Резервная копия Монография Адилбекова cdr



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Nazorat savollari 
1.
Hodisa joyida sperma va uning izlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
2.
Hodisa joyida sperma dog‘lari qanday topiladi? 
3.
Sperma izlari laboratoriya tekshiruvi uchun qanday tartibda olinadi? 
4.
Sperma dog‘lari ekspertizasida qanday masalalar hal etiladi? 
5.
Ashyoviy dalildagi dog‘da sperma mavjudligini aniqlashning taxminiy 
usullariga nimalar kiradi? 
6.
Ashyoviy dalildagi dog‘da sperma mavjudligini aniqlashning ishonchli 
usullari nimalardan iborat? 
7.
Spermaning tur mansubligi qanday usullar yordamida aniqlanadi? 
8.
Spermaning guruhiy mansubligini aniqlash usullari nimalardan iborat? 
9.
Spermaning muayyan shaxsga tegishli ekanligi qanday aniqlanadi? 
10. “Ajratuvchi” deganda nimani tushunasiz? 
11.
Murda tekshiruvida ajratuvchanlikni aniqlash uchun laboratoriya 
tekshiruviga qanday namunalar olinadi? 
12.
Dog‘da sperma mavjudligini xromatografik tekshiruv usullar qanday 
bajariladi?
13.
Bir vaqtni o‘zida xolin, spermin, fosfataza javharini kompleks aniqlash 
asosida dog‘ sperma suyuqligidan hosil bo‘lganligini isbotlovchi usul 
qachon va kim tomonidan yaratilgan? 
14.
Dog‘ sperma suyuqligida spermatozoidlari bo‘lmagan shaxsdan hosil 
bo‘lgan holatda, dog‘ kichik o‘lchamlarda bo‘lsa yoki dog‘ turli xil 
moddalar bilan iflosalangan taqdirda sperma mavjudligi qanday usul 
yordamida aniqlanadi?
15.
Nima uchun jinsiy jinoyatlarda gumondorlardan tekshiruv uchun 
namunalar olinadi? 


82 
IV. Sochning sud-tibbiy tekshiruvi 
Qotillik, jinsiy jinoyatlar, tan jarohati yetkazilishi, o‘g‘irlik sodir etilganda va 
yo‘l-transport hodisalarida sochning sud-tibbiy ekspertizasi muhim ahamiyatga 
ega. Sochlarni tekshirish natijasida juda ko‘p savollarga javoblar yig‘iladi va ular 
sodir etilgan jinoyatni ochilishida isbotlovchi dalil bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda tergov idoralarini hodisa sodir bo‘lgan joydan yoki biror-bir 
jinoyat qurolidan yoxud kimningdir kiyimidan topilgan sochlar aniq qaysi shaxsga 
tegishli ekanligi, ba’zan sochlarga mexanik ta’sir kӱrsatilganligi, kimyoviy yoki 
yuqori harorat ta’siri bor yoki yo‘qligi, soch o‘zi tushganlik bilan yulinganligi, 
sochlar bo‘yalganligi, kesilganligi, jingalak qilinganligi va qanday moddalar bilan 
ifloslanganligi haqida savollar qiziqtiradi.
Hodisa joyida soch shikastlovchi qurollarda, transport vositalarining tashqi va 
ichki qismlarida, jabrlanuvchining kiyimlarida, qo‘llarida (xususan, barmoqlari 
orasida) bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jabrlanuvchiga tegishli sochlar 
ayblanuvchining tanasi, kiyimlarida ham aniqlanishi mumkin. 
Hodisa joyida yaxshi yorug‘likda sochlar qurollanmagan ko‘z bilan yoki lupa 
yordamida topilishi mumkin. Sochlar va unga gumon qilingan barcha ob’ektlar 
mavjud qoplamalarni saqlash, qo‘shimcha shikast yetkazmaslik maqsadida qo‘l 
yoki rezina ushlagichi bo‘lgan pintset bilan olinadi. Har bir sohadan (tana qismlari, 
jismlardan) olingan sochlar tegishli belgi qo‘yilgan holda alohida qog‘oz paket 
yoki konvertlarga solinib, sud-tibbiy laboratoriyaga yo‘llanadi. 
Sochlarni tekshirishda sud-tibbiy eksperti quyidigi masalalarni hal etishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- tekshirish uchun yuborilgan ob’ekt soch ekanligini aniqlash;
- soch odamga yoki biror-bir hayvonga tegishligini aniqlash;
- soch odam tanasining qaysi sohasiga mansubligini aniqlash; 
- sochni guruh mansubligi aniqlash; 
- soch aniq qaysi shaxsga tegishligini aniqlash;
- sochga qanday buyum yoki qurol bilan jarohat yetkazilganligini aniqlash;
- kimyoviy yoki yuqori harorat ta’siri bor yoki yo‘qligini aniqlash; 


83 
- sochni o‘zi tushganligi yoki yulib olinganligini aniqlash;
- soch tez yoki sekinlik bilan yulinganligini aniqlash;
- jingalak qilinganligi, bo‘yalganligi yoki biror-bir modda (o‘q otar qurollar 
tasirida va boshqalar) bilan ifloslanganligini aniqlash. 
 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish