Резервная копия Монография Адилбекова cdr


Dog‘dagi qonni yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yoki katta yoshdagi shaxsga



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Dog‘dagi qonni yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yoki katta yoshdagi shaxsga 
tegishliligini aniqlash.
Dog‘dagi qonni yangi tug‘ilgan chaqaloqqa yoki katta 
yoshdagi shaxsga tegishliligini aniqlash zarurati bola o‘ldirish jinoyatlarini tergov 
qilishda tug‘iladi. Yangi tug‘ilgan chaqoloqlar qonidagi gemoglobin moddasi katta 
yoshdagi shaxslar qonidagi gemoglobindan fizik-kimyoviy, biokimyoviy
immunologik xususiyatlari bo‘yicha farq qilinishi aniqlangan. Bu gemoglobinni 
ikki tipga bo‘linishiga asos bo‘lgan. 1. HbF - chaqoloq qonidagi fetal tipdagi 
gemoglobin. 2. HbA - katta yoshdagi shaxs gemoglobini. Gemoglobinni bu ikkita 
tipi elektroforez reaksiyasi yordamida aniklanadi. HbF gemoglobin, HbA-
gemoglobindan ishqorlar va kislotalar ta’siriga yuqori chidamliligi, yuqori 
antigenlik xususiyati va oksidlovchi qobiliyati bilan farqlanadi. Yetuk tug‘ilgan 
homila kindik qonida HbF miqdori 80% ga teng bo‘ladi. Bola ulg‘ayishi bilan HbF 
gemoglobinning qondagi miqdori pasayib boradi. Bola 1 yoshga to‘lishi arafasida 
HbF miqdori 1-4% atrofida bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, katta yoshdagi 
shaxslar qonida HbF miqdori homiladorlik vaqtida va bir qator patologik 
holatlarda oshishi mumkin. Mikrospektral tekshirish usuli yordamida odamlar 


71 
qonidan gemoglobinni ishqorga qay darajada chidamligini aniqlash mumkin. HbA-
gemoglobinga nisbatan katta yoshdagi shaxslar qonidagi chaqaloqlar qoni 
tarkibidagi HbF-gemoglobin ishqor ta’siriga ko‘proq chidamliligi aniqlangan. 
 Qonni inson tanasining qaysi sohasidan oqqanligini aniqlash.
Tekshirilayotgan ob’ektdagi qonni inson tanasining qaysi sohasidan oqishi 
natijasida hosil bo‘lganligi qon dog‘i tarkibida qanday qo‘shimcha elementlar 
borligiga qarab aniqlanadi. Qon dog‘i tarkibida nafas yo‘llari shilliq qavati 
epiteliylarining bo‘lishi qonni nafas olish a’zolaridan oqqan qon ekanligidan 
dalolat beradi. Qon dog‘i tarkibida axlat elementlarining bo‘lishi, qon to‘g‘ri ichak 
gemorroidal qoni ekanligini ko‘rsatadi. Bachadon ichki qavati epiteliylarining 
bo‘lishi qon xayz ko‘rish qoni ekanligini isbotlaydi. Agarda qonda biror-bir 
qo‘shimcha element bo‘lmasa, qon qaerdan kelib chiqqanligini aniqlab bo‘lmaydi.
Qon dog‘ini hayz ko‘rish qonidan hosil bo‘lganligini aniqlashni bir qancha 
usullari taklif qilingan. Bu usullar dog‘da bachadon va qin shilliq qavati hujayralari 
elementlari mavjudligini aniqlash va diaminoksidaza fermenti faolligini aniqlash 
usullari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dog‘ni hayz ko‘rish qonidan hosil bo‘lganligini aniqlashda 
LDG-4 va LDG-5 izofermentlarini qanchalik ifodalanganligini tekshirishga 
asoslangan usul qo‘llanilmoqda. Hayz ko‘rish qonida ushbu izofermentlarni 
miqdori periferik qon tomirlaridagi qonga nisbatan yuqori bo‘ladi. Qon dog‘i hosil 
bo‘lgandan so‘ng vaqt o‘tishi davomida ushbu izofermentlar miqdori hayz ko‘rish 
qoni va periferik qon tomirlar qonidan hosil bo‘lgan dog‘larda har xil ifodalangan 
bo‘ladi. Agar qon dog‘i hosil bo‘lganligiga 1-2 kun muddat o‘tganda periferik qon 
tomirlaridagi qondan hosil bo‘lgan dog‘da LDG-4, LDG-5 izofermentlar miqdori 
kam ifodalangan bo‘lsa, 1 xafta muddat o‘tgandan so‘ng dog‘da ular to‘liq 
yo‘qoladi. Hayz ko‘rish qonidan hosil bo‘lgan dog‘da ushbu izofermentlar faolligi 
1,5 oygacha saqlanib qoladi va aniqlash imkoniyatini beradi. Qon dog‘ini hayz 
ko‘rish qonidan hosil bo‘lganligini bachadon ichki qavatidagi protein (pp-12) 
oqsilini tekshirish bilan ham aniqlash mumkin. Ushbu oqsil miqdori hayz ko‘rish 
qonida periferik qon tomirdagi qonga nisbatan 2000 marta ko‘p bo‘ladi. 


72 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish