O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA”FAKULTETI
“UMUMKASBIY VA IQTISODIY FALAR”KAFEDRASI
“GIDRAVLIKA VA GIDROPNEVMOYURITMALAR”FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Reynold tajribasi.Suyuqlikning harakatining ikki tartibi
Guruh:5’’B’’S-19 Kem
Bajardi:Ohunjonov Saidali
Tekshirdi:Komilova Nodira
Olmaliq-2021
Mavzu:Reynold tajribasi.
Suyuqlikning harakatining ikki tartibi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Reynolds tajribasi
2.Turbulent oqim
3.Laminar oqim
4.Gidrodinamik o’xshashlik asoslari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Suyuqliklarning muvozanat holati va harakat qonunlarini o‘rganuvchi hamda bu qonunlarni xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq etilishi bilan shug‘ullanuvchi fan gidravlika deb ataladi. Shuningdek, gidravlika fani suyuqliklardagi kuchlarning taqsimlanishi va uning harakat davomida o‘zgarib borish qonunlarini, qattiq jismlar bilan o’zaro kontakt hosil qilishiga oid bo’lgan qonunlar va ushbu qonunlarning turli qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyihalashga tatbiq etish bilan ham shug‘ullanadi.
Gidravlika fanini o‘rganishdan maqsad turli suyuqliklarning muvozanat holati, harakatiga oid bo‘lgan qonunlar o’rganiladi. Ushbu qonunlarning gidrotexnik masalalarning yechimlarini hal etishda, hususan turli suyuqliklarni harakatga keltirish, transport vositalari yordamida tashish va quvurlardagi harakatlarini hisoblash hamda loyixalash qatori nasos va kompressor stansiyalarini loyixalash va ishlatishni o`rgatishga qaratilgan.
Gidravlika shuningdek, gidrotexnika, irrigatsiya, suv ta’minoti va kanalizatsiya, shuningdek boshqa syuqliklarning harakati va ularga oid bo’lgan qonunlarni o’’rganadi. Gidravlika faniga oid bo’lgan ilmiy izlanishlar shundan darak beradiki, insoniyat qadim zamonlardan (eramizdan 2000 - 4000 yillar avval) turli gidrotexnika inshootlari qurishni bilganliklarini ko‘rsatadi. Qadimgi Xitoy, Misr, Yunoniston, Rim imperiyasi, Markaziy Osiyo va boshqa ibtidoiy madaniyat o‘choqlarida kemalar, to‘g‘onlar, sug’orish quvurlari va sug‘orish tizimlarining bunyod etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Bu qurilmalarning qoldiqlari hanuzgacha saqlanib qolgan. Lekin o’sha davrlardagi inshootlar haqidagi hisoblash ishlari to’g’risidagi ma’lumotlar saqlanmagan. Ushbu yo’nalishlarda olib borilgan ishlar faqat sodda amaliy bilimlarga tayangan bo‘lib, ilmiy nazariy asosga ega emas degan fikrga olib keladi.
Bizgacha yetib kelgan, gidravlikaga aloqador ilmiy ishlardan birinchisi Arximedning “Suzib yuruvchi jismlar haqida”gi asaridir. Suyuqliklarga oid bo’lgan qonunlarning kashf etilishi eramizning XVI—XVII asrlaridan boshlandi. Bularga Leonardo da Vinchi tomonidan suyuqliklarning o‘zandagi va quvurlardagi harakati, jismlarning suzib yurishi va boshqa mavzularga bog‘liq bo’lgan ishlari, S.Stevenning idish tubiga va devorlariga ta’sir qiluvchi bosim kuchi, G.Galileyning jismlarning suyuqlikdagi harakati va muvozanati haqidagi ishlari, E. Torichellining suyuqliklarning kichik teshikdan oqib chiqishi, B.Paskalning bosimning suyuqlik orqali uzatilishi to‘g‘risidagi, I.Nyutonning suyuqliklardagi ichki qarshiliklar qonuni va boshqa ishlar kiradi. So’ngra suyuqliklarning muvozanat holati va harakatlariga taaluqli bo’lgan qonunlar quyidagi ikkita yo`nalish bo‘yicha rivojlanganligini koramiz. Bulardan biri tajribalarga asoslangan gidravlika bo`lsa, ikkinchisi nazariy mexanikaning mustaqil bo‘limi sifatida taraqqiy qila boshlagan nazariy gidromexanika hisoblanadi.
Nazariy gidromexanika aniq matematikaga asoslangan bo‘lib, suyuqliklarning harakat qonunlarini differensial tenglamalar bilan ifodalash va ularni gidravlikaviy savollarning yechimini topishga qaratilgan. Bu va boshqa savollarning javoblarini nazariy jihatdan asoslab berilishi XVII—XVIII asrlarda yashagan buyuk matematik mexanik olimlar L.Eyler, D.Bernulli, M.Lomonosov, Lagranjlarning ilmiy asarlarida o’z ifodasini topgan. O’sha davrlardagi ma’lumotlar sof nazariy tushunchalardan iborat bo‘lib, suyuqliklarning fizik xossalari ideallashtirilgan holatlardagi variantlari o’rganilgan hamda nazariy va amaliy natijalar o’rtasida keskin farq qilgan. Shuning uchun u davrlarda olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijalari gidravlika fanining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatmagan. XVIII—XIX asrlarda Shezi, Darsi, Veysbax, Reynolds va boshqa olimlarning ishlari hozirgi zamon gidravlika fanining asosini
N.P.Petrovning gidrodinamik sirpanish nazariyasi, N.E.Jukovskiyning gidromexanikadagi muhim ishlari va quvurlardagi zarba nazariyasi, V.G.Shuxovning neft quvurlarini hisoblash bo‘yicha ishlari, A.N.Krilovning kemalar nazariyasi, N.N.Pavlovskiyning suyuqliklarning filtratsiya nazariyasi, L.S. Leybenzonning yer osti gidromexanikasi va boshqa ishlari dunyo faniga qo‘shgan buyuk hissa bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi zamon sanoati va texnikasining rivojlanishiga o‘zbek olimi X.A.Raxmatulin asos solgan ko‘p fazali muhitlar gidromexanikasining ilmiy-amaliy qonuniyatlarini asoslab bergan.
Insoniyat tarixida suyuqlik harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvchi birinchi qurilma charxpalak bo‘lib, uning O‘rta Osiyo, Xindiston, Xitoy va Misrda bundan 3000 yillar avval sug‘orish ishlarida va tegirmonlarda qo‘llanganligi ma’lum. Birinchi nasos-porshenli nasos bo‘lib, inson yoki xayvon kuchi bilan harakatga keltirilgan. Bu mashinalar Rossiyada qadimdan ma’lum edi. M.V.Lomonosov o‘z asarlarida chuqur shaxtalardan suvni tortib olishda foydalanish maqsadida nasoslarning tuzilishi va konstruksiyalarini keltirgan. U bir qancha qurilmalarni charxpalak yordamida harakatga keltirish usullari ustida ishladi va amalga joriy etdi.
Keyinchalik (1765 y.) I.I. Polzunov tomonidan kashf qilingan bug` mashinasi porshenli nasoslarni harakatga keltirish uchun keng qo‘llanila boshlandi. L.Eyler (1707-1783yy.) o‘zining mashhur parrakli gidromashinalar nazariyasini yaratdi va parrakli gidromashinalarning ishini xarakterlovchi muhim munosabatlarni hosil qildi. Bu munosabatlar, 1835 y. A.A.Sablukov markazdan qochma nasosni kashf etgandan keyin, gidravlik trubinalar va markazdan qochma nasoslarni loyihalashda qo‘llanila boshladi.
V.G.Shuxov neftni chuqur quduqlardan chiqarib olish uchun porshenli nasoslarning bir qancha konstruksiyalarini ishlab chiqdi. N.E.Jukovskiy va S.A.Chapliginlar qanotlarning suyuqlikdagi harakati nazariyasini yaratidilar. Bu nazariya keyinchalik parraklarni va yo‘naltiruvchi qurilmalarni loyihalashda asos bo‘lib xizmat qildi, turbina va nasoslar tuzilishidagi muhim taraqqiyotlarga yo‘l ochib berdi. I.I.Kukolevskiyning dinamik o‘xshashlik qonunlarini markazdan qochma nasoslarni loyihalashda qo‘llashi nasoslar qurilishi bo‘yicha laboratoriya tajribalarini ilmiy asosga qo‘ydi.
Gidroyuritmalar qadim zamonlardan beri qo‘llanilib kelingan, lekin ularning zamonaviy variantlari XIX-XX asrlardan boshlandi. Jumladan, 1888 yil Rossiyadagi metallurgiya zavodi muhandislari gidrouzatmalardan foydalanganliklari ma’lum. 1907 yildan boshlab dengiz flotida gidrouzatmalar (gidrotransformator va gidromuftalar) qo‘llanila boshladi. Yurtimizning ishlab chiqarish sanoatida gidropnevmoyuritmalar XX asrning 30- yillaridan boshlab foydalanila boshlandi.
Hozirgi zamonda gidravlika va gidropnevmoyurtmalar fanining yutuqlaridan unumli foydalanishgan holatda xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng ko’lamda qollanilmoqda. Jumladan ushbu fan asosida yaratilagan turli qurilmalar paxta terish mashinalari, traktorlar, buldozerlar, turli yuk ko’tarish-tashish mashinalari hamda boshqa harakat hisobiga foydali ish bajaruvchi mexanizmlarda keng qo‘llanilmoqda.
Gidravlika va gidropnevmoyurtmalar faning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini yuksaltirish va istiqbollarini yuqori darajaga ko’tarish uchun quyidagilarga e’tibor qaratilishi zarur bo’ladi:
- yanada quvvatliroq va F.I.K. yuqori bo’lgan nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ularni amaliyotga joriy etish;
- gidromashinalarni va gidrotexnik inshootlarni loyihalashda hozirgi zamonaviy AKTlaridan foydalangan holatda ularni boshqarish tizimiga o’tish;
- gidrouzatmalardan qo‘llaniladigan ish suyuqliklarining arzonroq va sifatliroq turlarini yaratish, ish suyuqliklarining tirqishlaridan sizib ketishini kamaytirish yo‘llarini topish;
- mavjud va yangi yaratiladigan gidromashinalarning yonilg’I-moylash tizimlarini takomillashtirish hisobiga iqtisodiy tejamkorlikni amalga oshirish;
- gidromuftalar tizimidagi qurilmalarning konstruksiyalarni takomillashtirish va yangi variantlarini yaratish;
- gidropnevmoyurtmalarning tarkibiy qismlarinining yangi tejamkor variantlarini loyihalash va ishlab chiqarishga joriy etish zarur;
- meliorasiya va sug‘orish ishlarini ro’yobga chiqarish uchuun qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish
Do'stlaringiz bilan baham: |