Mavzu №4 bo‘yicha savollar:
Iqtisodiy о 'sish deganda nimani tushunmoq lozim?
Iqtisodiy о ‘sishning makroiqtisodiy nazariyasi qanday masala- larni hal etishga qaratilgan?
Grafik ко 'rinishda iqtisodiy о ‘sishni uch xil usulda tasvirlab tu shuntiring.
Qanday iqtisodiy о *sish ко *rsatkichlarini bilasiz?
Iqtisodiy о 'sishning ekstensiv va intensiv turlarini tushuntiring.
Qanday iqtisodiy о *sish omillari mavjud?
Iqtisodiy о ‘sishga erishish uchun davlat qanday siyosat yuritishi lozim?
Iqtisodiy о ‘sishning afzalliklari va kamchiliklarini tushuntiring.
47
MAVZU № 5 Iqtisodning davriy tebranishi Mavznda ко4rib chiqiladigan savollar:
Iqtisodning davriy tebranishi va uningfazalari
Iqtisodiy tebranishlar sabablari
Iqtisodiy tebranishlar ко ‘rsatkichlari
Iqtisodiy tebranishlar turlari
Tayanch iboralar
Iqtisodning davriy tebranishi, yuksalish, pasayish, cho‘qqi, tub (eng quyi) nuqta, iqtisodiy faollik, resessiya, depressiya, trend, iqtisodiy inqiroz, stagnatsiya, yalpi talab, yalpi taklif, ishsizlik, inflyatsiya, yalpi daromadlar, yalpi harajatlar, qisqa muddatli foiz stavkasi, uzoq muddatli foiz stavkasi, iste’mol harajatlari, investisiya harajatlari, davlat transfert toMovlari, umumiy narx darajasi, soliq tushumlari, davlat byudjeti defisiti, davlat byudjeti profisiti, ishlab chiqarishning qisqarishi, iqtisodiy o‘sish sur’ati ko‘rsatkichi, real YalM, potensial YalM, iqtisodiy tebranish turlari, Kondratev to'lqinlari, nosiklik tebranishlar.
Adabiyotlar
1 Karimov /. A. О'zbekiston islohatlarni chuqurlashtirish yo'lida. T.
«О‘zbekiston», 1995 y.
Karimov I. A. О ‘zbekistonning o lz istiqlol va taraqqiyot у о ‘li» Т.,
«О'zbekiston», 1992 у.
Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. Akad. Vidyanina V. I. i dr. Gl. re- daksiya IPК «Shark» 1992 g.
Agapova T. A., Seregina S. F. Makroekonomika. Moskva - Ufa, 1995 g.
Makkonell K. Bryu S. Ekonomiks t. 1-2 М. : «Respublika» 1992 g.
3. M. Hakimova. «Makroiqtisodiyot», Toshkent - «Mehnat» —1997у.
У. Tuxliev. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti Davlat ilmiy nashri- yoti, 1998 у.
Iqtisodning davriy tebranishi va uning fazalari
Amalda iqtisodiyot iqtisodiy o‘sishni xarakterlovchi to‘g‘ri chiziq (trend) bocyicha rivojlanmaydi. Aksincha, trenddan doimiy uzilishlar, pasayishlar va yuksalishlar kuzatiladi. Iqtisod siklik (davriy) ravishda rivojlanadi. (7-rasm). Iqtisodiy (yoki biznes) sikl
48
(business cycle) iqtisodda vaqti-vaqti bilan bo'ladigan pasayishlar va yuksalishlami ya’ni, iqtisodiy faollik tebranishlarini namoyon etadi. Bu tebranishlar bir maromda kechmaydi va ulami oldindan bashorat qilib boMmaydi, shuning uchun ham “sikl” iborasi shartlidir. Siklning odatda 2 ekstrimum nuqtasi ajratiladi (7-a rasm):
cho‘qqi (yoki eng yuqori) nuqta (peak), u iqtisodiy faol- likning maksimumiga to‘g‘ri keladi.
tub (yoki eng quyi) nuqta, u iqtisodiy faollikning mini- mumiga to‘g‘ri keladi. (maksimal pasayishiga).
Sikl, odatda, 2 fazaga ajratiladi:
pasayish fazasi va resessiya (recession), u cho‘qqidan eng quyi nuqtagacha davom etadi. Uzoq davom etadigan va chuqur pasayish depressiya (depression) deyiladi. Shuning uchun ham 1929-1933 yillardagi krizis “Buyuk depressiya” nomini oldi.
o‘sish yoki jonlanish fazasi (recovery), u quyi nuqtadan cho‘qqigacha davom etadi.
raara b) rasm
7-rasm Iqtisodiy siklning ko'rinishlari
Boshqa bir qarashga ko‘ra, iqtisodiy siklda 4 faza ajratiladi (7-b rasm), lekin bunda ekstrimum nuqtalar ajratilmaydi. Unda taxmin qilinishicha, iqtisod iqtisodiy aktivlikning maksimum yoki mini- mumiga erishganda, u ma’lum bir muddat (ba’zida uzoq vaqt davomida) shu holatda turadi:
I-faza - bum (boom), bunda iqtisod maksimal faollikka er- ishadi. Bu yuqori darajada bandlilik (iqtisod potensial ishlab chiqar
ish hajmidan, ya’ni trend darajasidan yuqorida boMadi) va yuqori darajadagi inflyatsiya davridir. Chunki iqtisodda haqiqiy YalM po tensial YalMdan yuqori boMsa, bu inflyatsion uzilishga to‘g‘ri ke ladi. Iqtisod bu holatda “qizib ketgan” (“overheated”) nomini oladi.
49
II-faza pasayish (recession yoki slump). Iqtisod asta-sekin trend darajasi (potensial YalM) ga qaytadi, iqtisodiy faollik darajasi pasayadi, haqiqiy YalM o‘zining potensial darajasiga yetadi, undan keyin trenddan pastga tusha boshlaydi va bu keyingi faza - inqirozga olib keladi.
III-faza - inqiroz (crisis) yoki stagnatsiya (stagnation). Haqiqiy YalM potensial YalMdan past boMgani uchun iqtisod reses sion uzilish holatiga keladi. Bu iqtisodiy resurslardan toMaligicha foydalanmaslik, ya’ni yuqori darajadagi ishsizlik davri.
IV-faza - jonlanish va o‘sish. Iqtisod asta-sekin inqirozdan chiqa boshlaydi, haqiqiy YalM o‘zining potensial darajasiga yaqinlasha boshlaydi, keyin esa o‘z maksimumiga erishguncha oshib boradi va bu yana bum fazasiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |