Restoran biznesini shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari


Restoran biznesida xizmat ko’rsatish sifati va samaradorligini oshirish strategiyasi



Download 0,61 Mb.
bet22/24
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#260987
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Coriander Restaurant Hisobot (2)

5.Restoran biznesida xizmat ko’rsatish sifati va samaradorligini oshirish strategiyasi

Strategik rejaning asosiy vazifasi korxona (firma)ning faoliyatning barcha yo’nalishlari bo’yicha barqaror raqobat afzalliklarini ta’minlashdan iborat. U uchta jihat: muvaffaqiyat omillarining mavjudligi, firmaning raqiblar oldidagi afzalligining ahamiyati, bu afzalliklardan o’zoq muddat faol foydalanish imkoniyatlari bo’yicha baholanadi.

Restoran biznesida strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun o’yinlar nazariyasini qo’llash tadqiqotni chuqurlashtirish va shu asosda risk darajasini aniqlash imkonini tug’diradi. Bozorda printsipial narx-navo siyosatini o’tkazish, yangi bozorlarga kirish, birlashish va qo’shma korxonalarni tashkil qilish, innovatsiyalar sohasidagi etakchilar va ijrochilarni aniqlash, vertikal ravishda integratsiyalashish va x. k. bo’yicha qarorlarni aytish mumkin. Umuman, ushbu nazariya tamoyillaridan, agar ularning qabul qilinishi boshqa faoliyat yurituvchi shaxslarga ta’sir ko’rsatsa, qarorlarning barcha turlari uchun foydalanish mumkin. Bu shaxslar yoki o’yinchilarga bozor raqiblarining bo’lishi shart emas: xom ashyo etkazib beruvchilar, etakchi mijozlar, tashkilotlar xodimlari hamda ish bo’yicha hamkasabalar o’yinchilar rolida bo’lishlari mumkin.

Yangi bozorga kirib borish strategiyasini qo’llashda vaziyatni o’yinlar nazariyasi nuqtai nazaridan talqin etishi va “ustuvorlik qiluvchi strategiya”ning ahamiyatini ko’rib chiqish mumkin. Restoran xizmatlari bozorida yakka hukmron bo’luvchi korxona (masalan, o’tgan asrning 80 yillari boshidagi restoran)larni olamiz. Bu korxonalar monopol tarzida faoliyat yuritgan va ularda xizmatlar sifatiga kam etibor qaratilgan. Autsayder restoran xizmatlar bozoriga kirish yoki kirmaslik haqida qaror qabul qilishi mumkin. Yakka hukmron korxona yangi raqibning paydo bo’lishiga tajovuzkorlarcha yoki do’stona javob qaytarishi mumkin. Ikkala restoran raqib sifatida ikki bosqichli o’yinga kiradi. Unda birinchi yurishni autsayder restoran boshlab beradi. Ushbu o’yinda vaziyatning o’zi normal shaklda berilishi mumkin. Bu erda ikkita holat belgilangan – “kirib borishlar do’stona javob” va “kirib bormasliklar tajovuzkorona javob”. Aftidan ikkinchi muvozanat bo’lmaydi. Yoyilgan shakldan shu narsa kelib chiqadiki, bozorda mustaqil joylashib bo’lgan kompaniya uchun yangi raqibning paydo bo’lishiga tajovuzkorona javob qaytarish maqsadga muvofiq emas: hozirgi yakka hukmron tajovuzkor strategiyada -4 ballni, do’stonada esa -3 ballni oladi. Autsayder kompaniya buning ustiga shuni biladiki, yakka hukmron uchun uni siqib chiqarish bo’yicha harakatni boshlash ratsional emas. Shuning uchun u bozorga kirish haqida qarorni qabul qiladi. 1 ball miqdoridagi xavf soluvchi yo’qotishlarni autsayder kompaniya ko’rmaydi. Bunday ratsional muvozanat “qisman takomillashtirilgan” o’yin uchun ham xosdir. U oldindan keraksiz yurishlarni istisno qiladi. Bunday muvozanatli holatlarni amalda, umuman, topish ancha oson. Muvozanatli konfiguratsiyalar har qanday yakuniy o’yin uchun operatsiyalarni tadqiq qilish sohasidan maxsus algoritm yordamida aniqlanishi mumkin. Qaror qabul etuvchi o’yinchi quyidagilarni qiladi: avval o’yinning ohirgi bosqichida “eng yaxshi” yurish tanlab olinadi va bu, o’yin daraxtining boshlang’ich tuguniga etgunga qadar davom etadi.





Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish