ayovsiz faoliyati kichik ishlab 
chiqaruvchilar va iste’molchilarni yirik tijorat manfaatlariga nisbatan noroziligiga 
sabab bo`lgan. Ushbu ommaviy g`ulg`ula 1888 yildagi prezident saylovi bo`sag`asida 
ham Respublikachi ham Demokratik partiyalar platformalarida trestlarga qarshi 
qonunchilikni qo`llab-quvvatlanishiga sabab bo`ldi. 
1890 yilda AQSH Kongressi Sherman (qonunni ko`rib chiqish uchun kiritgan 
kongressmenning nomidan olingan) Qonunini qabul qildi. Ushbu qonun “bir nechta 
shtatlar, yoki xorijiy millatlar o`rtasida har xil kelishish (kontrak), trest shaklida 
birlashish yoki o`rtasida savdo-sotiqni yoki tijoratni cheklash maqsadida kelishib 
olishlar”ni taqiqlaydi. Sherman qonuni uni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni va 
zarar ko`rgan shaxslarga uch barobar miqdorda kompensasiya to`lashni taxmin 
qilgan. 


144
Sherman qonunini qabul qilgan Amerika qonunshunoslari iste’molchilarni 
manfaatlariga qaraganda ko`proq raqobatchilarni manfaatlarini ko`zlaganlar. Kichik 
korxonalarga salbiy ta’sir ko`rsatadigan bitimlarni keng ko`lamda qabul qilinishini 
man qilish maqsadida, Kongress savdo-sotiqni tartibga soluvchi norma sifatida emas, 
balki konstitutsiya moddasi sifatida o`qiladigan qonunni qabul qildi. Sherman 
qonunini keng talqin qilish imkoniyati sudlarga tobora o`zgarib borayotgan siyosiy va 
iqtisodiy nazariyaga javob sifatida qo`llash va shu bilan Kongressni dastlabki 
maqsadiga kam e’tibor ajratish imkonini yaratdi. 
20 asrning dastlabki dekadalarida sudlar Sherman qonunini mayda 
raqobatchilarni yirik xamkorlar tomonidan insofsiz raqobatlashuvidan implitsit 
himoyalovchi (yaqqol emas) sifatida tushunganlar. 
Chuqur Turg`unlik (depsinishlar) sodir bo`lgunga qadar, sudlar iqtisodiy 
tafakkurni klassik va neoklassik nazariyalariga muvofiq, ko`pchilik mayda firmalar 
o`rtasida atomistik raqobatni afzal ko`rganlar. Shu vaqtni o`zida, “to`g`ri yondashish 
qoidasi” tug`ildi, unga muvofiq faqat savdo-sotiqni asossiz cheklashi mumkin 
bo`lgan xatti-harakatlar qoralangan. 
Xuddi shunday, atomistik raqobatga nisbatan hayrixohlik va iqtisodiy 
hukmronlikni xolding kompaniyalari qo`lida jamlanishi maqsadga muvofiq emasligi 
to`g`risdagi fikrlar 1914 yilda Kleyton Qonunini qabul qilinishi bilan yakunlandi. 
Ushbu qonun monopolistik faoliyatni, kamsituvchi shartlar, eksklyuziv dilerlik va 
boshqalar xillarini taqiqlaydi. (Kleyton Qonunining 3 moddasi). 
Eng sezilarli oqibatlar Kleyton Qonunini 7 moddasini qo`llash natijasida 
yuzaga keladi. Ushbu modda bir korporatsiyani boshqa korporatsiyaning aksiyalarini 
sotib olish va shu bilan sotib oluvchi va sotuvchi tomonlar o`rtasidagi raqobatni 
kamaytirishi nuqtai nazaridan man qilgan. Bundan tashqari, sudlar 7 moddani ta’rifini 
endigina paydo bo`lish bosqichida qo`shilib ketishlar raqobatga ko`rsatishi mumkin 
bo`lgan zararni, Sherman Qonuniga binoan ishlarni ko`rib chiqishda raqobatga 
yetadigan sezilarli zararni mavjudligini isbotlash kerakligi to`g`risida sudlarni 
ta’kidlashlaridan farqli tarzda birmuncha kengaytirdilar. 


145
1914 yilda qabul qilingan yana bitta trestlarga qarshi qonun – Federal Savdo 
Komissiyasi (FSK) AQSH Hukumatiga bo`ysunmaydigan, mustaqil vakolatli organni 
tuzdi. U erkin va insofli savdo-sotiqni ilgari surishga javob bergan. FSK to`g`risidagi 
Qonunning 5 moddasi raqobatni insofsiz usullarini … qonundan tashqari deb e’lon 
qilgan. Ushbu modda ta’siriga tushadigan xatti-harakatlar bir necha o`n yilliklar 
mobaynida kengayib borgan. Kongress ataydan ushbu qonundagi tushunchaga ta’rif 
keltirmagan, buning sababi FSK ushbu xatti-harakatlarni ko`rib chiqishida kengroq 
vakolatlarga ega bo`lishi va ularga nisbatan tez chora ko`rishi uchun shunday 
qilingan. 
1927 yilda Oliy Sud “per se ” doktrinasini kiritilishi haqida e’lon qildi. Ushbu 
qoidaga binoan, sudlar “per se” qoidasiga binoan chora ko`riladigan xatti-harakatlar 
toifalarini kengaytirib borganlar, ya’ni mazkur xatti-harakat raqobatga zarar 
yetkazadimi yoki yetkazdimi qat’iy nazar ko`rib chiqmasdan hukm chiqarganlar. 
Ushbu tendentsiya Keynsian iqtisodiyotini keyingi vaqtlarda keng tarqalishi va 
iqtisodiyotni neoklassik nazariyasidan voz kechish bilan bog`liqdir. Ushbu davrda 
sudlar “per se” ta’siriga tushmaydigan bitimlar va harakatlarni raqobatga 
ko`rsatadigan ta’sirini iqtisodiy tahlil qilishga unchalik chuqur yondashmaganlar. 
1936 yilda Kongress Robinson-Petman Qonunini qabul qildi, ushbu qonun 
ma’lum sharoitlarda narx sohasida kamsitishni taqiqlagan. Ushbu qonunning ta’siri 
“faqat Amerika Qo`shma Shtatlarida sotiladigan, iste’mol qilinadigan yohud qayta 
sotiladigan” tovarlar yoki mahsulotlarga taalluqli bo`lgan bitimlarga tegishli bo`lgan. 
1970 yillar Xarta-Skotta-Rodinoni Trestlarga qarshi O`zgartirishlar to`g`risida 
qonunni qo`llanilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu qonun agar bitim tomonlar hajmi va 
bitim hajmi sinov shartlarini qondirsa, u holda ushbu bitim to`g`risida oldindan 
ma’lum qilish tartibini belgiladi. Bitim to`g`risida ma’lum axborotni ilova qilgan 
qolda tuzilgan bildirishnoma (buyurtmanoma) FSK yoki Yustitsiya Departamentini 
Trestlarga qarshi Boshqarmasiga topshiriladi. Trestlarga qarshi O`zgartirishlar 
to`g`risida qonun shuningdek Kleyton Qonunini 7 moddasiga binoan ko`rib 
chiqiladigan qo`shilib ketishlar to`g`risidagi bitimlar bo`yicha da’volar sonini keskin 
kamaytirgan. 


146
Trestlarga qarshi O`zgartirishlar to`g`risidagi qonun keyinchalik ko`p sonli 
mamlakatlar tomonidan qabul qilingan qonunlarda qo`shilib ketishlar to`g`risida 
oldindan xabardor qilish to`g`risidagi tartiblarni kiritishiga sabab bo`ldi. 
XX asrning 70-yillari iqtisodiy nazariyaning Chikago maktabi keng tarqalgan 
davr bo`ldi. Ushbu maktab namoyondalari trestlarga qarshi qonunchilikni maqsadi 
iste’molchilarni manfaatlarini ko`zlagan holda raqobatchilarni emas, balki raqobatni 
himoya qilish deb ishonganlar. Yangi iqtisodiy tafakkurni paydo bo`lishi natijasida 
sudlar raqobat bilan bog`liq masalalar va xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan ma’lum 
tartib-qoidalarni qayta ko`rib chiqa boshlaganlar. Masalan, sudlar “per se” doktrinasi 
ta’siriga tushadigan xatti-harakatlar ro`yxatini qisqartira boshladilar va ularni 
iqtisodiy tahlil qilishni boshladilar. Lekin narxlarni gorizontal cheklash yoki savdo-
sotiqdagi insofsizliklar “per se” noqonuniy tarzda (yashirincha) qolgan. 
Bozorlarni iqtisodiy tahlil qilishga boshqa yondashuvlar 1990 yillarda paydo bo`ldi. 
Ular yangicha iqtisodiy usullarni taklif qildilar va Chikago maktabi tomonidan taklif 
qilingan an’anaviy usullarni inkor qildi. Qisqasi, yangi tafakkur samaradorlikni 
oldinga surilishiga qarshi emas, lekin bozorlarni tahlil qilishda avval qo`llanilmagan 
emperik jihatlarni kiritadi. 
Iqtisodiy nazariyani butun dunyo miqyosida tarqalishi va rivojlanishiga 
qaramasdan, AQSHning siyosiy, madaniy va iqtisodiy tarixi butun jahon miqyosida 
eng rivojlangan, noyob hisoblangan trestlarga qarshi yurisprudentsiyani vujudga 
keltirdi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish