7-Amaliy mashgulot (2 soat)
Mavzu: Skreperlarning texnikaviy parametrlarini tanlash. Buldozerlar va greyderlarning texnikaviy parametirlarini aniqlash.
Skreperlar. Skreperlar o‘zi yurar, tirkamali yoki yarim tirkamali (zanjirli yoki g‘ildirakli traktorga tirkaladigan) yer qazish-tashish mashinasi bo‘lib, ularning ish jihozi sifatida pnevmog‘ildiraklarga o‘rnatilgan, pastki qismi grunt qatlamlarini qirqishga mo‘ljallab pichoq bilan ta’minlangan cho‘mich xizmat qiladi (3.6-rasm). Ular gruntlarni qatlam-qatlam kesish, tashish, to‘kish va qisman g‘ildiraklari bilan zichlash uchun mo‘ljallangan. Skreperning ish organi pnevmatik g‘ildirakka o‘rnatilgan cho‘mich hisoblanadi. Cho‘mich ko‘tarish tushirish mexanizmlari bilan jihozlangan. Bu mexanizmlar traktor yoki tyagach yuritkichidan ishlaydigan chig‘ir yoki gidravlik yuritma t a’sirida harakatlanadi.
3.6-rasm. O‘zi yurar skreperlar: umumiy ko‘rinishi.
Skreperlar qurilish maydonlarini muhandislik nuqtai nazaridan tayyorlashda I-IV guruhdagi gruntlarni qatlamlab kovlash, tashish, qatlamlab to‘qish va uni qisman shibbalash, ko‘tarmalar hosil qilish, turli inshootlar hamda sun’iy suv havzalari uchun keng kotlovan va boshqa ishlarni bajarishda ishlatiladi. Ular unchalik o‘ta namlanmagan (qumoq-qumoq va qora grunt) gruntlarda yaxshi ishlaydi. Skreperlarning asosiy parametri cho‘michining geometrik hajmi (m3) bo‘lib, u mashinalarning tip o‘lchamlariga asos qilib olinadi.
Skreperning sikli quyidagicha: gruntni qirqish va cho‘michni to‘ldirish, cho‘michdagi gruntni kerakli joygacha tashib olib borish, gruntni bo‘shatish va yoyish so‘ng, yana avvalgi holatga qaytib keladi.
Gruntni olish paytida (3.7 -rasm, a) gruntga tushirilgan cho‘mich 2 ni pichoqlari gruntni qatlamlab qirqadi, bu qirqilgan grunt qatlam qo‘zg‘aluvchan
zaslonkasi 3 ko‘tarilgan holda bo‘lgan cho‘michga tusha boshlaydi. Grunt bu vaqtda cho‘michning orqa devoriga qarab harakatlandi. Grunt unga yetib cho‘michni to‘ldira boshlaganda zaslonka tushib, cho‘michga kirayotgan gruntgacha yetadi. Bog‘langan gruntlarda bu payt burchak a (3.7-rasm, 6) 7075% ni tashkil etib, grunt oldinga harakat qilib zaslonka cho‘michni oldingi qismini to‘ldira boshlaydi. Oldingi (zaslonka) qismini to‘ldirib bo‘lgan grunt yuqoriga chiqishga intiladi, go‘yo gruntning qaynashi hodisasi ro‘y beradi. Cho‘michni to‘lganini sezgan mashinist bir vaqtni o‘zida zaslonkani berkitib, cho‘michni ko‘tarib gruntni to‘kish joyiga olib ketadi.
Cho‘michni bo‘shatishda zaslonka (3.7 -rasm, д) 3 ko‘tarilib, grunt pasaytirilgan cho‘michdan uning orqa devori 5 yordamida majburan to‘kiladi, skreper pichoqlari bilan tekislanib, g‘ildiraklari bilan qisman zichlab ketiladi. Salt yurishda esa cho‘mich ko‘tarilib, zaslonka to‘la tushirilgan holda, skreper siklini takrorlash uchun avvalgi joyiga qaytib boradi.
Seriyalab ishlab chiqariladigan traktorga (tyagachlarga cho‘michning hajmi 1,5; 3...6; 10 va 15 m3 li tirkama skreperlar va bir o‘qda pnevmatik g‘ildirakli tyagachlarga o‘rnatilgan cho‘michning hajmi 4, 6, 10, 15 va 25 m3 li yarim tirkama skreperlar mavjud. . O‘zi yurar skreperlar, ularning umumiy ko‘rinishi, ish jihozi 5.9-rasmda keltirilgan.
Tirkama skreperlar zanjirli traktorlarga tirkalib, ularni o‘tkazuvchanligi baland va yo‘l sharoitlari yomon joylarda qo‘llanadi. Ammo, bu mashinalarning past harakat tezligiga ega bo‘lishi ( 1 0. . .1 5 km/s о at), gruntni 500...800 m o‘zoqlikka olib borib to‘kishda samarali, xolos.
O‘zi yurar skreper (3.8 -rasm, a) bir o‘qli shatakchi 1 ga bir o‘qli yarim tirkamali skreper jihozi universal ulash qurilmasi 2 orqali birlashtirilgan ikki o‘qli pnevmog‘ildirakli mashinadan iborat. Shatakchiga ikkita gidrosilindr 3 o‘rnatilgan. Gruntni yig‘ish paytida skreperni buldozer itargich bilan surish uchun bufer qurilmasi 10 bor.
3.8 -rasm. O‘zi yurar skreperlar: a - umumiy ko‘rinishi; б - ish jihozi.
Skreperlarning ish unumdorligi (m 3 / s о at) :
Ue = n ■ q ■ kt ■ kf/kyu,
3.9 -rasm. O‘ziyurar skreper ishchi siklining operatsiyalari.
Bu yerda: n — bir soat mobaynidagi sikllar soni (n = 3 600 ■ Tts) ; bu yerda Tts skreper bitta siklining davomiyligi, s; q - skreper cho‘michining sig‘imi, m 3; kt- cho‘michni
.
Nazorat uchun savollar
1.Skreperlar haqida tushuntiring.
2.Tirkama skreperlar haqida tushuntirng.
3. Skreperning sikli quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |