OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARII UCHUN
MEHNAT VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN
O‘QUV – METODIK MAJMUA
Samarqand – 2019 yil
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
“TASDIQLAYMAN”
direktor S.Usmonov
« » 2019 yil
«MAKTABGACHA, BOSHLANGʻICH VA MAXSUS TA‘LIM METODIKALARI» KAFEDRASI
MEHNAT VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANI BO‘YICHA
O‘QUV – METODIK MAJMUA
(BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARII UCHUN)
“Kelishildi”
Oʻquv va ilmiy ishlari boʻyicha direktor o`rinbosari:
A.Ibragimov
|
Kafedra mudiri:
M.Raximqulova
|
Samarqand – 2019 yil
Tuzuvchi:
J. Shodiyeva - SamDU “Boshlang‘ich ta`lim nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar: F.Shodiyev – SamDU, Pedagogika fakulteti dosenti
M.Raximqulova– Samarqand viloyati XTXQTMOHM, Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus
ta’lim kafedrasi dotsenti
5
KIRISH
FANNING QISQACHA MAZMUNI
Mehnat va uni o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bo’lib, fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beradi. O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malaka va ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga tayyorlaydi.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalardan biri.
Mehnat ta’limining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarda mehnatsevarlik, ma’suliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o’quvchilarning aqlie o’sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarnirig rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Metodika kursini o’rganish tinglovchilarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi.
Ta’lim texnologiyasida “Mehnat o’qitish metodikasi” fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza va seminar mashg’ulotlari
texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xarakteri va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak talablar qo’yadi. Shunga ko’ra har bir kishini hayotga tarbiyalashda aniq o’zgarishlar qilishi lozim. Har bir o’quvchida zamonovaiy ishchi shaxsining sifatlarini shakllantirish uchun maktabning boshlang’ich sinflarida va hatto ilgariroq maktabgacha muassasalarda, keyinroq maktabdan yuqori sinflardagi ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, keyinchalik kasb- hunar kollejlarida o’z bilimlarini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va qobiliyatlarini siyosiy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bilim bilan qurollantirish va jismoniy mehnatni har tomonlama uyg’unlashtira olishga o’rgatishdan iboratdir.
Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktablarda butun ta’lim va tarbiya tizimigaga hamda barcha o’quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o’rinda mehnat darslari yetakchi rol o’ynaydi.
Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang’ich bosqichi boshlang’ich sinflarda mehnat darslarida va kichik maktab yoshidagi bolalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Boshlang’ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy vazifalari mehnat ahloqiy va ruhiy tayorlash, o’quvchilarning boshlang’ich politehnik bilimlar bilan qurollantirish, mehnatga amaliy tayorlashdir. O’quvchilarni Mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi.
Mehnatga ahloqiy tayyorlash – bolalarga jamoada ishlashni, do’stona o’zaro yordamni, ijodiy tashabbusni tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, hatti- harakat normalarini o’rgatishdan iboratdir.
Mehnatga psixologik tayyorlash. Mehnatga psixologik tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatg ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |