Respublikasioliy


Iqtisodiy tebranishlar sabablari



Download 8,6 Mb.
bet30/68
Sana04.02.2022
Hajmi8,6 Mb.
#428605
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
Bog'liq
makroiqtisodiyot kutubxonachi.uz

Iqtisodiy tebranishlar sabablari


Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy tebranishlaming bir qancha sabab­ lari ko‘rsatiladi:
Quyoshdagi dog‘lar va quyosh aktivligi darajasi, urushlar, inqi- loblar va harbiy to‘ntarishlar; prezident saylovlari; iste’molning yetarlicha boMmaganligi; aholi o‘sishining yuqori sur’atlari; investor- laming optimistik yoki pessimistik kayfiyatlari; pul taklifining o‘zgarishi; texnik va texnologik yangiliklaming hayotga tadbiq etil- ishi; narx shoklari va boshqalar.
Amalda esa yuqoridagi barcha sabablami bitta asosiy sabab sifa- tida, ya’ni yalpi talab va yalpi taklif, yalpi harajatlar va yalpi ishlab chiqarish hajmi oTtasidagi nomutanosiblik deb qarash mumkin.
Iqtisod rivojlanishining siklik xarakteri quyidagicha tushuntiri- ladi: yoki yalpi taklif o‘zgarmagan holda yalpi talabning o6zgarishi (yalpi harajatlaming o‘sishi yuksalishga, ularning pasayishi resessi- yaga olib keladi) yoki yalpi talab o‘zgarmagan holda yalpi taklifning o‘zgarishi (yalpi taklifning kamayishi iqtisodiy pasayishni, uning ortishi esa yuksalishni nazarda tutadi).
Davriy tebranishning sababchisi yalpi talab (yalpi harajatlar) boMganda, siklning turli fazalarida makroiqtisodiy ko‘rsatkich- laming o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz 8 (a) -rasm.
Bum fazasida shunday vaqt keladiki, bunda ishlab chiqarish haj- mining hammasi ham sotilmay qoladi, ya’ni yalpi harajatlar ishlab chiqarishdan kam bo‘ladi. Bunda zahiradagi tovarlar soni oshib ketadi va bu ishlab chiqarish qisqarishiga olib keladi. Ishlab chiqar-
50
ishning qisqarishi natijasida firmalar ishchilami ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ladilar va bu ishsizlik darajasini oshishini bildiradi. Nati- jada yalpi daromadlar kamayadi (iste’mol daromadi - ishsizlik nati­ jasida, investisiya daromadlari - yalpi talab tushishi sharoitida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadga muvofiq emasligi natijasida) va o‘z o‘mida, yalpi harajatlar ham kamayadi. Uy xo‘jaliklari, birinchi o‘rinda, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talabni kamayti- radilar. Firmalaming investisiyalarga va uy xo‘jaliklarining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talablari tushishi natijasida qisqa muddatli foiz stavkasi pasayadi (investision va iste’mol kreditining narxi). Uzoq muddatli foiz stavkasi odatda o‘sadi (daromadlar pasay­ ishi va naqd pul yetishmasligi sharoitida odamlar obligatsiyalami sota boshlaydilar, obligatsiya taklifi o‘sadi, ularning narxi qancha past bo‘lsa, foiz stavkasi shuncha yuqori boMadi). Yalpi daromad- iaming kamayishi (soliq solinuvchi baza) natijasida davlat byudjetiga soliq tushumlari kamayadi. Davlat transfert toMovlari miqdori oshadi (ishsizlik va kambag‘allik bo‘yicha nafaqalar). Davlat byudjeti de- fisiti oshadi. 0 ‘z mahsulotini sotishga harakat qilib, firmalar uning narxini tushirishi mumkin, bu umumiy narx darajasini tushishiga olib kelishi mumkin, ya’ni deflyatsiyaga, 8 (a) -rasm, bunda ishlab chiqarish qisqaradi, narxlar darajasi P<>dan Pi ga tushadi.
0 ‘z mahsulotlarini hatto pastroq narxlarda ham sota ololmaslikka
duchor boMgan firmalar (rasional harakat qiluvchi iqtisodiy agentlar sifatida) yo ishlab chiqarish unumdorligi yuqoriroq boMgan ishlab chiqarish vositalarini sotib oladilar va xuddi shu tovaming ishlab chiqarilishini (faqat ozroq harajatlar bilan) davom ettiradilar, bu mahsulotning narxini foydani kamaytirmay turib pasaytirish imkonini beradi (bunday yoMni tutish ishlab chiqarilayotgan tovar­ larga talab to‘yinmaganda maqsadga muvofiq boMadi va kam daro­ madlar sharoitida narxlar pasayishi ishlab chiqarish hajmlari o‘sishiga imkoniyat yaratadi) yoki (agar ishlab chiqarilayotgan tovar­ larga talab toMiq to‘yingan boMsa va hatto narxlar tushishi ishlab chiqarish hajmlari oshishiga olib kelmasa) yangi tovar turini ishlab chiqarishga o‘tish, bu esa texnik jihatdan ishlab chiqarishni yangila- nishini, ya’ni eski asbob-uskunalami prinsipial boshqa yangi asbob- uskunalar bilan almashtirilishini nazarda tutadi. Ikkala holda ham investision tovarlarga talab oshadi va bu investision tovarlami ishlab chiqaradigan sohalardagi ishlab chiqarishning kengayishiga rag*bat boMadi. U sohalarda jonlanish boshlanib, bandlik oshadi, firmalar foydalari oshadi, yalpi daromadlar ko‘payadi. Daromadlaming oshi-
51
shi iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sohalarda talabni oshiradi va u sohalarda ishlab chiqarish kengayishiga olib keladi. Jonlanish, bandlikning oshishi (ishsizlikning kamayishi) va daromadlar ortishi butun iqtisodni qamrab oladi. Iqtisodda yuksalish boshlanadi. Inves- tisiyalarga va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talabning oshishi kreditning qimmatlashuvi, ya’ni qisqa muddatli foiz stavkasi oshishiga olib keladi. Uzoq muddatli foiz stavkasi pasayadi, chunki obligatsiyalarga talab oshadi va natijada qimmatbaho q og‘ozlar (bo­ zor kursi) narxining oshishi yuz beradi. Narxlar ko‘rsatkichi o‘sib boradi. Soliq tushumlari ortadi. Transfert toMovlari qisqaradi. Davlat byudjeti defisiti kamayadi va profisit paydo boMishi ham mumkin. Iqtisodda ko‘tarilish, iqtisodiy faollikning o‘sishi bum, yoki iqtisodi­ yotning qizib ketishiga aylanib ketadi (Y28 (a) - rasmda) va bundan keyin navbatdagi tushish boshlanadi. Shunday qilib, iqtisodiy sikl asosini investision harajatlaming o‘zgarishi tashkil etadi. Investisiya­ lar yalpi talabning (yalpi harajatlaming) eng bar-qaror boMmagan qismi hisoblanadi.




  1. Download 8,6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish